KASBIY TA’LIM
METODIKASI
213
9-MAVZU: ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI METODLARI
Reja:
1
. Ishlab chiqarish ta’limi metodlarining asosiy muammolari.
2. Ishlab chiqarish ta’limi ustasi va uning vazifalari.
3. Ishlab chiqarish ta’limi ustasi faoliyatini loyihalash.
Zamonaviy
sharoitda bozor iqtisodiyoti yuksak kasb mahoratga ega bo‘lgan mutaxassislarni
tayyorlashni talab etadi. Bu esa kasb ta’limi muassasalari oldiga yuqori malakali
kadrlarni tayyorlash, ularda mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish uchun
ishlab chiqarish ta’limini tubdan yaxshilash vazifasini qo‘yadi.
Ishlab chiqarish ta’limi xususiyatlari.
Kasb-hunar ta’limi o‘quv
muassasalarida o‘quv jarayonining ishlab chiqarish ta’limi tashkil etuvchi qismi
hisoblanadi. SHu bilan birga ishlab chiqarish ta’limi maqsadi, mazmuni, shakli va
usullari bilan o‘ziga xos xususiyatga xam ega. Ishlab chiqarish ta’limining asosiy
maqsadi talabalarda ma’lum kasb, mutaxassislik sohasi bo‘yicha kasbiy
mahoratning shakllanishi hisoblanadi. «Kasbiy mahorat» tushunchasi mohiyatini
ochib beruvchi quyidagi ko‘rsatkich-mezonlarni ajratib ko‘rsatamiz:
- ishni bajarish sifati –
texnik talablarning ish natijalari bo‘yicha bajaralishi;
uning o‘rnatilgan ko‘rsatkich va me’yorlarga
mos kelishi;
ijobiy natijalarni olish;
- mehnat unumdorligi –
o‘rnatilgan vaqt me’yorlarining bajarilishi; mehnatni
tashkil qilish va ishni bajarishning eng tejamli va unumli usullarini, yuqori
unumdorlikka ega bo‘lgan texnika va texnologiyani o‘zlashtirishga va bo‘lgan
intilishni aniqlab beruvchi vaqt mezonini baholash
qobiliyati va mahorati;
- kasbiy mustaqillik –
mehnatning yuqori sifati va unumdorligini ta’minlovchi
ish usulini mustaqil tanlash mahorati; ishlab chiqarish vaziyatlarida muammolarni
mustaqil hal qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati; ishda o‘z-o‘zini nazorat
qilish va
boshqarishni amalga oshirish;
- mehnat madaniyati –
o‘z mehnatini rejalashtirish qobiliyati va odati;
mehnatning maqbul usul va uslublari, zamonaviy texnika va texnologiyani qo‘llash
bilan ishlay olish maxorati; ish faoliyatida kasbiy bilimni qo‘llash maxorati; ish
o‘rni va mexnatni to‘g‘ri
tashkil qilish, mexnat xavfsizligi
qoidalariga rioya qilish;
-mexnatga bo‘lgan munosabat –
mexnatni tashkil etishni va usullarni
takomillashtirish, ish jarayoniga yangi asl nusxadagi mexnat qurolini joriy qilishga
intilish va etakchilik qobiliyati, ilmiy yechimlar va ixtirolarni topishga bo‘lgan
intilish
va qobiliyat;
Do'stlaringiz bilan baham: