kirish, uchta bob, oltita paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar
6
1-bob. “Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etishning
o’ziga xos xususiyatlari” mavzusini o’rgatishning nazariy masalalari
1.1. Mavzuning mohiyati, maqsadi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Iqtisodiyot nazariyasining eng oddiy va eng muhim qoidasi bu – har qanday
iqtisodiy o’sishga iqtisodiy samaradorlik orqali erishiladi. Iqtisodiy samaradorlik
bir vaqtning o’zida barcha iqtisodiy birlik va muomalalarning to’laqonli va faol
amal qilishiga asoslanadi.
Har bir mamlakat o’z moliya tizimiga ega bo’lib, ular umumiy ko’rinishda
deyarli bir xil funksiyani bajaradi, ya’ni taqsimlash va nazorat. Taqsimlash
jarayoni har bir moliya yurituvchi siyosiy subyektning joriy holati va belgilab
olgan me’yorlari doirasida amalga oshiriladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda
moliyaning taqsimlash funksiyasi uchun umumjahon tan olgan va qat’iy belgilab
qo’yilgan tamoyil va qoidalar mavjud emas.
Nazorat funksiyasi esa bir muncha murakkabligi bilan taqsimlash
funsksiyasidan ajralib turadi. U har bir mamlakatda ayni bir xil vazifani bajaradi:
bir paytning o’zida iqtisodiyotni tartibga solish va uning natijasida iqtisodiy
samaradorlikka erishish. Moliyaviy nazoratning samarali amalga oshirilishi
natijasida mamlakatda iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir qiluvchi omillar bartaraf
etiladi. Natijada esa har bir davlat uchun eng muhim bo’lgan ikki makroiqtisodiy
muhit yuzaga keladi. Birinchidan, ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy-huquqiy
qonunlarga to’g’ri amal qilishi va uzluksizligini ta’minlash bozor muvozanatiga
erishilishiga olib kelsa, ikkinchidan esa, ayni shunday to’g’ri ishlovchi mexanizm
davlat byudjeti daromadlarining ko’payishiga olib keladi.
Moliyaviy nazoratning bu qadar muhim ahamiyat kasb etishi uni yanada
optimallashtirish masalasini yuzaga keltiradi. Masala yechimini topishning eng
keng tarqalgan va samarali usuli bu – rivojlangan mamlakatlar tajribalarini
o’rganish va ulardan tegishli xulosalar chiqarish orqali joriy moliyaviy nazorat
tizimiga o’zgartishlar kiritish. Lekin bu qanday amalga oshirilishi haqida gap
ketganda bu savolga ko’pchilik iqtisodchi va talabalar tomonidan qiyinchilik bilan
javob berilishi yoki umuman javob berilmasligi o’tkazilgan so’rovlar natijasida
7
aniqlandi. Bu kabi savollarga ongli ravishda va to’liq javob bera olish layoqatini
o’quvchi-talabalarda hosil qilish bizning asosiy maqsadimizdir.
Jarayonni bevosita ayrim rivojlangan mamlakatlar moliyaviy nazorat
tizimiga oid nazariy ma’lumotlar bilan boshlaylik. Mavzuning samaradorlik
darajasi yuqori bo’lishi uchun tanlanadigan mamlakatlar iqtisodiyoti va ijtimoiy
turmush-tarzi bir-birlaridan keskin farq qilishi maqsadga muvofiqdir. Shuning
uchun biz G’arbdan Germaniya Federativ Republikasini, Sharqdan Yaponiya
Imperiyasini va iqtisodiyoti bizning milliy iqtisodiyotimizga yaqin bo’lgan Rossiya
Federatsiyasini tanladik. Bu mamlakatlar jahon xo’jaligining deyarli barcha
sohalarida raqobatlashadilar, lekin shunday sohalar bor-ki, ularda bu
mamlakatlardan biri gegemonlik qiladi. Masalan, tabiiy resurslar bozorida Rossiya
deyarli monopol hisoblansa, kimyo, texnologiya va mashinasozlik sohasida esa
Yaponiya va Germaniya yetakchilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: