191
Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari ro‘yxatidagi o‘zgarishlar
11
Tobe xo‘jalik jamiyatlari ro‘yxatidagi o‘zgarishlar
12
Emitentning mol-mulki va (yoki) bank hisobvaraqlari
xatlanganligi
13
Emitentga nisbatan uning aktivlari qiymatining 10 foizidan
ortiq miqdorda da’vo qo‘zg‘atilganligi
14
Ustav kapitalining 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi
15
Aktivlarning 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi
16
Aktivlarning qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda
ko‘payganligi
17
Aktivlarning qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda
kamayganligi
18
Miqdori yoki mol-mulkining qiymati bitim tuzilgan sanadagi
holatga ko‘ra emitent aktivlarining 10 foizidan ortig‘ini tashkil
etadigan emitentning bir martalik bitimlari
19
Emitent tomonidan yirik bitim tuzilishi
20
Affillangan shaxs bilan bitim tuzilishi
21
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya
olinganligi
22
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun berilgan
litsenziyaning bekor qilinganligi yoki amal qilishi tugatilganligi
23
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun berilgan
litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilganligi
24
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish
25
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini to‘xtatib turilishi
26
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining qayta tiklanganligi
27
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish
28
Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini haqiqiy emas deb topish
29
Emitent 10 va undan ortiq foiz aksiyalarga (ulushlarga,
paylarga) egalik qilayotgan yuridik shaxslar ro‘yxatidagi
o‘zgarishlar
30
Emitent
qimmatli
qog‘ozlarni
qaytarib
sotib
olishga
(muomaladan chiqarishga) doir majburiyatlarini bajarish
muddatlari kelganligi
31
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni hisoblash
32
Emitentga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilganligi
33
Kuzatuv kengashi a’zolarining emitent aksiyalariga egalik
qilishidagi o‘zgarishlar
34
Ijroiya organi a’zolarining emitent aksiyalariga egalik
qilishidagi o‘zgarishlar
35
Affillangan shaxslar ro‘yxatidagi o‘zgarishlar
36
Qimmatli qog‘ozlar egalarida ularga tegishli bo‘lgan qimmatli
qog‘ozlarning emitent tomonidan qaytarib sotib olinishini talab
qilish huquqining yuzaga kelganligi
37
Aksiyalari fond birjasining listingiga kiritilgan jamiyat fond
birjasining rasmiy veb-saytida jamiyat ustavining matnini, shu
jumladan unga doir o‘zgartish va qo‘shimchalarni, shuningdek
192
oshkor etilishi majburiy bo‘lgan boshqa axborotni qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon qilishi shart.
Bunda emitent faoliyatida muhim fakt yuzaga kelishiga olib
kelgan qarorni qabul qilgan emitentning vakolatli boshqaruv organi
ushbu qarorni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin
darhol emitentning ijroiya organiga taqdim etishi va bu to‘g‘risidagi
axborotni belgilangan tartibda oshkor etilishini ta’minlashi shart.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi
investorlarning
talabiga
ko‘ra
«Qimmatli
qog‘ozlar
bozori
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasida
nazarda tutilgan axborotlarni taqdim etadi va investorlarni ushbu
axborotni olish huquqlari haqida xabardor qilishi shart.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi:
- yilning bir choragi davomida faqat bir emitentning qimmatli
qog‘ozlari bilan operatsiyalar;
- bir emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan bir martalik
operatsiya, agar bu operatsiya bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning soni
mazkur qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida 15 foizini
tashkil etgan bo‘lsa, ularni amalga oshirilganligi haqida qimmatli
qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga
ikki ish kuni ichida yozma shaklda axborot beradi. Oshkor
qilinayotgan axborotda emitentning nomi, qimmatli qog‘ozlar turi,
miqdori, tipi, shuningdek mazkur qimmatli qog‘ozlar umumiy
soniga nisbatan foizi aks ettirilishi lozim.
Investitsiya fondlari axborotni O‘zbekiston Respublikasi
«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonunining 44-moddasida
nazarda tutilgan tartibda oshkor qiladi.
Qimmatli qog‘ozlar egasi bitim tuzish natijasida emitent
qimmatli qog‘ozlari har qanday turining 35 yoki undan ortiq foiziga
egalik qila boshlasa, emitentga ushbu axborotni bitim tuzilgan
sanani, qimmatli qog‘ozlar soni va olingan ulushni (qimmatli
qog‘ozlar umumiy soniga nisbatan foiz hisobida), shuningdek
o‘zining joylashgan erini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda
mazkur bitim tuzilgan sanadan e’tiboran besh kun ichida taqdim
yetishi shart.
Aksiyalar egasi mustaqil ravishda yoki affillangan shaxslar
bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida
193
aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining mazkur aksiyadorlik jamiyati
ustav kapitalining jami 20 va undan ortiq foizini tashkil etuvchi
aksiyalar paketini olganligi haqidagi axborotni belgilangan tartibda
oshkor qilishi shart. Bunda axborotni oshkor qilish bitim (bitimlar)
tuzilgan kundan ikki ish kuni mobaynida respublika gazetasi yoki
fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi (9.2-jadval).
9.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: