255
qaror pul oqimlari harakati bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq
holda qabul qilinishini ta’kidlashimiz lozim. Shundan kelib chiqqan
holda aksariyat boshqaruvchilar o‘z funktsional vazifalarini amalga
oshirish jarayonida moliya xizmati bilan o‘zaro hamkorlik asosida
faoliyatlarini tashkil etadi. Bu bog‘liqlik bugungi kunda har bir
boshqaruvchidan korporativ moliyani boshqarish asoslari haqida
chuqur bilimga ega bo‘lishni, korporativ tuzilma oldida turgan
muammolarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida anglashni hamda o‘z faoliyatini
yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tashkil etishni talab etadi.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, hozirgi kunda moliyaviy
resurslarni boshqarish har bir korporativ tuzilma oldida turgan eng
asosiy va strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishning
korporativ moliyani boshqarish tizimida strategik ahamiyatga
egaligi moliyaviy resurslar va boshqa resurslar (moddiy resurslar,
mehnat resurslari va boshqalar)ni jalb qilishning o‘zaro bog‘liqligi
bilan izohlanadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlikning qo‘yilgan maqsadga
muvofiq va samarali tashkil etilishi ko‘p jihatdan korporativ tuzilma
moliyaviy barqarorligini belgilab beradi, shuningdek faoliyatdan
manfaatdor bo‘lgan mulkdorlar, xodimlar, kontragentlar, davlat va
jamiyat moddiy farovonligi o‘sishiga xizmat qilishini alohida
ta’kidlashimiz lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarning muhim
ahamiyatga egaligi ularni boshqarish bo‘yicha mustaqil faoliyat
sohasi sifatida korporativ moliyani boshqarish tizimini tashkil
etishni shart qilib qo‘yadi.
Korporativ moliyani boshqarishni amaliy nuqtayi nazardan
korporativ tuzilma pul mablag‘larini va ularning manbalarini
boshqarish tizimi
sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Har qanday boshqarish tizimi kabi korporativ moliyani
boshqarish ham o‘zining obyektiga va subyektiga ega hisoblanadi.
Bunda pul mablag‘lari va ularning manbalari, shuningdek
korporativ tuzilmalar, xo‘jalik faoliyatining boshqa ishtirokchilari,
moliya tizimining turli bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keladigan
moliyaviy
munosabatlar
boshqarish
obyekti
hisoblanadi.
Mulkdorlar, moliyaviy menejerlar, mos tashkiliy tuzilmalar va
xizmatlar korporativ moliyani boshqarish tizimida
boshqarish
subyektlari
sifatida yuzaga chiqadi. Bunda eng asosiy boshqaruv
256
subyekti korporativ tuzilma mulkdorlari, xususan aksiyadorlik
jamiyatlarida aksiyadorlardir.
Korporativ moliyani boshqarishning samarali amal qilishida
huquqiy, tashkiliy, metodik, axborot, texnik, dasturiy ta’minotlarga
va eng asosiysi kadrlar ta’minoti muhim hisoblanadi. Ularning har
biri xususida quyida to‘xtalib o‘tamiz.
Iqtisodiyotda har qanday boshqaruv tizimining, xususan
korporativ moliyani boshqarish tizimining faoliyat yuritishi
amaldagi
Do'stlaringiz bilan baham: