KASBIY TA’LIM
METODIKASI
13
Mazkur vazifani muvoffaqiyatli xal qilishda muxandis- pedagoglarning fan va
texnika sohasidagi yutuqlaridan muttasil foydalana bilishlari, o‘quv jarayonida
ilg`or pedagogik va ishlab chiqarish ta’limi tajribalarini tadbiq eta olishlari katta
ahamiyatga ega.
Oqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni xal qilishda ―Kasb-ta`limi metodikasi‖
fani katta ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim olish qobiliyatlarini yuksaltirish dasturining maqsad va usullari
Ta’lim olish qobiliyatlarini yuksaltirish dasturining umumiy maqsadi Valun
shahridagi Kalarado universiteti o‘qish va o‘rganish tizimini yaxshilashdir. Bu
dastur o‘qituvchilarga talabalarni o‘qitish uchun yordam berish maqsadi nuqtai
nazaridan kelib chiqqan holda ishlaydi. Dastur o‘qituvchilarni ta’lim berishning
aniqlangan usullar qismini o‘z ichiga oluvchi usullari va tushunchalarini bog‘laydi.
Guruh mashg‘ulotlarida ”O‘qish va o‘qitish jarayonlarida xilma-xillik” ni joriy
etish uchun o‘qish va o‘qitish metodikalarini (yuqori malakali qator o‘quv
seminarlar, simpoziumlar ma’ruzachisi )ni taxlil qilish taklifini kiritish. Ta’lim
beruvchilar uchun alohida ”Maslahat bo‘lim”lari ajratish (Faculty Consultation
Services). Quydagi yaratilgan dastur tadbiq etish yosh pedagoglar uchun katta
yordam beradi
1
.
Kasb ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan
izohlash mumkin:
1.
Ta’lim islohatlari natijasida gimnaziya, litsey, kollej va boshqa turdagi
yangi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi;
2.
Oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini tashkil qilish, alohida bo‘lim va
fakultetlarning tashkil etilishi;
3.
Kasb pedagogikasining boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib
borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida
yangi konsepsiya va
nazariyalarning yuzaga kelishi;
4.
Kasb ta’limi muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga
xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi, mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini
joriy etishi va boshqalar.
O‘qitish va o‘zlashtirish xaqida umumiy tushuncha
Malumki ta’lim berish – insonparvarlik san’ati, mahorati hisoblanadi.
Ko‘pgina kuzatuvchilar ma’lum o‘quv rejasi yoki mashg‘ulot rejasida,
tadqiqotlarda, darsliklarga tayangan holda ta’lim berishni juda muqaddas ekanligi
xaqida ko‘p marotaba ta’kidlaydilar. Ta’lim berish birinchi navbatdaxar doyim
1
Getting Started: Idea Book on Pedagogy for New Faculty. Faculty Teaching Excellence Program UNIVERSITY OF
COLORADO BOULDER Office of Academic Affairs 2008. p.65.