Korporativ nizolarning tasniflanishi
№ Tasniflash belgisi
Korporativ nizolar turlari
1.
Korporativ nizolar
qamroviga ko‘ra
Ichki korporativ nizolar
Tashqi korporativ nizolar
2.
Ichki korporativ
nizolar
ishtirokchilariga
ko‘ra
Turli aksiyadorlar guruhlari o‘rtasidagi nizolar
Aksiyadorlar va boshqaruvchilar o‘rtasidagi nizolar
Boshqaruvchilar va mehnat jamoasi o‘rtasidagi
nizolar
Bankrotlik jarayonining turli bosqichlarida ishonchli
tashqi boshqaruvchilar va aksiyadorlar o‘rtasidagi
nizolar
3.
Tashqi korporativ
nizolar
ishtirokchilariga
ko‘ra
Davlat nazorat organlari va aksiyadorlik jamiyati
o‘rtasidagi nizolar
Nodo‘stona qo‘shib olishlar natijasidagi nizolar
Kapital bozorining faol ishtirokchisi sifatida davlat va
korporativ tuzilma o‘rtasidagi nizolar
Vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan boshqaruv
organlari a’zolari va aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar
Korporativ tuzilma joylashgan aholi punkti
yashovchilari va korporativ tuzilma ma’muriyati
o‘rtasidagi nizolar
Jamoat tashkilotlari va korporativ tuzilma o‘rtasidagi
nizolar
4.
Korporativ nizolar
predmetlariga
ko‘ra
Korporativ tuzilma ustidan nazorat o‘rnatish bilan
bog‘liq nizolar
Korxona asosiy aktivlariga mulkchilik huquqini sotib
olishga urinish oqibatidagi nizolar
Tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar va g‘oyalar
bozoriga egalik qilish bilan bog‘liq nizolar
Ko‘plab aksiyadorlar ishtirokida boshqaruv
texnologiyalarini o‘zgartirish
Daromadlarni yashirin tarzda taqsimlash natijasidagi
nizolar
Ustav kapitalidagi ulushini oshirish bilan bog‘liq
nizolar
Boshqaruv apparatida o‘z mavqeyini
mustahkamlashga urinish natijasidagi nizolar
Ichki
korporativ
nizolar
korporativ
munosabatlar
ishtirokchilari, ya’ni korporativ tuzilmaning aksiyadorlari, bosh-
148
qaruv organlari, menejerlari o‘rtasidagi nizolarni anglatadi va
mantiqan korporativ tuzilma miqyosida yuzaga keladi.
Tashqi korporativ nizolar esa davlat, potentsial investorlar,
boshqaruv organlari va boshqalar o‘rtasida yuzaga keladigan
nizolarni qamrab oladi.
Ichki korporativ nizolarni ishtirokchilariga ko‘ra ham
guruhlash mumkin. Bunda aksiyadorlar guruhlari o‘rtasida,
masalan majoritar va minoritar aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolarni
alohida ko‘rsatish mumkin. Aksiyadorlar va boshqaruvchilar
o‘rtasidagi nizolarda bosh direktor va nazorat paketiga ega
bo‘lmagan aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar alohida ajratib
ko‘rsatiladi. Bunday nizolar ko‘proq majoritar aksiyadorlar mavjud
bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatiladi. Boshqaruvchilar va
mehnat jamoasi o‘rtasidagi nizolarda asosan ish berish va mehnat
shartnomasini bekor qilish bilan bog‘liq munosabatlar natijasidagi
nizolarni
ko‘rish
mumkin.
Bankrotlik
jarayonining
turli
bosqichlarida ishonchli tashqi boshqaruvchilar va aksiyadorlar
o‘rtasidagi nizolar asosan aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan
bankrotlik taomili qo‘llanilganda hamda korxonani qayt tarkiblash
yoki tugatish bilan bog‘liq munosabatlarda yuzaga keladi.
Tashqi korporativ nizolarda aksiyadorlik jamiyati hamda
tashqi subyektlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarga guvoh bo‘lish
mumkin. Bunda davlat nazorat organlari va aksiyadorlik jamiyati
o‘rtasidagi nizolarda davlat organlari tomonidan ma’lum shartlar
qo‘yilishi natijasidagi nizolar ham ajratib ko‘rsatiladi. Nodo‘stona
qo‘shib olishlar natijasida potentsial investorga muntazam ravishda
qarshiliklar ko‘rsatish, nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirish holatlari
xalqaro amaliyotda tashqi korporativ nizolarda eng ko‘p
uchraydigan
holatlardan
biridir.
Kapital
bozorining
faol
ishtirokchisi sifatida davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatining
nazorat paketini qo‘lga olishi o‘z-o‘zidan majoritar aksiyadorlar
bilan nizolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Vakolatlari
muddatidan oldin tugatilgan boshqaruv organlari a’zolari va
aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar esa amalda eng ko‘p uchraydigan
korporativ nizolardan biridir. Amalda korporativ tuzilmalar o‘z
joylashgan aholi punktida yirik ish beruvchi va yirik soliq to‘lovchi
hisoblanadi. Bunday holatda aholi vakillari ish o‘rniga ega bo‘lish
149
maqsadida, mahalliy hokimiyat organlari esa o‘z funksiyalarini
moliyaviy ta’minlash maqsadida korporativ tuzilmalar bilan
munosabatlarga kirishadi. Natijada korporativ tuzilma ma’muriyati
bilan mahalliy hokimiyat organlari va aholi punkti vakillari o‘rtasida
nizoli vaziyatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Ijtimoiy ahamiyatga
ega loyihalarni amalga oshiruvchi jamoat tashkilotlari tomonidan
korporativ tuzilmalarga a’zolikni taklif qilishlari mumkin. A’zo bo‘lib
kirilgandan
so‘ng
esa
ma’lum
bir
ijtimoiy
loyihalarni
moliyalashtirish maqsadida korporativ tuzilmalardan mablag‘ jalb
qilishga intilishi tabiiy hol hisoblanadi. Aynan shunday sharoitda
jamoat tashkilotlari va korporativ tuzilmalar o‘rtasida nizoli
vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |