359
2. Dividend to‘lanishi bosqichlari bo‘yicha sxemani aniq
aksiyadorlik jamiyati misolida shakllantiring ketma-ketlik asosida
shakllantiring.
№
Bosqichlar nomlanishi
Mas’ullar
1.
2.
...
3. Dividendlarning muntazam to‘lab borilishi va foydaning
muntazam reinvetitsiyalanishining oqibatlari bo‘yicha quyidagi
jadvalni to‘ldiring.
Dividendlarning muntazam
to‘lanashi
Foydaning muntazam
reinvestitsiyalanishi
1.
2.
...
1.
2.
...
360
XVII bob. AKSIYADORLIK JAMIYATLARI TOMONIDAN YIRIK
BITIMLAR TUZISH
17.1. Aksiyadorlik jamiyatlarida yirik bitimlar tuzish tartibi
Aksiyadorlik jamiyatlarining joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
jamiyat ijroiya organi tomonidan boshqarib borilsada, faoliyatga
doir ma’lum bir bitimlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish ijroiya organi
vakolatiga kirmaydi. Bunday amaliyot boshqaruvchilarning
aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin
bo‘lgan qarorlar qabul qilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Shundan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlarida yirik
bitimlar tuzish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan mol-mulkni olish yoki uni
boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish
ehtimoli bilan bog‘liq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov,
kafillik) yoki o‘zaro bog‘langan bir nechta bitim, agar boshqa
shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning
balans qiymati bunday bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul
qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n besh
foizidan ortig‘ini tashkil etsa, yirik bitim deb hisoblanadi. Jamiyat
sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha,
jamiyat aktivlari va majburiyatlarining umumiy summasi o‘rtasidagi
farq sifatida aniqlanadi.
Kundalik xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan
bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni
joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlar yirik bitimlar hisoblanadi.
Yirik bitim predmeti bo‘lgan mol-mulkning bozor qiymati
deganda mol-mulkning eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib,
ushbu qiymat bo‘yicha mazkur mol-mulk ochiq bozorda bitimning
taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlari
yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat
sharoitida boshqa shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining
baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan
taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks
etmaydi. Jamiyat mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun
bitim ishtirokchilari tomonidan baholovchi tashkilot jalb etilishi
mumkin.
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror
qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n
besh foizidan ellik foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida
361
yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror kuzatuv kengashining a’zolari
tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Yirik bitim tuzish masalasi
bo‘yicha kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan taqdirda
yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi masala kuzatuv kengashining
qaroriga ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun
olib chiqilishi mumkin.
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror
qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik
foizidan ortig‘ini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim
tuzish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
tomonidan qabul qilinadi. Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining
umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror
qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya organi tomonidan
amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan talablari buzilgan holda tuzilgan yirik
bitim sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan yirik bitim tuzilganda, bu
haqda 20-muhim fakt e’lon qilinishi shart hisoblanadi. Bunga misol
sifatida “Turonbank” ATB tomonidan 2017-yil 30-noyabrda e’lon
qilingan muhimfaktni keltiramiz (17.1-jadval).
17.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: