1.2. Mavzuni o’rgatishda samarali metodlarni tanlash texnologiyasi
Har qanday sohada bo’lmasin, xorij tajribalarini o’rganish izlanuvchidan
nisbatan ko’proq diqqat va e’tiborni talab qiladi. Ayniqsa, bu ilmni o’rganishda bir
tomonlama yondashuvdan voz kechish hamda buning o’rniga dialektik
yondashuvga asoslangan o’rganish uslublaridan foydalanish maqsadga yetishda
eng oqilona vosita hisoblanadi.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari moliya tizimi va uning bo’g’inlarini
o’rganishdan asosiy maqsad ilmiy dunyoqarashni kengaytirish hisoblanib, bu
masalani hal etishda, tan olish kerakki, hozirgi kunda yetarli darajada ishlar amalga
oshirilmayotir. Buning asosiy sababi sifatida o’quvchi-talabalarning yagona
adabiyotga qaramga aylanganliklari, chet tilidan kerakli bilimlarga ega
bo’lmaganliklari yoki umumiy ta’lim tizimining to’laqonli amal qilmayotganligini
ko’rsatib o’tish foydadan holi bo’lmaydi. Biz mazkur bitiruv malakaviy ishi
yordamida aynan shu muammolarning yechimini turli yondashuvlar yordamida
harakat qilishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Birinchi masala – o’quvchi-talabalarning yagona adabiyotga qaramga
aylanganligi. Bu masala har qanday yangi ta’lim tizimi uchun tabiiy hol sifatida
izohlanishi mumkin. Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi 1991 yilda o’z
suverenitetini qo’lga kiritar ekan, buning mustahkamlanishi uchun eski aqidalarga
asoslangan kommunistik ta’lim tizimidan voz kechishga, milliy va umuminsoniy
21
qadriyatlarga asoslangan yangi ta’lim tizimini joriy qilishga birlamchi ahamiyatli
masala sifatida qaraldi. Oradan 6 yil o’tib, ya’ni 1997 yil 29 avgustda yuqorida
ta’kidlangan omillarni to’liq o’z ichiga olgan ikki hujjat hayotga tatbiq etildi.
Taomiliga ko’ra, shu sanadan boshlab tez fursat ichida milliy ta’lim tizim o’zining
optimal faoliyatiga erishishi lozim edi. Lekin kerakli omillarsiz bunga erishishning
imkoniyati yo’qligi ham turgan gap edi. Mana shu omillardan biri ta’lim
jarayonining o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanishi bo’lib, bu omil boshqalariga
nisbatan bir muncha ahamiyatliroqdir.
Mustaqilligimizning 23 yilligi yaqinlashmoqda. Lekin hali-hanuz ayrim
mutaxassislik fanlariga oid o’quv adabiyotlaridan foydalanish borasida tolibi-
ilmlarda mushkulotlar mavjud. Bu holat talabalar ongida bir tomonlama
yondashuvga asoslangan ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga olib keladi. Yangi
bilimlarni o’rganish va yaratishda asosiy mezon sifatida qaraluvchi refleksiv va
dialektik yondashuv aynan o’quv adabiyotlarning mavjud emasligi yoki
adabiyotlarni tanlash imkoniyati yo’qligi natijasida kelib chiqadi. Shuning uchun
ta’lim sifatini oshirishda, avvalo, ta’lim uchun zarur moddiy-pedagogik omillarni
hozir qilishga alohida e’tibor qaratish kerak bo’ladi.
Ikkinchi masala – talabalarning xorijiy bilimlarni o’rganish uchun kerakli
chet tilini bilmasliklari. Bu masala hozirgi kunga kelib, aniqrog’i Prezident Islom
Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi Qaroriga ko’ra hal qilinmoqda,
deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. Lekin shuni ta’kidlab o’tish kerakki, dunyoning
eng keng tarqalgan va deyarli barcha ilmiy yangiliklar tili hisoblangan ingliz tilini
asosiy o’rgatiluvchi til sifatida tanlanishi ta’lim tizimi samaradorligini oshirishda
ham o’zining beqiyos hissasini qo’shmay qolmaydi. Ammo, til bilish bilan ish
bitmaydi, uni qo’llay olgandagina tilni o’rganish uchun sarflangan vaqt o’zini
oqlaydi, deyishimiz mumkin. Talabalarni o’zlashtirgan tillaridan bilish jarayonida
qo’llashga undash va buni ular tomonidan ongli ravishda bajarilishiga erishish
uchinchi masala – umumiy ta’lim tizimining asosiy muammosi hisoblanadi.
22
Uchinchi masala – umumiy ta’lim tizimidagi muammolar. Ta’lim tizimi
ijtimoiy ahamiyatiga ko’ra mamlakatning eng yetakchi tizimi hisoblanadi. Shunday
ekan, undagi har qanday muammoni hal etish kechiktirib bo’lmas vazifa
hisoblanadi. Aslida, yuqorida qayd etib o’tilgan ikki masala ham ta’lim tizimiga
bevosita bog’liq va uni tashkil etuvchi birliklar qatorida sanab o’tilishi mumkin.
“Maqsadga muvofiq ishlatilgan so’zlar foyda keltiradi” – falsafiy iqtibosga ko’ra
ayni bir masalani uchga bo’lib ko’rsatish bitiruv malakaviy ishimizning maqsadiga
erishishi uchun qulaylik hozirlaydi.
Umumiy ta’lim tizimining muammolari deganda biz ikki asosiy omil
o’rtasidagi doimiy nomutanosiblikni nazarda tutdik. Bular O’zbekiston
Republikasi qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan ta’limga oid qaror va
me’yorlar hamda ularning ijrochilari hisoblangan o’quv yurtlari o’qituvchilari va
ularning shaxsiy va pedagogik sifatlaridir.
Darslarni samarali olib borishda o’qituvchining shaxsiy-pedagogik
xususiyatlari uyg’unlikda bo’lishi shart. Ularni ahamiyati ko’ra tartib raqamlari
bilan ifodalash mantiqan to’g’ri bo’lmasada, ayni vaqtda muammoning yechimini
topishda bir muncha yengillik tug’diradi:
1. O’qituvchining o’zini tutishi, boshqara olishi;
2. Uning nutq mahorati;
3. Uning pedagogik va metodistik layoqati;
4. Uning bilim darajasi;
5. Tashqi omillar (dars xonasining tozaligi, o’quvchilarning formasi va hkz.).
Birinchi va ikkinchi tartib raqam bilan belgilangan omillar borasida juda
ham ko’p izlanishlar olib borilgan va olib borilmoqda. Shuning uchun bu ikki
omilga alohida to’xtalib o’tishni lozim topmadik. Lekin shuni ta’kidlab o’tish
joizki, mazkur ikki omil to’liq ta’minlangan holda qolgan omillarga e’tibor
qaratilmasa, darsdan kutilgan samara reallik yuzini ko’rmasligi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi ham, undan ko’zlangan maqsad ham
yuqorida keltirilgan uchinchi omilning moliyaviy-iqtisodiy bilimlarni o’rgatish
23
sohasida qanday qilib oldingiga qaraganda ko’proq samaraga erishish yo’llarini
qidirib topishga yo’naltirilgan.
Xorij tajribalarini o’rganishda taqqoslash va qiyoslash asosida yondashuv bir
vaqtning o’zida ilmiy dunyoqarashni shakllantiribgina qolmay, o’rganilayotgan
bilimning mohiyatini to’liq anglab yetishga va boshqa sohalarga oid bilimlarni
o’rganishda ham aynan shu yondashuvni qo’llay olish layoqatini yaratadi. Demak,
bitiruv malakaviy ishining maqsadi hisoblangan rivojlangan mamlakatlarda
moliyaviy nazoratni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini talabalarga
o’rgatishda mahsus fanlarni o’qitishning qiyoslash va taqqoslashga qaratilgan
metodlarini qo’llash qolgan metodlarga qaraganda ancha samaraliroq, deb
hisoblashimiz mumkin. Inson omiliga psixologik jihatdan yondashish bu fikrimizni
isbotlashda ancha qo’l keladi. Ya’ni qiyoslash va taqqoslashning tub ma’nosi
qiyoslanayotgan yoki taqqoslanaytgan obyektlarning bir-biridan o’rnak olishi va
tegishli xulosalar chiqarishdan iborat bo’ladi. Talabalar moliyaviy nazoratning
xoriijiy tajribalarini o’rganish bilan bir vaqtning o’zida milliy nazorat ishlarining
qay darajada samarali amal qilayotgani yoki qanday kamchilik va afzalliklar
mavjudligi haqida fikr yuritadilar. O’z navbatida bu talabalarda ijodiy fikrlash
orqali masalaning yechimini topishga qiziqish va rag’bat uyg’otadi hamda bu
jarayon ongsiz ravishda amalga oshiriladi. Ongsiz ravishda amalga oshirilgan har
qanday faollik esa ko’nikmaga olib keladi. Har qanday darsdan ko’zlangan
rivojlantiruvchi maqsad ham aynan shundan, ya’ni o’quvchi-talabalarning bilish
jarayonlariga bor g’ayratlari bilan kirishishlarini rag’batlantirish hisoblanadi.
Bundan tashqari, axborotni yig’ish, yoyish va umumlashtirishga qaratilgan
metodlar va keyslar ham dars samarasini oshirishda qo’l keladi. Endi birma-bir
ta’kidlab o’tilgan metodlarga to’xtalib o’tsak.
Do'stlaringiz bilan baham: |