7. Dividendlar necha foizlik stavkada soliqqa tortiladi?
a) dividend summasiga nisbatan 10 foiz;
b) dividend summasiga nisbatan 5 foiz;
c) dividend summasiga nisbatan 4 foiz;
d) O‘zbekistonda olinadigan barcha dividendlar soliqqa
tortilmaydi.
8. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori qanday
aniqlanadi?
a) ustavda qat’i pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning
nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilab qo‘yiladi;
b) foydadan kelib chiqqan holda umumiy yig‘ilish tomonidan
belgilanadi;
c) qat’i tartibda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
tomonidan belgilanadi;
d) O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunida
aksiya nominal qiymatiga nisbatan 5 foiz qilib belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |