Germaniya byudjet qo’mitasi bundestagining hukumat, Federal Hisob
Palata va boshqa nazorat-taftish organlari bilan munosabatda nazorat
funksiyasini amalga oshirishdagi roli
Germaniya Federal Respublikasida parlament nazoratining asosiy qismi
bundestag qo’mitalariga yuklangan. Federal mablag’larning hajmiga nisbatan jami
21 ta nazoratga ixtisoslashtirilgan qo’mita mavjud bo’lib, ularning har birida 13
nafardan 37 nafargacha xodim mehnat qiladi.
Byudjet qo’mitasi qo’mitalar ichida alohida o’rin tutadi. Mazkur qo’mita
tarkibiy tuzilishi ham eng ko’p – 37 xodimni o’z ichiga oladi. Hukumatning
nazorat funksiyasini amalga oshirishda ham eng asosiy yuk aynan byudjet
qo’mitasiga tegishlidir. Bundestagda har yili byudjet loyihasi muhokamasi
o’tkazilib, bir necha kunga cho’ziladi va qizg’in davom etadi. Byudjet
ma’lumotlari hukumatning kelgusi byudjet yilida qanday faoliyat ko’rsatishini
namoyon etadi.
Davlatning moliyaviy xarajatlariga oid qarorlar byudjet qo’mitasining
roziligi asosida qabul qilinadi. Shuningdek, byudjet qo’mitasi hukutmatning
moliyaviy faoliyatini qayta ko’rib chiqadi. Unga ko’ra qo’mitaning asosiy vazifasi
8
bundestag va moliya vazirligi o’rtasida federal byudjet daromad va xarajat
moddalarini muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Moliya vaziri har kvartalda byudjetda rejalashtirilgandan ortib ketgan va
byudjetdan tashqari xarajatlar yuzasidan bundestag va bundesratga hisobot beradi.
Bu turdagi xarajatlarning asosiylari kechiktirilmagan holda muhokamaga qo’yiladi.
Moliya vaziri xarajatlar o’rnini qoplash maqsadida davlatga qarashli yer egaligi
yoki konsern va yirik korxonalardagi davlatning paylarini sotish yoki sotib olish
yuzasidan bundestag va bundesrat roziligini so’rashi kerak.
Federal hisob palata ham moliyaviy nazorat organi hisoblanib, Germaniya
Federal Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan tashkil qilingan. Konstitutsiyaning
14-moddasi palata a’zolarining mustaqilligini ta’minlaydi va ularning faoliyatini
belgilab beradi. Davlat va huquq nuqtayi nazaridan federal hisob palata yuqori
darajadagi davlat organi maqomiga ega bo’lib, federal vazirliklar bilan
tenglashtiriladi.
Palata 8 nazorat bo’limi va 50 sektordan iborat. Nazorat bo’limlari
moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. Bu bo’limlar mahsus tayinlangan direktorlar
tomonidan boshqariladi va har biri o’rtacha 6 xodimni o’z ichiga oluvchi hamda
sektor yetakchisiga ega bo’lgan sektorlarga bo’linadi. Sektorlar o’z faoliyatlarini
yillik ish reja asosida amalga oshiradilar.
Palataning barcha qarorlari ko’p yoqlamalik tamoyili asosida qabul qilinadi.
Asosan, qarorlar ikki yoqlama qabul qilinadi, ya’ni bunda bo’lim boshliqlari va
sektor yetakchilari qatnashadilar. Agarda, qarorlar yillik ish reja borasida bo’lsa
uch yoqlama, ya’ni direktorlar, yetakchilar va prezident tomonidan ko’rib chiqiladi
va qabul qilinadi. Qarorlar qabul qilinishi yuzasidan bir to’xtamga kelinmagan
taqdirda ularni ko’rin chiqish endi senatning mahsus bo’limiga yoki katta senatga
topshiriladi. Senatning mahsus bo’limi bo’lim boshliqlari va sektor yetakchilaridan
tashkil topadi. Katta senat esa bo’lim boshliqlari, sektor yetakchilari, palata
prezidenti va vitse-prezidentidan iborat bo’ladi. Masala mahsus bo’limda hal
etilmagan holatda katta senatda o’z yechimini topadi.
9
Palata prezidenti va vitse-prezidenti hukumat tavsiyasiga ko’ra bundestag
tomonidan 12 yil muddatga saylanadi. Hisob palatasi hodimlari safiga asosan
huquqshunoslar va iqtisodchilar qabul qilinadi hamda ular qo’yiladigan asosiy
talab boshqaruv sohasidagi namunali ish tajribasidir.
Konstitutsiyaga binoan Federal Hisob Palata barcha davlat boshqaruv
tizimini nazorat qiladi. Bunga vazirliklar, idoralar, shuningdek, federal korxonalar
(tipografiya, pochta, federal temir yo’llar va boshqalar) kiradi. Bundan tashqari
Federal Byudjet to’g’risidagi nizomga ko’ra Hisob palatasining nazorat huquqi
quyidagilarda majburiyat yaratadi:
Bevosita federatsiya vakolatiga ega bo’lgan yuridik shaxslar (jumladan,
Federal mehnat idorasi);
Davlat sug’urta muassasalari;
Davlatning ulushi 50 % dan yuqori bo’lgan korporatsiyalar;
Davlat mablag’laridan foydalanuvchi boshqa muassasalar.
Federatsiyaning byudjet va moliyaviy hisobotlarini tekshirish palataning
asosiy vazifasi hisoblanib, undan ko’zlangan asosiy maqsad joriy yilga tuzilgan
federal byudjet to’g’risidagi Qonun ijrosi ustidan tekshirish o’tkazishdir. Bunda
ko’pincha kuzatuvli nazorat o’tkaziladi. Bu nazorat turi davlat xarajatlari bilan
bog’liq qarorlar ijrosi ustidan kuzatuvga asoslanadi. Shu bilan birgalikda
vazirliklar va idoralarga byudet to’g’risida qonun qabul qilingunga qadar ham
tavsiyalar berish huquqiga ega. Amaldagi qonunchilikka ko’ra hisob palatasi
nazoratining asosiy mezonlari sifatida tejamkorlik va muvofiqlik hisoblanadi.
Kamchiliklar aniqlangan taqdirda Hisob palatasi ularni bartaraf etish
bo’yicha tavsiyalar bildiradi. Tekshiruvlar yakunlari yuzasidan eng ko’p
tekshiriladigan tashkilot ma’lum bo’ladi. Alohida ahamiyatga ega natijalar esa
to’g’ridan-to’g’ri federal Moliya Vazirligiga yuboriladi. Tekshirilayotgan tashkilot
hisob palatasi oldida uning ogohlantirish va tavsiyalari yuzasidan javob berishga
majbur.
Federal hisob palata har yili bundestag, bundesrat va hukumatga o’z faoliyati
natijalari to’g’risida hisobot beradi. Bundesrat FHP va tekshirilgan tashkilotlar
10
raislari guvohligida hisobotni muhokama qiladi va qaror qabul qiladi. Favqulodda
holatlarda palata hukumatga operativ ma’lumot berishi mumkin.
Federal hisob palatadan tashqari turli davlat organlari ham nazorat-taftish
finksiyasini bajarishda o’z hissasiga ega. Federal bank, federal moliya idorasi,
kredit nazorati bo’yicha federal idora, sanoat mahsulotlari tashqi savdosi bo’yicha
idora va boshqalar shular jumlasidandir.
Federal bank nazorat-taftish organi sifatida mamlakatdagi pul muomalasini
tartibga solib turadi. Shuningdek, kredit siyosatini shakllantiradi va unga rioya
etlishi ustidan nazoratni olib boradi. Bank faolyati 1957 yil 26-iyulda qabul
qilingan “Nemis federal banki to’g’risida Qonun”ga asoslanadi. Shunga qaramay,
federal bank mamlakat iqtisodiy siyosatini qo’llab-quvvatlashga mas’uldir va u
oldiga qo’yilgan masalalar yechimi borasida mustaqildir. Buning natijasida federal
bankning avtonomlik tamoyili yuzaga keladi.
Bankning nazorat funksiyasi quyidagilarda o’z aksini topadi:
Germaniya Federativ Respublikasining oltin valyuta resurslarini boshqaruvchi
yagona organ hisoblanadi;
Faqat federal bank banknotalar emissiyasini amalga oshirish huquqiga ega va
har yili, 1974 yildan buyon, emissiya chegarasini begilab beruvchi tashkilotdir;
Mamlakatdagi barcha banklar o’z mablag’larining ma’lum foizini federal
bankda saqlashga majburlar. Bu mablag’lar minimal rezerv deb atalib.
Ularning hajmi federal bank tomonidan belgilanadi;
Federal bank davlat qarzini 6 mlrd marka qiymatidan ortiq bo’lmagan kredit
chiqarmagan holda nazorat qiladi. Shuningdek bank davlat qimmatli
qog’ozlarining narxini belgilash va uni oshirish chora tadbirlarini ko’radi;
Mamlakatda mavjud pul massasi nazoratini ta’minlash maqsadida ssuda foiz
stavkalarini o’rnatadi.
Federal moliya idorasi 1971 yil 3-sentyabrda iqtisodiyot vaziri farmoni bilan
tashkil etilgan bo’lib, yuqori federal organ maqomiga ega. Uning asosiy
funksiyalari quyidagilar:
11
Ikki yoqlama soliqqa yo’l qo’ymaslik to’g’risida kelishuvga rioya etilishi
usidan nazorat olib borish;
Mamlakat firma va tashkilotlarining boshqa mamlakatlar bilan soliq
munosabatlariga oid ma’lumotlarni yig’ish va baholash;
Soliqqa tortishga oid sud qarorlari ijrosi borasida huquqiy ko’mak berish;
Turli daromad guruhlaridan undirilishi lozim bo’lgan soliq to’lovlarni aniqlash
va soliq imtiyozlari yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |