O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


 Korporativ nizolar, ularning yuzaga kelish



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

7.1. Korporativ nizolar, ularning yuzaga kelish  

sabablari va tasniflanishi 

 

Milliy  va  xalqaro  tajribaning  ko‘rsatishicha,  korporativ 



munosabatlarda  nizoli  vaziyatlarning  yuzaga  kelishi  ko‘p 

kuzatiladigan  holatlardan  biridir.  Shu  boisdan  korporativ 

boshqaruv  ishtirokchilarining  korporativ  nizolar  mohiyati,  yuzaga 

kelish  sabablari  va  keltirib  chiqarishi  mumkin  bo‘lgan  oqibatlari, 

bunday  vaziyatlarning  oldini  olish  bo‘yicha  ichki  va  tashqi 

imkoniyatlar,  davlat  tomonidan  tartibga  solish  mexanizmlari 

kabilarni  bilishlari  va  amalda  qo‘llay  olishlari  shart  hisoblanadi. 

Bunda  manfaatlar  to‘qnashuvini  samarali  boshqarish  masalasi 

birinchi  navbatdagi  masala  hisolanadi.  Keltirilayotgan  jihatlarni 

chuqurroq  o‘rganish  maqsadida  quyida  korporativ  nizolarning 

mohiyati,  yuzaga  kelish  sabablari  va  oqibatlariga  batafsil  to‘xtalib 

o‘tamiz. 

Korporativ  munosabatlar  subyektlari  o‘rtasidagi  manfaatlar 

qarama-qarshiligi  korporativ  nizolarning  asosi  hisoblanadi. 

Aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyati  va  korporativ  boshqaruv 

amaliyotiga doir masalalar bo‘yicha jarayon ishtirokchilari o‘rtasida 

o‘zaro kelishuvga erishilmasligi natijasida yuzaga keladigan nizolar 

korporativ  nizolarni  anglatadi.  Bunda  korporativ  munosabatlar 

ishtirokchilari  korporativ  nizolarning  subyektlari  sifatida  namoyon 

bo‘lsa,  tomonlarning  manfaatlari  korporativ  nizolarning  obyekti 

sifatida ko‘zga tashlanadi.  

Korporativ  tuzilmalarda  korporativ  munosabatlar  subyektlari 

o‘rtasidagi  ziddiyatlar  quyidagi  oqibatlardan  biri  natijasida  yuzaga 

kelishi mumkin: 

-  aksiyador  yoki  aksiyadorlar  guruhi  huquqlari,  aksiyadorlik 

jamiyati  ustavi  yoki  boshqa  ichki  hujjatlar,  umumiy  olganda 

amaldagi qonunchilik me’yorlari buzilishi; 

- korporativ tuzilmalarda axborot yopiqligi;  

-  foydani  taqsimlash  bilan  bog‘liq  munosabatlar  va 

aksiyadorlar noroziligi; 

-  qabul  qilingan  qarorlar  mohiyati  asosida  aksiyadorlik 

jamiyatiga,  uning  boshqaruv  organlariga  nisbatan  da’volar 

qo‘zg‘atilishi; 



 

145 


-  boshqaruv  organlari  vakolatlarining  muddatidan  oldin 

tugatilishi; 

-  ijroiya  organi  a’zolari  bilan  mehnat  shartnomasining 

muddatidan oldin bekor qilinishi; 

-  aksiyadorlarning  aksiyadorlik  jamiyati  bo‘yicha  nazoratni 

qo‘lga olishga intilishi; 

-  aksiyadorlar  tarkibidagi  jiddiy  o‘zgarishlar  (g‘arazli 

aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga kirib kelishi). 

Shuningdek, 

yuqoridagilarga 

qo‘shimcha 

ravishda 

boshqaruvchilarni 

javobgarlikka 

tortish 

bo‘yicha 

samarali 

mexanizmlarning  mavjud  emasligi,  korporativ  tuzilma  faoliyati 

ustidan  ichki  nazoratning  sustligi,  korporativ  tortishuvlarga 

nisbatan  sud  amaliyotining  sustligi  kabilar  ham  korporativ 

nizolarga sabab bo‘lishi mumkin.   

Yuqorida  keltirilgan  korporativ  nizolarning  yuzaga  kelish 

sabablarining har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz. 

Korporativ 

tuzilmalar 

axborot 


yopiqligi 

masalasi 

mamlakatimizda  muntazam  ravishda  kuzatilib  kelinayotgan  holat 

hisoblanadi.  Bu  holat  ma’lum  darajada  ma’muriy  bosimning 

saqlanib  qolinayotganligi,  korporativ  birlashmalar  (xoldinglar) 

faoliyati  keng  yo‘lga  qo‘yilganligi  bilan  izohlanadi.  Shu  o‘rinda 

axborot  shaffofligi  va  axborotlarni  oshkor  qilishning  xavfliligi 

o‘rtasida  qarama-qarshilik  mavjudligini  ham  alohida  qayd  etish 

zarur. 

Axborotlar 

shaffofligi 

insayderlik 

ma’lumotlaridan 

foydalanishni  to‘xtatib  qo‘yish  orqali  korporativ  nizolarning  oldini 

olish  vositasi  sifatida  xizmat  qiladi.  Axborotlarni  oshkor  qilishning 

xavfliligi  esa  g‘arazli  qo‘shib  olishlarga  hamda  ma’lum  bir 

tomonlarning  ma’muriy  bosimini  kuchayishiga  olib  keluvchi  omil 

sifatida ham qaralishi bilan izohlanadi. 

Aksiyadorlik  jamiyatlaridagi  axborot  yopiqligi  korporativ 

qimmatli  qog‘ozlar  orqali  moliyalashtirish  bilan  birga  tijorat 

banklari  tomonidan  kreditlash  amaliyotiga  ham  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatadi.  Chunki  bunday  holatda  investorlarning  aksiyadorlik 

jamiyati  moliyaviy  barqarorligi,  bozordagi  nufuzi,  to‘lovga 

qobiliyatlgini  baholash  birmuncha  murakkab  kechadi  va  ma’lum 

darajada yuqori risk mavjud, deya qaraladi. 

Yuqoridagilarga  qo‘shimcha  ravishda  qayd  etish  kerakki, 

axborot  yopiqligi  korporativ  munosabatlar  alohida  ishtirokchilari 

tomonidan  ko‘rilgan  foydani  o‘zlashtirish  maqsadida  insayderlik 

(ichki)  ma’lumotlardan  foydalanilishiga  olib  keladi.  Bu  jihat  o‘z 

navbatida korporativ nizolarga sabab bo‘ladi. Aynan shuning uchun 

ham  axborot  yopiqligining  oldini  olish  insayderlik  ma’lumotlaridan 

noqonuniy foydalanish vositasi sifatida xizmat qiladi. 




 

146 


Korporativ 

boshqaruvdagi 

jiddiy 

muammolardan 

biri 

boshqaruv  funksiyalarini  bajaruvchi  shaxslarga  nisbatan  real 



yuridik 

javobgarlikning 

mavjud 

emasligidir. 

O‘zbekiston 

Respublikasi  “Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlar  huquqlarini 

himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 81-moddasida kuzatuv kengashi 

a’zolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv a’zolarining, ishonchli 

boshqaruvchining  javobgarligi  belgilangan.  Unga  ko‘ra,  kuzatuv 

kengashining  a’zolari,  jamiyat  direktori  va  boshqaruvi  a’zolari, 

shuningdek  ishonchli  boshqaruvchi  o‘z  huquqlarini  amalga 

oshirishda  va  o‘z  majburiyatlarini  bajarishda  jamiyatning 

manfaatlarini  ko‘zlab  ish  tutishi  hamda  belgilangan  tartibda 

javobgar  bo‘lishi  lozim.  Agar  bir  nechta  shaxs  javobgar  bo‘lsa, 

ularning  jamiyat  oldidagi  javobgarligi  solidar  javobgarlik  bo‘ladi. 

Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz berishda 

ishtirok  etmagan  yoki  ushbu  qarorga  qarshi  ovoz  bergan  jamiyat 

kuzatuv  kengashi  a’zolari,  boshqaruv  a’zolari  javobgar  bo‘lmaydi. 

Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi bo‘lib kamida 

bir  foiziga  egalik  qiluvchi  aksiyador  (aksiyadorlar)  jamiyatga 

yetkazilgan  zararlarning  o‘rnini  qoplash  to‘g‘risidagi  da’vo  bilan 

jamiyatning  kuzatuv  kengashi  a’zosi,  direktori  yoki  boshqaruv 

a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat 

qilishga haqli. 

Rivojlangan 

mamlakatlar 

amaliyotida 

top-menejerlarga 

nisbatan  ham  javobgarlik  choralari  qat’i  belgilab  qo‘yilganligi 

asosida mamlakatimizda ham bunday amaliyotga o‘tish ahamiyatga 

ega. 

Ichki  nazorat  tizimida  ichki  audit  xizmati  va  taftish 



komissiyasining  samarali  faoliyat  yuritishi  aksiyadorlar  uchun 

muhim  sanaladi.  Lekin  bunda  ichki  nazorat  tizimining 

mustaqilligini  ta’minlash  muhim  sanaladi.  Aks  holda  ichki 

nazoratning  zaifligi  kuzatuv  kengashi  va  boshqaruv  a’lozarining 

noqonuniy  xatti-harakatlari  yuzaga  kelishiga  va  korporativ 

nizolarga 

olib 

keladi. 


Shundan 

kelib 


chiqqan 

holda 


mamlakatimizdagi  aksiyadorlik  jamiyatlarida  ham  ichki  audit 

xizmati  va  taftish  komissiyasi  faoliyatini  samarali  tashkil  etish 

nuqtayi nazaridan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.      

Korporativ  tortishuvlarga  nisbatan  sud  nazoratining  yetarli 

darajada  ixtisoslashmaganligi  ham  korporativ  nizolarga  sabab 

bo‘lmoqda.  Korporativ  nizolarga  doir  muammolarni  to‘liq  hal  qilish 

uchun  korporativ  tortishuvlarning  alohida  jihatlarini  chuqur 

o‘rgangan  holda  samarali  sud  tizimi  amal  qilishini  ta’minlash 

muhim.  Mamlakatimizda  bu  boradagi  masalalarni  hal  qilish 

maqsadida  2006-yil  16-oktabrda  O‘zbekiston  Respublikasining 




 

147 


“Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi  Qonuni  ham  qabul  qilingan  va 

hakamlik (arbitraj) sudlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.  

Korporativ  nizolarni  turli  yondashuvlar  asosida  quyidagi 

mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin (7.1-jadval): 



 

7.1-jadval 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish