O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti


Rossiya federatsiyasida davlat moliyaviy nazoratining tashkil etilishi



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana26.04.2020
Hajmi1,19 Mb.
#47328
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etishning oziga xos xususiyatlari mavzusida amaliy mashgulot otishda samarali metodlarni tanlash va qollash metodikasi

Rossiya federatsiyasida davlat moliyaviy nazoratining tashkil etilishi 

Rossiya  federatsiyasida  moliyaviy  nazoratni  davlat  tomonidan  tashkil 

etilishining ham o’ziga xos bosqichlari mavjuddir.  

Birinchi  bosqich  o’z  ichiga  Rossiyada  davlatchilikning  paydo  bo’lgan 

dastlabki  yillardan  to  1811  yilgacha  boo’lgan  davrni  o’z  ichiga  oladi.  Bu  davr 



15 

 

mobayinida  mamlakatda  davlat  byudjeti  daromad  va  xarajatlari  ijrosini  nazorat 



qiluvchi  muayyan  mustaqil  tashkilot  yo’q  bo’lib,  barcha  nazorat  ishlari  davlat 

nomidan  ish  ko’ruvchi  yuqori  darajadagi  amaldorlar  xohish-irodasiga  bog’liq 

bo’lgan. Ikkinchi bosqich, mamlakat moliyasi taraqqiyoti belgilari ilk bor namoyon 

bo’lishi  bilan  izohlanadi.  Ya’ni  1811  yil  28-yanvarda  Rossiya  Imperiyasida 

birinchi  mustaqil  nazorat  tashkiloti  –  Davlat  ishlarini  taftish  qilish  bosh 

boshqarmasi  tashkil  etildi.  Boshqarma  davlat  nomidan  ish  ko’rib,  fuqarolik 

ishlarini taftish qilish va harbiy ishlarni taftish qilish bo’limlaridan iborat bo’lgan. 

1836  yilda  tashkilotda  yangi  islohot  amalga  oshirildi  va  endilikda  uning  nomi 

Davlat  nazorat  idorasi  deb  atala  boshlandi.  Tarkibida  esa  yangi  –  dengiz  ishlari 

bo’limi paydo bo’ldi. Davlat nazorati idorasi faoliyati butunlay “tashqi” edi. Ya’ni 

har  bir  hududiy  birlik  (guberniya)  da  mahsus  nazorat  organlari  tashkil  etilgan 

bo’lib,  ular  o’z  vakolati  doirasidagi  shaxslarni  taftish  qilar  va  natijalarni  tegishli 

vazirliklarga  yuborar  edi.  Vazirliklarda  ma’lumotlar  saralanib  va  guruhlanib 

umumlashtirilar,  so’ng  bu  umumiy  ma’lumotlar  Davlat  nazorat  idorasiga  taqdim 

etilgan.  Markaziy  idora  esa  raqamlardan  foydalangan  holda  hukumatga  o’z 

xulosalarini  bergan.    Natijada  Davlat  nazorat  idorasining  faoliyati  yildan-yilga 

samaradorligini  yo’qotib,  davlat  tomonidan  qayta  islohot  o’zkazilishiga  olib 

kelgan.  

1892 yil 28 aprelda Chor Rossiyasida yangi qonun qabul qilindi. Unga ko’ra 

Davlat  nazorati  idorasining  maqsad  va  vazifalari  aniq  belgilab  berildi.  Davlat 

boshqaruvining  alohida  bo’gini  sifatida  nazorat  idorasi  quyidagilar  ustidan 

nazoratni olib borishi ko’zda tutilgan: 

  Nazorat idorasiga hisob beruvchi tashkilotlarning kapitalni saqlash, kirim 



va  chiqimlarni  rejalashtirish,  ularning  ijrosi  va  idora  etilishining 

qonuniyligi  va  to’g’riligi  kuzatib  borish;  shuningdek,  ishlab  chiqarish 

qonuniyatlariga bog’liq bo’lmagan xo’jalik operatsiyalarining  foydaliligi 

yoki besamarligi bo’yicha xulosa va takliflar ishlab chiqish; 

  Moliyaviy  smetalar  hamda  boshqarma  va  vazirliklarning  smetadan 



tashqari kreditlarini ko’rib chiqish; 


16 

 



 

Alohida  hollarda  davlat  va  davlatga  hisob  beruvchi  xususiy  temir  yo’l 

korxonalarining  pul  va  moddiy  boyliklari,  bino,  qurilish,  xarajatlar  va 

boshqa operatsiyalarini aniq tekshirish; 

 

Qo’shimcha  ochilgan  kreditlar  va  moliyaviy  smetalar  bo’yicha  belgilab 



qo’yilgan  smeta  moddalari,  kassa  mablag’lari  harakati  va  byudjetdan 

ajratmalarning  to’g’riligi  va  qonuniyligini;  shuningdek,  idoraga  hisob 

beruvchi  qo’mitalar  smetelarining  guruhlanishi  to’g’riligi  va  qonuniylgi 

kuzatib boorish; 

  Hisob  yuritish  siyosati  va  hisobdorlikning  shakllari  hamda  qoidalarini 



takomillashtirish  chora-tadbirlarini  qidirib  toppish;  shuningdek,  qonun 

doirasida hamda tegishli organlar bilan kelishgan holda yuqorida ta’kidlab 

o’tilgan ishlarni amalga oshirish tartibini o’rnatish. 

1940-1957  yillarda  faoliyat  ko’rsatgan  SSSR  Davlat  nazorat  Vazirligi 

to’rtinchi  bosqichni  tashkil  etadi.  Nazorat  Vazirligining  asosiy  vazifasi  davlat, 

kooperativ va jamoat tashkilotlari ixtiyorida bo’lgan davlat mablag’lari va moddiy 

qimmatliklarining  sarflanishi  hamda  hisobi  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish 

hisoblangan.  Eng  keng  ko’p  qo’llanilgan  nazorat  turi  vazirliklar  va  idoralar 

qaramog’ida  bo’lgan  korxonalar  va  tashkilotlar  ishlab  chiqarish  hamda  xo’jalik 

faoliyatini  taftish  qilish  va  tekshirish  bo’lgan.    Bundan  ko’rinadiki,  vazirlikning 

bosh  maqsadi  davlat  byudjetidan  ajratilgan  mablag’lar  va  moddiy  resurslardan 

foydalanish  samaradorligi  va  to’g’riligini  o’rganish,  shuningdek,  kamchiliklarni 

bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.  

Taftish va tekshirish obyektlari dastlabki nazorat yakunlariga ko’ra oldindan 

aniqlangan.  Bu  jarayon  faqatgina  tekshirish  va  taftish  uchun  obyektlarni  asosli 

ravishda  tanlab  olishni  taqozo  qilibgina  qolmay,  vazirlik  va  idoralar  faoliyatiga 

ham o’z ta’sirini ko’rsatgan.   

   So’ngi  bosqich  zamonaviy  Rossiya  Federatsiyasiga  tegishlidir.  Hozirgi 

vaqtda  federatsiyada  Moliya  Vazirligi,  Federal  g’aznachilik  va  Hisob  palatasi 

moliyaviy  nazoratni  tashkil  etuvchi  organlar  hisoblanadi.  Byudjet  Kodeksi  qabul 

qilingan.  Byudjet  jarayoni  aynan  byudjet  kodeksiga  amalga  oshiriladi.  



17 

 

Shuningdek,  kodeks  moliyaviy  nazorat  mutaxassislari,  auditorlar  va  buxgalterlar 



uchun  bosh  qonundir.  Davlat  byudjetiga  oid  har  qanday  qarorlar,  farmonlar  va 

boshqa barcha me’yoriy hujjatlar ham dasturul amaldir.  

Moliya Vazirligiga byudjetdan mablag’ oluvchilar va byudjet mablag’larini 

boshqaruvchilar,  shuningdek,  pul-kredit  tashkilotlarining  byudjet  qonunchiligiga 

rioya  qilishlari  ustidan  nazorat  olib  borish  vazifasi  yuklangan.  Umuman  olganda, 

vazirlik  federatsiya  subyektlari  byudjetlari  va  mahalliy  byudjetlar  ijrosi  hamda 

federal  byudjetdan  moliyaviy  yordam  olish  yuzasidan  nazorat  ishlarini  amalga 

oshirishi kodeksda ko’rsatib o’tilgan. Agarda Rossiya Federatsiyasi subyekti jami 

byudjeti  xarajatlarining  50  %  idan  ortiq  miqdorda  yordam  olsa,  bunday  byudjet 

majburiy tartibda taftish qilinadi.  

Byudjet  muassasalari  nuqtayi  nazaridan  qaralganda  Kodeksda  ularga 

noodatiy  tarif  berilgan.  Kodeksga  ko’ra,  byudjet  muassasalari  Rossiya 

Federatsiyasi  davlat  organlari  tomonidan  tashkil  etilgan  tashkilotlar,  Rossiya 

Federatsiyasi  subyektlari,  shuningdek,  boshqaruv,  ijtimoiy-madaniy,  ilmiy-texnik 

va boshqa notijoriy maqsadda tashkil etilgan hamda daromad va xarajatlar smetasi 

asosida  tegishli  byudjetdan  (byudjetdan  tashqari  fondlar)  moliyalashtiriladigan 

tashkilotlardir.  Byudjet  muassasasi  tasdiqlangan  smetaga  mutanosib  ravishda 

byudjet  mablag’laridan  foydalandi.  Har  qanday  byudjet  muassasasi  ijroiya 

hokimiyatning  federal  organlariga  tarkibiga  qaramasdan,  byudjet  moumalalarini 

Rossiya  Federatsiyasi  G’aznachiligida  ochilgan  hisob  raqam  orqali  amalga 

oshiradi.  

Byudjet muassasasining huquqlari: 

  Byudjet 



xarajatlarining 

tasdiqlangan 

miqdorida 

qisqartirish 

va 

ko’paytirishlarni  inobatga  olgan  holda  o’z  vaqtida  byudjet  mablag’larini 



olish va ulardan foydalanish; 

 



Byudjet mablag’larining ularga hisoblangan tasdiqlangan miqdori haqida 

axborot olish; 




18 

 



 

O’z  vaqtida  yoki  yetarli  mablag’  olmaslik  natijasida  ko’rilgan  zararni 

qoplash.  Byudjet  hisobiga  kelib  tushgan  favqulodda  mablag’larning 

o’zlashtirilishiga yo’l qo’yilmaydi.  

 Byudjet muassasasining majburiyatlari: 

 



Byudjet  mablag’larini  olish  huquqini  tasdiqlovchi  byudjet  arizasi  va 

boshqa hujjatlarni o’z vaqtida topshirish; 

 

Belgilangan maqsadlarga muvofiq tarzda byudjet mablag’laridan samarali 



foydlanish; 

 



Qaytarish  sharti  bilan  olingan  byudjet  mablag’larini  to’laligicha  va  o’z 

vaqtida qaytarish; 

  Ssuda  tarzida  olingan  byudjet  mablag’laridan  foydalanganlik  uchun 



to’lovlarni to’lig’icha va o’z vaqtida to’lash; 

 



Byudjet mablag’ari ijrosi yuzasidan hisobot va boshqa ma’lumotlarni o’z 

vaqtida taqdim etish.  

Byudjet qonunchiligi buzilgan hollarda quyidagi choralar qo’llaniladi: 

 



Byudjet ijrosidan chetga chiqish holatlari bo’yicha ogohlantirish;  

 



Xarajatlarni yopib qo’yish; 

 



Byudjet mablag’larini olib qo’yish; 

  Bankdagi  hisob  raqam  orqali  amalga  oshiriladigan  operatsiyalarni 



to’xtatib qo’yish; 

  Jarima solish; 



  Penyalar hisoblash; 

 

Kodeks va federal qonunlar bo’yicha boshqa choralarni ko’rish.  



Kodeksga  ko’ra  davlat  va  hududiy  moliyaviy  nazoratni  tashkil  etuvchi 

organlar byudjet jarayonida ishtirok etishda to’la huquqli hisoblanadi.  

Hisob  palatasi  Rossiya  Federatsiyasi  Federal  Majlisi  tomonidan  tashkil 

etilgan, unga hisob berishi belgilab qo’yilgan hamda doimiy faoliyat olib boruvchi 

va  davlat  moliyaviy  nazoratini  tashkil  etuvchi  organdir.  Palata  o’z  faoliyatini 

Rossiya  Federatsiyasi  Konstitutsiyasi,  “Hisob  palatasi  tog’risida”  gi  Qonunga  va 




19 

 

boshqa  federatib  qonun  hujjatlariga  asosan  amalga  oshiradi.  Yillik  faoliyati 



natijalari 1998 yildan e’tiboran oshkoralik tamoyili ostida ommaga taqdim etiladi.  

Hisob palatasining vazifalari: 

  Federal budjet va budjetdan tashqari federal fondlari budjetining daromad 



va xarajatlar moddalarining o’z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish;  

 



Davlat  mablag’larining  sarflanishi  va  federal  mulkning  ishlatilishi 

maqsadga muvofiqligi va samarali ekanligini aniqlash;  

  Federal  budjet  va  budjetdan  tashqari  federal  fondlari  loyihalarida 



daromadlar va xarajatlar qismining asoslanganligini baholash;  

  Federal  budjetdan  moliyalashtiriladigan  yoki  federal  byudjet  va  federal 



byudjetdan  tashqari  fondlar  ijrosiga  o’z  ta’sirini  o’tkazuvchi  xarajatlar 

ko’zda  tutilgan  federal  qonun  loyihalari,  shuningdek,  davlat  hokimiyati 

federal  organlarining  me’yoriy-huquqiy  hujjatlari    yuzasidan  moliyaviy 

ekspertiza o’tkazish; 

  Federal  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  fondlar  byudjetlarida  ko’rsatib 



o’tilgan me’yorlardan chetga chiqish holatlar bo’yicha tahliliy ishlar olib 

borish  va  ularni  bartaraf  etishga  qaratilgan  takliflar  ishlab  chiqish  va 

byudjet jarayoni amal qilishini takomillashtirish; 

  Rossiya  Federatsiyasi  Markaziy  banki,  vakolatli  banklari  va  boshqa 



moliya-kredit  tashkilotlarida  federal  byudjet  va  byudjetdan  tashqari 

fondlar  mablag’lari  harakatining  qonuniyligi  va  o’z  vaqtida  amal  qilishi 

ustidan nazorat olib borish; 

 



Federal  byudjet  ijrosining  ta’minlanishi  va  o’tkazilgan  tekshiruvlar 

natijalari  haqida  muntazam  ravishda  Federal  Majlis  va  Davlat  Dumasiga 

axborot berib borish.  

Hisob palatasining quyidagilar ustidan ham nazoratni amalga oshiradi: 

  Rossiya Federatsiyasi davlat ichki va tashqi qarzlari boshqarilishi ustidan; 




20 

 



  Hukumat 

tomonidan 

xorijiy 

mamlakatlar 

va 

xalqaro 


moliya 

tashkilotlardan  jalb  etilgan  kredit  va  qarzlardan  foydalanishning 

samaradorligi, to’g’riligi va qonuniyligi ustidan; 

  Qaytarish  sharti  bilan  berilgan  markazlashtirilgan  moliyaviy  resurslar 



joylashtirilishining samaradorligi ustidan; 

 



Xorijiy  mamlakatlar  va  xalqaro  tashkilotlarga  taqdim  etilgan  beg’araz 

mablag’lar hamda davlat kreditlarining foydalanilishi ustidan.  

Hisob  palatasini  saqlash  xarajatlari  federal  byudjetda  alohida  satr  ostida 

ko’rsatib o’tiladi.  

 


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish