KASBIY TA’LIM
METODIKASI
139
«ta’lim beruvchi-ta’lim oluvchi», «ta’lim oluvchi-ta’lim muassasalari»
darajasida kasbiy ta’limning operatsion berilgan maqsadini qo‘yish va ularni
O‘MKHTning me’yoriy hujjatlarida tasdiqlash;
kasbiy ta’limining operatsion - berilgan maqsadlarini (o‘qitish, tarbiyalash,
rivojlantirish) o‘quv-tarbiyaviy jarayonda
amalga oshirish;
qo‘yilgan maqsad bilan ta’lim sifati monitoringi jarayonida mushtarak
borishini mushtarak holda kuzatibborish va natijalarni baholash;
ta’lim jarayoni natijalari va ta’lim sifati haqidagi ma’lumotni iste’molchilarga
(rahbariyat, o‘qituvchilar, ijtimoiy hamkorlarni ish beruvchilar, ota-onalar va
boshhqalar) zarur holatda rasmiylashtirish
hamda taqdim etish;
quyidagilar bo‘yicha dastur va tadbirlar ishlab chiqish: bajarilayotgan ishga
o‘zgartirishlar kiritish, pedagogik tizimning rivojlanishini oldindan bashorat qilish,
maqbul ta’lim maqsadlari va ularni amalga oshirish vositalarini tanlash;
monitoringni amalga oshirish masalalari bo‘yicha kollejlar o‘quvchilariga
maslahatlar
berish va ularni tayyorlash;
Monitoringni tashkiliy-metodik ta’minoti quyidagilarni ko‘zda tutadi:
kasb-hunar kollejida ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish bo‘yicha
metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amalga joriy etish;
ta’lim jarayoni natijalari haqida axborot yig‘ish, tahlil qilish umumlashtirish,
tizimlashtirish va ularga ishlov berish va iste’molchilarga axborot tayyorlash
bo‘yicha doimiy harakatdagi tizimni ishlab
chiqish va amalga joriy etish;
kollejdan har bir tayyorlov yo‘nalishga ta’limning ma’lum davrida (semestr,
yarim yillik, yil) ta’lim sifatiga o‘kiritishni. Pedagogik tizimni rivojlantirish va
bashorat etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amalga joriy etish.
Monitoringni tashkiliy - analitik ta’minotida quyidagilarni bajarish lozim:
kasb-hunar kollejlarida bo‘lajak kichik mutahasislar tayyorlash jarayonida va
pedagogik tizimlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar dinamikasini ifodalovchi
kompyuter axborotlar bankini tuzish;
pedagogik tizim amalga oshirish jarayonida o‘zining yakuniy maqsadlarini
to‘la amalga oshirilayotganligini va o‘tkazilayotgan pedagogik jarayon
samaradorligini
tahlil qilish;
ta’lim jarayoni va rivojlanish yo‘nalishlarini ta’minlovchi pedagogik tizimni
bashorat qilish;
ta’lim sifati va kollejlarning bitiruvchilari tayyorgarligiga tashqi
buyurtmachilar tomonidan (davlat, jamiyat ish beruvchilar) qo‘yilgan istiqboldagi
talablarni bashorat qilish;
ta’lim jarayoni oxirida «chiqish»da kelajakda talab etiladigan ta’lim sifatini
shuningdek, bitiruvchi sifat va fazilatlarini loyihalashtirish va modellashtirish.
YUqorida bayon etilganlarga asoslanib quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
KASBIY TA’LIM METODIKASI
140
1. Monitoringni pedagogik tajribada sinash natijasida olingan ijobiy natijalari
ta’lim sifatini baholash uchun tanlangna ko‘rsatkichlari va baholash mezonlarini
to‘g‘ri tanlanganidan, shuningdek ta’lim sifati monitoringi operatsion algoritmi va
texnologiyasini haqiqiyligi va amaliyligidan dalolat beradi.
2. Ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini va ularni baholashda aniqlangan ba’zi salbiy
natijalar va kasb-hunar kollejlariningpedagoglari monitoring maqsad va vazifalarini
amalga oshirishning layoqatga etarli darajada ega va tayyor emasligini ko‘rsatadi.
3. Ta’lim sifatining maqbul darajasini ta’minlovchi omillar majmuasining
nazariy tahlilitajriba-sinov natijalariga asoslanib ta’kidlash mumkin, agarda biz
tomondan ifodalangan qator tashkiliy-pedagogik shartlarga amal qilinsa kasb-hunar
kollejlarida to‘laqonli ta’lim sifati monitoringni amalga oshirish mumkin, chunki,
nazariy tahlil va tajriba-sinov natijalariga asoslanib aytish mumkinki, yuqoridagi
omillar majmuasi ta’lim sifatining maqbul darajasini shaksiz ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: