Yaponiya davlat moliyaviy nazorat tizimi
Yaponiya nazorat organlari tizimining o’ziga xos xususiyatlaridan biri
barqarorlik deb e’tirof etiladi. Dastavval, bu e’tirof 116 yil muqaddam davlat
byudeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan Nazorat-
taftish boshqarmasi (NTB) ga tegishli bo’lgan. Boshqarma tashkil etilgandan to
shu paytgacha katta o’zgarishlarga uchramadi, faqatgina tekshirish obyektlari
o’zgardi va doimiy ravishda ish hami o’sib bordi. “Nazorat-taftish boshqarmasi
to’g’risida” gi Qonunga ko’ra boshqarmaga davlat boshqaruv tizimining bir qismi
yuklangan bo’lib, u o’z faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasiga nisbatan
mustaqildir.
Nazorat-taftish
boshqarmasi
Nazorat-taftish
komissiyasi
tomonidan
boshqariladi. Komissiya o’z tarkibiga boshqarma prezidenti va ikki komisarni olib,
ularni Vazirlar Mahkamasi va Parlament o’zaro kelishgan holda tayinlaydilar.
Komissiya, shuningdek, muhokama organini ham o’zida mujassam etgan bo’lib,
bu organ tekshiruvlar yuzasidan qarorlarni qabul qilish funksiyasini bajaradi.
Muhokama organining a’zolari nizomga ko’ra tekshiruvlarda ishtirok etish va
boshqarmaning muayyan bo’limiga biriktirilish huquqiga ega emaslar.
Komissarlar, davlat vazirlari va yuqori sud sudyalari kabi imperator
tasdiqlagandan so’ng o’z vakolatlirini qabul qiladilar. Ular yetti yilgan tayinlanib,
bu vaqt davomida ularning faoliyati mustaqilligi qonun bilan kafolatlanadi.
Nazorat-taftish boshqarmasi prezidenti esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan eng
munosib 3 nomzod ichidan muqobil tanlash asosidagi saylovlar natijasi bo’yicha
12
tasdiqlanadi. President komissiya majlislariga raislik qiladi va parlamentning
iqtisodga oid masalalar yuzasidan o’tkazadigan kengashlarida Nazorat-taftish
boshqarmasi nomidan maslahat ovozi beradi. Boshqarma boshqaruvchilariga
qonunga ko’ra, bir vaqtda hukumat idoralarida yoki hududiy o’z-o’zini boshqarish
organlarida muayyan lavozimni egallash va parlament saylovlariga o’z nomzodini
qo’yish man etiladi.
Nazorat-taftish komissiyasi boshqarma faoliyatiga oid barcha muhim
masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qiladi. Bunday qarorlarga misol tariqasida
boshqarma ish tartib-qoidalarini belgilash, tekshirilishi lozim bo’lgan tashkilotlarni
aniqlash, tekshirishlar natijalari bo’yicha hisobot tayyorlash va xodimlarni ishdan
bo’shatish va yangi xodimlarni ishga qabul qilishni ko’rsatib o’tish mumkin.
Nazorat-taftish boshqarmasi tekshiruvlarini bevosita Bosh ijro byurosi
amalga oshiradi. U kotibiyat va besh byurodan tashkil topgan. Boshqaruv
kotibiyati umumiy masalalar, kadrlar, buxgalteriya, tadqiqotlar o’tkazish va
shikoyatlar bilan shug’ullanish kabi boshqaruv ishlarini amalga oshiradi. Byuro
o’z ichiga kadrlar bo’limi, ilmiy ishlar bo’limi, xo’jalik muammolari bo’yicha
bo’lim va boshqa bir nechta bo’limlarni oladi. Jami bo’lib 34 taftish bo’limi byuro
tuzilmasiga kirib, ularning har biri vazirliklar (masalan, moliya, qurilish, transport,
mudofaa vazirliklari) va tashkilotlarni tekshirish vazifasini bajaradi.
Byurolar va kotibiyat apparati 1991 yilda o’z tarkibida 1230 nafar xodimni
jam qilgan. Ularning 60 % dan ko’p qismini iqtisod va huquq masalalari bo’yicha
yetuk taftishchi mutaxassislar va tegishli tarmoq bo’yicha boy tajribaga ega
bo’lgan xodimlar tashkil qiladi. Bu omillar boshqarmaga xodimlarni qabul qilishda
asosiy mezonlar bo’lib xizmat qiladi.
Nazorat-aftish boshqarmasi apparatining asosiy vazifasi davlatning daromad
va xarajatlari va qonun bilan belgilangan boshqa yakuniy natijalarni hujjatli
tekshirish hisoblanadi. Tekshiruvlarda davlat korporatsiyalari va boshqa
tashkilotlarning moliyaviy natijalari va moliyaviy hisobotlarining har bir jihati
ko’rib chiqiladi. Ma’lumotlarga ko’ra Nazorat-taftish boshqarmasi har yili qariyb
70 million betdan iborat 200 ming jildlik hisobotlar va to’lov topshiriqnomalarini
13
tekshirib chiqadi. Shunday qilib, apparatning bosh vazifasi turli vazirliklar,
idoralar, korporatsiyalar va xususiy subyektlarning davlat mablag’laridan samarali
foydalanishini tekshirish hisoblanadi.
Byudjet
mablag’laridan
foydalanishni
tekshirishda
tez-tez
kelishmovchiliklar ham yuzaga kelish holatlari kuzatilib turadi. Masalan,
tekshirilgan firma Nazorat-taftish boshqarmasi nazoratchisining xulosasini to’g’ri
deb tasdiqlamasligi mumkin. Bunday hollarda nazorat-taftish komissiyasining
qaroriga binoan joriy firmani tekshirish kelgusi moliya yiliga qoldiriladi. Qayta
tekshirish natijalari va qonunbuzarliklarni yashirishlar bo’yicha hukumatga yoki
parlamentga hisob beriladi. Qonunbuzarga nisbatan hisob raqam yopilgunga va
taftish natijalari prokurorga yuborilgunga qadar ma’muriy jazo choralari
qo’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |