201
-urf-odatlari, udumlari, marosimlari, taomillari, yurish-turishlari, hayot tarzi va boshqalari ham juda
o‘xshash bo‘lib ketganligida. SHu tufayli aytish mumkinki, ular uchun O‘zbekiston nafaqat hududiy, iqtisodiy va
siyosiy ma’nodagi Vatan, balki ularning umumiy urf-odatlari, an’analari, marosim va udumlari vatani hamdir
(bu-etno-ma’naviy va mafkuraviy birliklardir);
-doimo asosan bir xil diniy e’tiqodga ega bo‘lganligida;
-turli xildagi yaqinliklari - qo‘ni-qo‘shnichiligi, quda-andaligi, bir joyda faoliyat kechirishi, bir-birlarining
tillarini o‘zlashtirib olganligi va tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishi hamda boshqalar, so‘z bilan ifodalab
bo‘lmaydigan ko‘p millatli ijtimoiy go‘zallik va yuksak insoniylik muhiti shakllanganligida.
Sobiq Sovetlar davlati davrida millatlararo totuvlik g‘oyasi internatsionalizm tushunchasi bilan
almashtirilib, millatlararo munosabatlar sovet va marksistik ideologiyasi nuqtai nazaridan, hukmron millat
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tushuntirilar edi. Bu davlatdagi barcha millat va elatlarning birligi va totuvligi
«sovet xalqi» degan nom bilan nomlanib, uning mazmunida hech qanday milliy ma’no, o‘zlik mavjud
bo‘lmagan.
Faxr bilan ta’kidlashimiz kerakki, hozir diyorimizda millatlararo totuvlik g‘oyasi milliy istiqlol g‘oyasining
asosiy g‘oyalaridan biri sifatida davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, ijtimoiy hayotimizning barcha
jabhalarida to‘laqonli amal qilishi uchun kerakli bo‘lgan qonun-qoidalar qabul qilinmoqda va hokazo.
SHuni ham esdan chiqarmasligimiz lozimki, jahon miqyosida mafkuraviy ziddiyatlar keskinlashib,
tahdidlar kuchayib borayotgan bir davrda Vatanimizda bu g‘oyaning uzul-kesil amal qilib borishi barchaga ham
ma’qul bo‘lmoqda, deb bo‘lmaydi. Ba’zi bir g‘animlarimiz, millatlararo totuvlik g‘oyasi Vatanimiz ravnaq
topishining eng muhim omillaridan biri ekanligini juda yaxshi biladi va shuning uchun ham ular qanday
bo‘lmasin, jamiyatimizdagi millatlararo munosabatlarni buzishga va ularning o‘rtasiga rahna solishga ming bor
urinmoqdalar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning fikriga ko‘ra «…g‘animlarimizning asosiy niyati –
O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz
barpo etayotgan faravon va osuda hayotni buzish, tobora kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlagan
yo‘limizdan qaytarishdir»
250
. Islom Karimov o‘zining asarlarida «O‘zbekiston – yagona Vatan» g‘oyasini
«O‘zbekiston – muqaddas Vatan», «Turkiston – umumiy uyimiz», «Vatan – yagonadir, Vatan - bittadir»,
«O‘zbekiston mening yagona va betakror Vatanim» kabi fikrlari bilan ham boyitdi.
Hozirgi kunda yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning o‘rtasidagi mustahkam va sobit
do‘stlik, hamjihatlik va birdamlik, ahillik va xayrixohlik kabi boshqa ezgu munosabatlarning amal qilishi –
jamiyatimiz taraqqiyotining eng muhim omillaridan biriga aylanib borayotganini iftixor bilan ta’kidlashimiz
joizdir.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz o‘rinliki, millatlararo totuvlik g‘oyasi sho‘rolar tuzumi davrida aytilgan
quruq balandparvoz gapdek bo‘lmasdan, balki bugungi kunda xalqimizni, yurtimizda istiqomat qilayotgan
barcha millat va elatlarni yagona maqsad sari yanada birlashtiruvchi va jipslashtiruvchi, jamiyatning tinchligi va
osoyishtaligini mustahkamlovchi, barchaning faoliyatiga onglilik va maqsadga muvofiqlik kirituvchi moddiy va
ma’naviy kuchga aylanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: