O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Vijdon erkinligi 

 
fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik 
huquqidir.  Vijdon  erkinligi
 
huquqi  BMTning  Bosh  Assambleyasi  tomonidan  1981  yil  25  noyabrda  qabul 
qilingan  36-55-son  Rezolyusiyasida  belgilangan  insonning  asosiy  huquqlaridan  biri  hisoblanadi.  O‘zbekiston 
Konstitutsiyasining 31-moddasida: “Hamma uchun vijdon erkinligi
 
kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga 
e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi”, deb qayd etilgan. 
Vijdon erkinligi
 
demokratiyaning ajralmas tarkibiy qismidir; u fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i 
nazar, teng huquqligi, barcha diniy konfessiyalarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka 
nisbatan  hech  qanday  majburiyat  yo‘qligi,  diniy  idora  ishlariga  davlatning  aralashmasligi,  dindan  siyosiy 
maqsadlarda foydalanish mumkin emasligini ifoda  etadi. Vijdon erkinligi
 
dindorlarning diniy  his-tuyg‘ularini 
haqoratlamagan  holda  diniy  mutaassiblik, jaholatparastlik,  da’vat va  nizoga,  ekstremizmga,  qonuniy  davlatga 
qarshi diniy partiya, jamoa, uyushma, harakat va jamg‘armalar tuzilishiga qarshi tashviqot va targ‘ibot ishlarini 
olib  borish  erkinligini  ham  kafolatlaydi.  Mazkur  qonunning  1-  va  4-moddalari  fuqarolar  o‘zlarining  dinga 
bo‘lgan munosabatini erkin belgilash, marosim va udumlarni bajarish hamda qonun oldida barchaning dinga 
bo‘lgan munosabatlaridan qati nazar tengligiga kafolat beradi. O‘zbekistonda din va diniy tashkilotlar davlatdan 
ajratilgan, shuningdek, kuch ishlatishni targ‘ibot qilish, millatlar va diniy tashkilotlar orasiga nizo solish uchun 
dindan  foydalanish  va  konstitutsiyaviy  tuzum  asoslariga  qaratilgan  harakatlar  man  etiladi.  Rasmiy  (qonuniy) 
maqomga ega diniy tashkilotlarning dinni targ‘ib etishda OAV va matbuotdan foydalanish erkinligi ham qonun 
doirasida kafolatlanadi. Masalan, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi o‘z gazeta va jurnallariga, nashriyot va 
kutubxonasiga  ega  bo‘lib,  ularni  tarqatishda  aloqa  muassasalaridan  bemalol  foydalanmoqda.  Hozirgi  davrda 
mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiya – uyushma mavjud bo‘lib, bularning eng yiriklari islom, pravoslav va 
yahudiylikdir. Ular ixtiyorida masjidlar,madrasalar, sinagogalar, cherkovlar, jurnal va gazetalar bor.  
Bugun  O‘zbekiston  musulmonlaridanminglab  fuqarolar  haj  ziyoratiga,umra  safariga  bemalol  borib 
kelmoqdalar.  Barcha  fuqarolar  uchun  Vijdon  erkinligi
 
talablari  va  tamoyillarini  amalga oshirish imkoni to‘la 
ta’minlanib, u jamiyatimiz ma’naviy hayotining tarkibiy qismiga aylangan. Vijdon erkinligi
 
va diniy tashkilotlar 
masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo‘lib, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, 
adolatparvarlik va insonparvarlik kabi ijtimoiy,  siyosiy,  huquqiy  va axloqiy tushunchalar turadi.  I.A.Karimov 
ta’kidlaganidek, “So‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqod erkinligini ta’minlashimiz 
kerak. Biz odamlarning ma’naviy tarbiyasini o‘ylab, tinchlik va xayrli ishlarni ko‘zlab harakat qilayotgan har bir 
kishini qo‘llab-quvvatlaymiz, ular bilan hamkorlik qilamiz”
252
. BMT Nizomidan tortib, barcha xalqaro hujjat va 
shartnomalarda, hamma mamlakatlarning Konstitutsiyasi va qonunlarida vijdon erkinligi
 
masalasi o‘z ifodasini 
topgan.  O‘zbekiston  davlatining  din  sohasidagi  siyosati  ana  shu  deklaratsiyaning  asosiy  tamoyillariga  mos 
tushadi.  Dunyoviy  davlatimizning  din  sohasidagi  siyosati  turli  dunyoqarash,  e’tiqodda  bo‘lgan  kishilar 
o‘rtasidagi,  davlat  bilan  din,  diniy  tashkilotlar  bilan  davlat  o‘rtasidagi  munosabatlarning  amalda  huquqiy 
ta’minlanishini nazarda tutadi. Davlat qonunlarida diniy e’tiqod har kimning xususiy ishi deb belgilangan. Ayni 
vaqtda  “Diniy  tashkilotlar  va  birlashmalar  davlatdan  ajratilgan  hamda  qonun  oldida  tengdirlar.  Davlat  diniy 
                                                           
252
 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. 79-б. 


209 
 
birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi” (61-modda). Asosiy qonunimiz O‘zbekiston fuqarosini millati, irqi, 
jinsi va dinidan qat’i nazar, teng huquqli deb biladi, shuningdek, o‘z e’tiqodini erkin namoyon etish, ibodat qilish, 
urf-odatlar  va  milliy  an’analarini  davom  ettirish  va  ularni  hurmat  qilishni  kafolatlaydi.  Konstitutsiyada 
belgilangan ushbu qoidalar 1998 yilda O‘zR Oliy Majlisining 11-sessiyasida qabul qilingan «Vijdon erkinligi va 
diniy  tashkilotlar  to‘g‘risida»gi  (yangi  tahrir)  Qonunda  yanada  kengroq  ifodasini  topdi.  Ushbu  qonuniy 
hujjatlarda  belgilangan  qoidalar  dunyoviy  demokratik  davlatning  dinga  munosabatini  aks  ettiradi.  Zero, 
O‘zbekistonda  mustaqillik  qo‘lga  kiritilgandan  keyin  barpo  etilgan  milliy  davlatbu  –  dunyoviy  xarakterdagi 
davlatdir. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish