O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


SAID AHMAD HIKOYALARI TURK TILIDA



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

 
 
 
SAID AHMAD HIKOYALARI TURK TILIDA 
(“Mehribon” va “Qorako‘z Majnun” hikoyalari mısolıda) 
Foziljon RAJABOV,  
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yoʻnalishi 3-kurs tarabasi 
Ilmiy rahbar: PhD. Xayrulla Hamidov
 
O‘zbek adabiyotida o‘zining o‘chmas asarlari bilan nom qoldirgan, 
xalq mehri va ardog‘iga sazovor bo‘lgan yozuvchi va dramaturg Said 
Ahmadni qanchalar ta’riflasak kam. Hikoya va romanlari har bir o‘zbek 
xonadonining kitob javonidan o‘rin olgan adibning ibratli hayot va ijod 
yo‘li  kitobxonlaru  tadqiqotchilar  tomonidan  zo‘r  qiziqish  bilan 
o‘rganilib kelinmoqda.    
“Said  Ahmad  hikoyalarida  Oybekning  psixologik  tasvir  mahorati, 
G‘.G‘ulom  yumori,  Abdulla  Qahhor  bayonidagi  ixchamlik  mujassam-
dir.”
145
  Darhaqiqat,  adib  hikoyalarinin  o‘qirkan  ushbu  fikrlarning  ne-
chog‘lik to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘lasiz. O‘ziga xos baadiyati, yumoriga 
ega bo‘lgan yozuvchining qahramonlari oddiy kishilar bo‘lib, har doim 
ezgu orzu-istaklari yo‘lida kurashadilar. Ularning hayot tarzida milliylik, 
qadryatlarga sodiqlik, rahm-shavqat, kattaga hurmatu kichikka izzat kabi 
insoniy  tuyg‘ular  aks  etadi.  Shuningdek,  yozuvchi  jamiyat  hayotidagi 
ba’zi  bir    kamchiliklarni  yengil  mutoiba  bilan  qalamga  olib  muhim 
ma’naviy masalalarni olg‘a suradi.  
 
145
 
http://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/said-ahmad
 -1920-2007
 


 
103 
Shu kungacha adibning asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilindi. Xu-
susan, biz tahlilga tortgan “Mehribon” va “Qorako‘z majnun” hikoyala-
ri
146
 K.Rasulova va M.To‘xliyev tomonidan turk tiliga tarjima qilingan.  
Tarjima xususida so‘z yuritishdan avval Said Ahmad uslubidagi bir 
nozik  jihatga  eʼtiboringizni  qaratmoqchimiz.  Bir  asar  yozilgan  tilida 
o‘qilishi va tushunilishi qanchalar ravon, xalqchil, va sodda bo‘lsa, tar-
jimon uchun tarjima jarayoni shunchalar qiyin bo‘ladi. Chunki, bunda 
yozuvchi  adabiy  so‘zlarga  nisbatan  ko‘proq  xalq  orasida  ko‘p  qo‘l-
laniladigan  qochiriqlar,  iboralar,  matallar,  ma’lum  bir  hududga  oid 
bo‘lgan  so‘zlarni  ishlatadi.  Bu  holat  tarjimonni  yaxshigina  “ter  to‘-
kish”ga majbur qiladi. Bu xususan Said Ahmad hikoyalariga tegishli.  
“Mehribon” hikoyasi tarjimon tomonidan turk tiliga “Üvey anne”
147
 
nomi bilan tarjima qilingan. Tarjimon sarlavhani turk tilida mavjud bo‘l-
gan “Mihriban” so‘zi bilan tarjima qilsa bo‘lar edi. Ammo,  asar mazmu-
nidan kelib chiqib, “Üvey anne” nomini bergani tahsinga sazovor. Hiko-
yadagi 

Qizning  nazarida  ona  perronda  hamon    ro‘mol  silkib  turgandek  edi
” 
jumlasini  “ 
Ana  kızın  hafızasında  henüz  bir  mendil  sallayarak  platformda 
duruyor…

  (Ammo,  qizning  hayolida  hamon  platformada  bir  ro‘molcha 
silkitib  turardi)  deya  turkchaga  o‘girilgan.  Asliyatda  onaning  ro‘mol 
silkitib turgani tasvirlangan bo‘lsa, tarjimada ro‘molcha silkib turgan ona 
obrazi keltirilgan. Tarjimon kontekstdan kelib chiqib, “
ro‘mol
” (başörtü) 
so‘zi o‘rnida “
mendil
” (ro‘molcha)ni ishlatadi. Bu orqali tarjima qilingan 
tilda mazmuniy aniqlik kelib chiqadi. Yoki yana bir misol: 
“Havo ochiq, 
kuz oftobi tilla rang yaproqlar ustida chaqnar, tiniq osmonda kumushdek yaltirab 
kaptarlar uchardi
.” gapi “
Hava açık sonbahar güneşi altın renkli yapraklara yan-
sıyor  berrak  gökyüzünde  gümüş  gibi  parlayan  güvercinler  üçüşüyordu

  deb, 
asliyatga mos shakilda tarjima qilingan. Shuningdek, “Tug‘ruqxona do-
yasi” birikmasi o‘rnida “
doğumevi ebesi
”, munis-mehribon–şefkatlı, xi-
toy shohisi – Çin ipeği shaklida tog‘ri tarjima qilingan.  
Ergash Ochilov badiiy tarjimada  tarjimonning nimalarga ahamiyat 
berishi kerak ekanligi haqida shunday deydi: “Badiiy tarjimaning yana 
muallif  uslubini  qayta  yaratish,  asar  ritmi  va  intonatsiyasini  saqlash, 
personajlar  nutqini  asliyatdagi  tabiiyligi  bilan  aks  ettirish,  milliy  ko-
loritni berish, frazeologizmlarning muqobil variantlarini topish, sheva 
xususiyatlarini ifodalash kabi koʻplab katta-kichik talab-shartlari mav-
judki, ular tarjimonning chindan ham hal qiluvchi maqomga ega ekan-
 
146
 Said Ahmad, Tanlangan asarlar, 1-jild Hikoyalar Sharq”. –Toshkent. -2000.
 
147
 Özbek Edebiyatı’nın Seçme Eserleri 1.Bölüm. –Taşkent. -2013 –S.9.
 


 
104 
ligini koʻrsatadi.”
148
 Darhaqiqat yosh tarjimonlar ijod jarayonida buni 
hisobga olganlari yaqqol ko‘rinadi. 
Tarjimada bir o‘rinda “
yuragi urib ketdi
” iborasi turkchaga “
yüreği 
bürküldü
” iborasi orqali beriladi. Buni “yuragi urib ketdi” iborasi o‘rnida 

Yüreği hızlı çarpmaya başladı
” shaklida bersa yaxshi bo‘lardi.  
Tilga chetdan kirgan 
stansiya- istasyon, perron-platform, poezd-tren, 
kioska-gazeta  bayi,  kurant-saat  külesi
  kabi  so‘zlar  turk  tilida  ishonchli 
berilgan. Natijada turkcha matn o‘quvchiga tushunarli bo‘lgan.  
Said  Ahmad  qalamiga  mansub  durdona  asarlardan  biri  bo‘lgan 
“Qorako‘z majnun” hikoyasi turk tiliga “Karagöz Mecnun”
149
 deb tar-
jima qilingan. Onaning bolaga boʻlgan mehri, shafqati, milliylik o‘z ifo-
dasini  topgan  hikoya  tarjimasida  yosh  ijodkor  har  bir  soʻzni  alohida 
eʼtibor bilan tarjima qiligshga harakat qilgan. Masalan, tarjimon 
“tovuq 
doni
”ni 
“tavuk  yemi
”, 
“bo‘xcha”
ni
  –  “bohça”,  “bolaxona”
ni
  –“as-
malı oda”, “nikoh o‘qimoq”
ni
 – “nikah kıymak”
 deb, 
“sochlari taqi-
mini o‘pardi
” birikmasini “
uzun saçları baldırına kadar uzanan
” deb, 
“yomg‘ir  sharros  quyayotgan  edi
”  ni  –  “
yağmur  bardaktan  boşalır-
casına yağıyordu
” shaklida juda ishonchli, to‘g‘ri, mahorat bilan talqin 
qila  olgan.  Shu  o‘rinda  tarjimashunos  olim  Gʻ.Salomov  aytgan  bir 
so‘zni keltirish kerak boʻladi: “Tilning asl qaymogʻi, uning oʻziga xos 
xususiyatlarini va tabiatini belgilaydigan, uning kamolot darajasi qan-
day ekanligini koʻrsatadigan, boshqa tillar oʻrtasida tutgan oʻrnini ta-
yinlashda muhim omil boʻlgan narsa – undagi maqol, matal, ideoma va 
boshqa shu kabi koʻchma maʼnoli birikmalardir. Bunday birikmalarni 
bir tildan boshqa tilga tarjima qilishning gʻoyat murakkab va muhim ish 
ekanligi bu masalani badiiy tarjima nazariyasining asosiy problemalari 
qatoriga kiritishga sabab boʻlmoqda”
150
.  
Darhaqiqat,  tarjima  jarayonida  ijodkorlar  maqol  va  iboralar  tarji-
masiga alohida e’tibor qaratganiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, hikoya-
dagi 
“qon bo‘lib ketmoq”
  iborasi  oddiy  so‘z  –  “sıkılmak”  (siqilmoq, 
zerikmoq) orqali berilgan. Buning o‘rnida 
“canı sıkılmak”
 iborasi qo‘l-
lanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ammo ba’zan bunday usul yax-
shi  natija  ham  beradi. 
Masalan,  o‘zbekcha 
“baxti  chopmagan”
  ibo-
rasining turkcha “
talihsiz
” deb berilishi ta’sirni yanada kuchaytiradi.  
 
148
 Очилов Э., Таржима назарияси  (ўқув қўлланма). – Т.: 2014. -74-б.
 
149
 Özbek Edebiyatı’nın Seçme Eserleri. 1.Bölüm. –Taşkent. -2013 s.7.
 
150
 Ғ.Саломов ”Рус тилидан ўзбекчага мақол, матал ва идеомаларни таржима қилиш 
масаласига доир” ЎзССР ФА наш. 1961. 18-б.
 


 
105 
“Qorako‘z Majnun”dagi 
“Kampirning shoxi sindi”
 gapidagi “sho-
xi sindi” birikmasi iboradir. O‘zbek tilida 
shox
 so‘zi omonimik 
shakl-
larga  ega  bo‘lib,  bir  necha  ma’noda  tushuniladi.  O‘zbekcha  matnda 
“shox” so‘zi “hayvonning shoxi” ma’nosida kelgan. Demak gap mazmuni 
–  “Kampirning  umidlari  puchga  chiqdi”.  Turk  tilida  esa  bunday  ibora 
yo‘q. Shu bois tarjimon “... 
dalı kırılmış
” deb ishonchli bergan. 
“–  Senga  yo‘q,  bevafo!  Meni  yo‘lga  tashlab  ketgansan.  Orqangdan 
halloslab  yugurib,  tilim  og‘zimga  sig‘may  qoldi”.
 
  Ushbu  jumladagi 
“tili 
og‘ziga sig‘may qolmoq” 
iborasi turk tilidagi “
yüreği ağzına gelmek
” 
iborasi bilan tarjima qilingan. Chunki “yüreği ağzına gelmek” iborasi 
turk tilda tez yurgandan halloslab qolib, “tili og‘ziga sig‘may 
qolmoq” 
degan  ibora  ma’nosini  bera  oladi.  Albatta  ushbu  turkcha  iboraning 

birdaniga  qattiq  qo‘rqmoq,  qattiq  qo‘rquv  yoki  sevinchdan  hayajon-
lanish
”  ma’nosi  ham  borligini  ta’kidlash  o‘rinli  bo‘ladi.  Shuningdek, 
“Qumrining yuraklari 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish