to‘rt pog‘onali usuli»
eng samarali usul
hisoblanadi. Bu usul O‘zbekiston Respublikasi, AQSH va Evropaning bir qancha
davlatlari kasb-hunar ta’limida keng qo‘llaniladi. Bu usulda amaliy ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish jarayoni quyidagi to‘rt bosqichda amalga oshiriladi.
Amaliy o‘qituvchisi talabalarga avval bajariladigan kichikroq bir ishni
tushuntirib beradi, so‘ngra qanday tartibda bajarilishini amalda bajarib ko‘rsatadi.
Keyin talaba shu ishni ko‘rsatilgan tarzda qaytarishi (immitatsiya) kerak. Talaba
muayyan mashqni qaytarib bajarayotgan paytda amaliyot o‘qituvchisi uning
xatolarini to‘g‘rilab turadi. Talaba ushbu mashqni bir necha marotaba qaytarishi
kerak. Misol tariqasida to‘rt pog‘onali usuli doirasi kasb-hunar kollejlarining engil
sanoat yo‘nalishlari uchun o‘tiladigan «Tikuvchilik korxonalari jihozlari» bo‘yicha
o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazishini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |