O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari (Qz Dst) – ommabop mahsulotlar uchun belgilanadi, O‘.R. hududida, ya’ni davlat boshqaruv idoralari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qo‘llanishga majburdir.
Tarmoq standartlari ushbu sohaning barcha korxonalari, shuningdek soha mahsulotlaridan foydalanuvchi korxonalar va boshqa tarmoqlarga mansub tashkilotlar uchun majburiydir.
Korxona standarti- korxona tomonidan tayyorlanadi va qabul qilinadi. Tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan xujjat bo‘lib, o‘z ichida sifatiga qo‘yiladigan talablarni mujassam ettiradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |