O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

 


205 
 
2.
 
Diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi va diniy qadriyatlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi o‘rni 
 
Diniy bag‘rikenglik
 bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning 
alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, 
samimiyat,  ochiq  muloqot  hamda  hurfikr,  vijdon  va  e’tiqod  vujudga  keltiradi.  O‘zbekistonning  jo‘g‘rofiy 
jihatdan muhim savdo yo‘llari chorrahasida joylashgani, ko‘plab davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy hamkorlik 
qilib  kelgani  erli  xalqning  diniy  va  madaniy  hayotiga  katta  ta’sir  ko‘rsatgan  va  o‘ziga  xos  turmush  tarzini 
shakllantirishda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Millati va diniy qarashlaridan qat’iy nazar, insonni 
ardoqlash  va  o‘zgalarni  qadrlash,  kattalarga  hurmat  va  boshqalarni  izzat  qilish  kabi  tuyg‘ular  xalqimizning 
nafaqat ma’naviy-ma’rifiy, balki diniy bag‘rikengligining ma’naviy asosini tashkil qiladi. 
 Bugun  ham  O‘zbekiston  diniy  bag‘rikenglik  va  dinlararo  muloqot  borasida  butun  dunyoga  namuna 
bo‘lmoqda. Bu haqda Moskva va Butun rus Patriarxi Aleksey II, AQSH senatori Xillari Klinton, AQSHning 
sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya Qirolligi SHahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga ziyoratlari 
vaqtida  ta’kidlab  o‘tishgan.  Turli  dinlarning  yonma-yon  yashashi,  fuqarolarda  diniy  bag‘rikenglik  his-
tuyg‘ularinig  shakllanishi  muhimligini  ajdodlarimiz  yaxshi  anglaganlar.  O‘zbekiston  hududida  islomgacha 
zardushtiylik bilan birga buddaviylik, xristianlik, yaxudolik, moniylik, otashparastlik, sehrgarlik, havoriylik kabi 
dinlarga e’tiqod qiluvchilar murosayu madora bilan yashab kelganlar. Markaziy Osiyo mintaqasida diniy e’tiqod 
egalarining to‘qnashuvi, urushi bo‘lmagani tasodifiy emas. Islom diniga e’tiqod mustahkamlangan sharoitlarda 
ham taraqqiyparvar ulamolar, siyosatchilar, davlat arboblari diniy zaminda janjallar chiqishiga yo‘l qo‘ymaganlar. 
Qur’oni Karim “Baqara” surasining 276-oyatidagi “dinda zo‘rlik yo‘q” degan qoida ular uchun dasturulamal 
bo‘lgan. CHor Rossiyasi hukumati XVI asr oxiridan qadimiy udumchilarni quvg‘in qilganda, ularning ko‘pi 
O‘zbekistonga  qochib  kelib  yashagan.  XIX  asrning  40  yillarida  mennonitlar  –  nemislar  chorizm  ta’qibidan 
qochib, Xivaga joylashganlar. Markaziy Osiyoda diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalangan bobokolonimiz Amir 
Temur barcha mamlakatlarda diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilib qolmasdan, balki uni amalda namoyon bo‘lish 
ishiga bosh-qosh bo‘lgan.  
Bobur  va  Boburiylar  ham  Hindistonda  vijdon  erkinligini  amalda  namoyon  qildilar  va  shu  siyosatni 
yurgizdilar. Diniy  e’tiqod  tufayli  fuqarolar o‘rtasida janjallar  chiqishi  mumkin  emasligi,  bu  barcha  dinlarning 
muqaddas  kitoblari  mazmun-mohiyatidan  kelib  chiqishini  mafkuraning  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  etib 
belgiladilar.  
XVIII asrda fransuz ma’rifatparvarlari vijdon erkinligi tushunchasiga falsafiy ma’no berib, uni fuqarolar 
erkinligining  tarkibiy  qismi  ekanini  isbotladilar.  SHundan  so‘ng,  bu  g‘oya  G‘arbiy  Ovro‘pa  mamlakatlariga 
yoyilib,  asta-sekin  davlatlar  Konstitutsiyalarida  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘ldi,  demokratik  davlatlar  dinga 
munosabatining  huquqiy  sohasiga  aylandi.  Demak,  vijdon  erkinligi  aslida  inson  huquqlarini  va  erkinligining 
tarkibiy qismi sifatida alohida ahamiyatga molikdir. U har bir jamiyatda yashaydigan turli millat, elat va e’tiqod 
egalarining hamnafas bo‘lib yashashi uchun huquqiy kafolatdir. Vijdon erkinligi dunyoqarash bilan uzviy bog‘liq 
holda namoyon bo‘ladigan turli yo‘nalishdagi imon-e’tiqod egalari o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosi 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida vijdon erkinligiga doir moddalar hamda “Vijdon erkinligi 
va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatinihar bir fuqaro, ayniqsa, boshqaruv tizimida 
ishlayotgan barcha kishilar hamda ruhoniylar bilib olishlari, unga qat’iy amal qilishlari ijtimoiy zaruratdir.  
O‘zbekiston  Konstitutsiyasining  31-moddasida  “Hamma  uchun  vijdon  erkinligi  kafolatlanadi.  Har  bir 
inson xohlagan dinga e’tiqod qilish  yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni 
majburan  singdirishga  yo‘l  qo‘yilmaydi”  deyilgan.  Demak,  fuqarolar  o‘z  vijdoni  amr  qilgan  xohlagan  dinga 
e’tiqod  qilishi  yoki  hech  qanday  dinga  e’tiqod  qilmasliklari  mumkin.  Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar 


206 
 
to‘g‘risidagi qonunga binoan, hozir O‘zbekistonda 16 ta diniy konfessiya, jumladan islom, xristian, yahudiylik va 
boshqa  dinlar  vakillari  ahil-inoq,  tinch-totuv  yashab,  o‘zlarining  diniy  e’tiqod  amallarini  erkin  ado  etib 
kelmoqdalar. Respublikada 2250 dan ortiq diniy tashkilot, shu jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, rus 
pravoslav  cherkovi,  Toshkent  va  O‘rta  Osiyo,  Evangel  xristian  baptistlar  cherkovlari  ittifoqi,  Rim  katolik 
cherkovi,  to‘liq  injil  xristianlar  markazi,  O‘zbekiston  bibliya  jamiyati,  2000  ga  yaqin  masjid,  163  ta  xristian 
cherkovi, 7 ta yahudiylar jamoasi, 7 ta baxoiylar jamoasi, 2 ta krishnani anglash jamiyati va 13 diniy o‘quv yurti, 
(1 ta islom ma’xadi, 10 madrasa va 1 provaslav va 1 ta to‘liq injil xristian seminariyasi) davlat ro‘yxatidan o‘tgan.  
O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davomida barcha sohalarda erishgan yutuqlarini butun dunyoga 
namoyon qila olmoqda. Buni dunyo hamjamiyati vakillarining e’tirofidan ham bilsa bo‘ladi. 
O‘zbekistonni  xalqaro  hamjamiyat  tomonidan  e’tirof  etilishi  2007  yilda  Islom  Konferensiyasi 
tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasi (ISESCO) tomonidan 2007 yilda Toshkent 
shahrini islom madaniyati poytaxti deb elon qilinishida ayniqsa yaqqolroq namoyon bo‘ldi. 
SHu  munosabat  bilan  2007  yil  14-15  avgustda  O‘zbekistonda  o‘tkazilgan  xalqaro  anjumanda  ishtirok 
etgan xorijlik mehmonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida muhim fikrlarni bildirganlar. 
Jumladan, Tunisdagi Zaytuna universiteti rektori Salim Buvahiy fikriga ko‘ra “O‘zbek zaminida etishib chiqqan 
ulamolar  islom  madaniyatining  rivojiga  ulkan  hissa  qo‘shganini  butun  islom  olami  e’tirof  etadi.  Imom  al-
Buxoriy, Abu Lays Samarqandiy, Imom at-Termiziy kabi ko‘plab buyuk mutafakkirlarning boy merosidan butun 
dunyo ahli asrlar osha bahramand bo‘lib kelmoqda”.  
Pokistonning Islomobod arab tilidagi qo‘lyozmalar markazi direktori Ahmad Xon O‘zbekistonga nisbatan 
shunday iliq so‘zlarni izhor  etadi: “Istiqlol  yillarida mamlakatingiz rahbari tomonidan ajdodlaringiz qoldirgan 
ilmiy-ma’naviy,  noyob  va  boy  merosni  asrab-avaylash,  o‘rganish  va  targ‘ib  qilish  hamda  kelgusi  avlodlarga 
etkazish  borasida  amalga  oshirilayotgan  ishlarga  havas  qilsa  arziydi.  Toshkent  konferensiyasida  Imom  al-
Buxoriy  ijodi  va  faoliyati,  u  qoldirgan  boy  merosni  Pokistonda  o‘rganish  va  targ‘ib  qilishga  oid  mavzudagi 
ma’ruza bilan ishtirok etish niyatidaman”. 
Birlashgan Arab Amirliklari appelyasiya sudi sudyasi Hasan Abdulg‘affor al-Homidiy ilk taassurotlarini 
shunday  bayon  qildi: 

ISESCO  tomonidan  Toshkentning  2007  yilda  islom  madaniyati  poytaxti  deb  e’lon 
qilinishi xalqaro miqyosdagi juda katta adolatli ish bo‘ldi. Zero, poytaxtingizning, butun O‘zbekistonning islom 
sivilizasiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Bu muqaddas zaminda islom madaniyati taraqqiyotiga ulkan 
hissa  qo‘shgan  ko‘plab  buyuk  siymolar  etishib  chiqqan.  Imom  al-Buxoriy,  Imom  at-Termiziy,  Burhonuddin 
Marg‘inoniy, Abu  Rayhon  Beruniy  kabi  ulug‘  mutafakkirlar  qoldirgan  bebaho  meros  asrlar  osha  insoniyat 
tafakkurining  rivojiga  xizmat  qilib  kelmoqda.  O‘zbekiston  qadimiy  yodgorliklar,  muqaddas  ziyoratgohlar  va 
tarixiy obidalarga juda boyligi bilan ham dunyoga mashhur”. 
Quvayt  xalqaro  xayriya  jamg‘armasi  va  Osiyo  musulmonlari  qo‘mitasi  ijrochi  direktori Abdurahmon 
Avoziy  quyidagi  fikrlarni  bildiradi:  “O‘zbekistonga  ilk  bor  kelgan  bo‘lsam-da,  mamlakatingiz  tarixi  va 
madaniyatiga oid ko‘plab kitoblarni o‘qiganman. YUrtingizda din, madaniyat, ilm-fan va ta’lim kabi ko‘plab 
sohalar istiqlol yillarida izchil ravnaq topayotganidan boxabarman. ISESCO tomonidan Toshkentning 2007 yilda 
islom  madaniyati  poytaxti  deb  e’lon  qilinishi  biz,  quvaytliklarni  ham  nihoyatda  quvontirdi.  Bosh  kentingiz 
bunday sharafli unvonga munosibdir.  
Toshkent konferensiyasiga tashrif buyurganimizdan asosiy maqsad dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan 
bu  anjumanga  keladigan  islomshunos  olimlar  bilan  yaqindan  tanishish,  ular  bilan  do‘stona  aloqalarni  yo‘lga 
qo‘yishdan iborat. Islom dini tinchlik, ezgulik, salomatlik, o‘zaro mehr-oqibat dinidir. SHu bois mamlakatingizda 
Prezident  Islom  Karimov  rahnamoligida  diniy  bag‘rikenglikni  ta’minlashga  alohida  e’tibor  qaratilayotganini 
alohida  ta’kidlamoqchiman.  O‘zbekiston  bilan  Quvayt  o‘rtasidagi  aloqalar  izchil  rivojlanmoqda.  Quvaytda 
O‘zbekiston madaniyatiga va tarixiga qiziqish juda katta. Quvaytliklar o‘zbek zaminida tug‘ilib o‘sgan Imom al-
Buxoriy,  Imom at-Termiziy, Burhonuddin Marg‘inoniy kabi buyuk allomalarning hayoti va ijodini, asarlarini 
katta qiziqish bilan o‘rganadilar.” 
“Al-Alamiya” gazetasi bosh muharriri Saloh G‘adr Sajid Sulton fikriga ko‘ra “O‘zbekistonga joriy yilning 
iyun  oyidagi  tashrifim  chog‘ida  Toshkent,  Samarqand,  Buxoro,  Xiva  kabi  go‘zal  shaharlardagi  ko‘plab 
me’moriy  obidalarni  ziyorat  qilish  baxtiga  muyassar  bo‘lgan  edim.  YUrtingizda  Prezident  Islom  Karimov 
rahnamoligida  ajdodlaringizning  boy  merosini  o‘rganish,  targ‘ib  qilish,  madaniy  yodgorliklarni  ta’mirlash  va 


207 
 
asrab-avaylash,  ta’lim,  fan  va  madaniyat  kabi  sohalarni  rivojlantirish  borasida  amalga  oshirilayotgan  keng 
ko‘lamli islohotlar o‘z samaralarini berayotgani tahsinga loyiq.  
O‘zbekistondan,  ayniqsa, ta’lim sohasida  o‘rnak olsa arzigulik jihatlar juda  ko‘p. YUrtingizga avvalgi 
tashrifim chog‘ida Hazrati Usmon (r.a.)dan yodgor – Qur’oni Karimning noyob qo‘lyozma nusxasi – “Usmon 
Mushafi”ni  ziyorat  qilish  sharafiga  muyassar  bo‘lgan  edim.  SHuni  ta’kidlamoqchimanki,  “Al-Alamiya” 
gazetasida O‘zbekiston haqida ko‘plab maqolalar chop etganman va bundan keyin ham ushbu go‘zal diyordan 
olgan taassurotlarimni arab ahliga matbuot orqali etkazishini o‘z burchim, deb bilaman. Go‘zal Toshkent azaldan 
islom madaniyati poytaxti bo‘lib kelgan va doim shunday bo‘lib qolishiga aminman”. 
YAponiyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari instituti ijrochi direktori Tetsuji Tanaka: “SHunday 
yirik xalqaro anjumanda ishtirok etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. O‘zbekistonda Prezident  Islom 
Karimov  rahnamoligida  qadimiy  obida  va  me’moriy  yodgorliklarni  asrab-avaylash,  tiklash  va  ta’mirlash 
borasida  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamli  xayrli  ishlar  tahsinga  loyiqdir.  Ikki  oy  avval  yurtingizga 
kelganimda “Hazrati Imom” majmuini ziyorat qilgan edim. Qisqa fursat ichida yangidan bunyod etilgan ushbu 
majmua  menda  nihoyatda  katta  taassurot  qoldirdi.  ISESCO  tomonidan  Toshkentning  2007  yilda  islom 
madaniyati  poytaxti  deb  e’lon qilinishi  mamlakatingizda istiqlol  yillarida milliy-madaniy  qadriyatlarni  tiklash 
borasida qilingan betimsol ishlarning, islom madaniyati rivojiga ajdodlaringiz qo‘shgan ulkan hissaning xalqaro 
e’tirofidir.  
Tokio  jamg‘armasining  katta  tadqiqotchisi,  YAqin  SHarq  va  islom  masalalari  bo‘yicha  mutaxassis 
YOshiaki Sasaki: “O‘zbekiston jahon ilm-fani va islom madaniyati taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan Imom 
al-Buxoriy,  Imom  at-Termiziy,  Burhonuddin  Marg‘inoniy,  Mahmud  az-Zamaxshariy  kabi  buyuk  siymolari, 
qadimiy  me’moriy  yodgorliklari,  tarixiy  obidalari  bilan  dunyoga  mashhur. YAponiyada  islom  diniga  e’tiqod 
qiluvchilar Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislarni katta qiziqish bilan o‘qib-o‘rganadilar.  
YAponiya  Markaziy  Osiyo  davlatlari,  ayniqsa,  O‘zbekiston  bilan  hamkorlik  aloqalarini  yanada 
kengaytirish  va  mustahkamlashga  alohida  e’tibor  qaratmoqda.  Kelgusida  o‘zaro  aloqalarimiz  barcha  sohada 
yanada ravnaq topishiga ishonaman”. 
O‘zbekiston  mustaqillik  davrida  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarida  erishgan  yutuqlarning  xorijlik 
mutaxassislar  tomonidan  e’tirofiga  doir misollarni  ko‘plab keltirish  mumkin.  Lekin  buning  uchun  bitta  kitob 
sahifasi etarli emas. 
Mustaqillikning  ilk  davrlaridan  boshlab  yurtimizda  dinlararo  tinchlik  va  totuvlikni  mustahkamlash 
bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi 
qonun qabul qilinib, diniy bag‘rikenglik fuqarolar totuvligining muhim omillaridan biriga aylandi. Mustaqillik 
yillarida  din  mavzuida  qator  simpoziumlar,  chunonchi,  muhim  sanalar,  butun  dunyoga  mashhur  mutafakkir 
allomalarimizning yubileylariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi. 
Islom dinining boy merosini chuqur o‘rganish maqsadida 1995 yil Toshkentda Islom tadqiqotlari xalqaro 
markazi tashkil etildi. 1999 yil aprelida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Toshkent islom universitetini 
tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 2007 yilda ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi xalqaro Aysesko 
tashkiloti tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti, degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi. Toshkent 
shahridagi Xazrati imom majmuasi, Toshkent islom universitetida qisqa vaqt davomida amalga oshirilganishlar 
yana bir karra o‘zbek xalqining bunyodkorlik salohiyatini butun dunyoga namoyon etdi. 
Ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallar, haq va 
haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida 
mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz 
qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, miliy ma’naviyatimiz va turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz, 
urf-odat  va  an’analarimiz,  insoniylik,  mehr-oqibat,  halollik,  oxiratni  o‘ylab  yashash,  yaxshilik,  mehr-shafqat 
singari  xalqimizga  mansub  bo‘lgan  fazilatlarni  bezavol  saqlashda  muqaddas  dinimiz  qudratli  omil  bo‘lib 
kelmoqda. 


208 
 
Mustaqillik  yillarida  respublikamizda  Qur’on  (uch  marta), Qadimgi Ahdning  16  kitobi va YAngi Ahd 
to‘laligicha o‘zbek tiliga o‘girilib, nashr etildi. 
   2004  yil  21  dekabr  kuni  O‘zbekiston  musulmonlari  idorasida  Respublika  Ko‘rlar  jamiyati  bilan 
hamkorlikda tayyorlangan  Brayl  yozuvidagi  Qur’oni karim kitobi taqdimot marosimi o‘tkazildi. O‘zbekiston 
mazkur  xayrli  amaliyotni  amalga  oshirgan  jahonning  uchinchi  mamlakati  bo‘ldi.  Bugungi  kunda 
mamlakatimizda  24  mingga  yaqin  ko‘zi  ojizlar  istiqomat  qilmoqda.  Endilikda  maxsus  maktab-internatlar, 
kutubxonalar hamda barcha istak bildirganlar mazkur Qur’ondan foydalanishlari mumkin. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish