O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


Mustaqillik  davrida  milliy  milliy  –  madaniy  markazlarining  shakllanishi  va  rivojlanishi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Mustaqillik  davrida  milliy  milliy  –  madaniy  markazlarining  shakllanishi  va  rivojlanishi. 
O‘zbekiston polietnik davlatlar qatoriga kiradi. Asrlar davomida bu erda o‘zbeklar bilan  yonma-yon tojiklar, 
qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, uyg‘urlar va boshqa ko‘pgina xalqlarning vakillari ahil va inoq 
                                                           
250
И.А.Каримов.  Ватанимизнинг  тинчлиги  ва  хавфсизлиги  ўз  куч-қудратимизга,  халқимизнинг  ҳамжиҳатлиги  ва 
букилмас иродасига боғлиқ. Т.: «Ўзбекистон», 2004. 9-бет.  


202 
 
yashab kelishgan. SHuni aytish mumkinki, mamlakatimizning ko‘pmillatliligiga xalqimizning ochiqko‘ngilligi 
va  mehmondo‘stligi  ham  sabab  bo‘lgan.  Bu  mintaqadan  o‘tganBuyuk  Ipak  yo‘li  esa  iqtisodiy,  madaniy  va 
ma’naviy aloqalarning kengayishiga xizmat qilgan. SHu o‘rinda ayrim dalillarga murojaat qilamiz: 

 
1897 yilda respublikamizning hozirgi hududida 70 millat vakili yashagan. 1927 yilga kelib 90 millat va 
elat vakili istiqomat qilgan. 1959 yilda 113 millat vakili ro‘yxatga olingan. Bugun esa 130 dan ortiq millat va elat 
vakillari bor.  
Mamlakat aholisi (2015 yil birinchi yarmida): 31 million 022 ming 500 kishi. 

 
SHundan 25 milliondan ortiq (81.8%) kishi o‘zbeklar. 

 
6 millionga yaqin (18.9%) kishi boshqa millatlar vakillari. Ulardan: 

 
Tojiklar – 1,5 millionga yaqin (4.7%) 

 
Ruslar – 1 millionga yaqin (3.3%) 

 
Qozoqlar – 900 ming atrofida (3.1%) 

 
Qoraqalpoqlar – 800 mingdan ko‘proq (2.1%) 

 
Tatarlar – 250 mingga yaqin (0.9%) 

 
Qirg‘izlar – 250 ming (0.9%) 

 
Koreyslar – 150 ming atrofida (0.5%) 

 
Turkmanlar – 165 mingdan ko‘proq (0.6%) 

 
Ukrainlar – 87 ming, ozarbayjonlar – 43 ming, armanlar – 40 ming, beloruslar – 21,5 ming, yahudiylar 
11 ming, moldovanlar – 5,5 ming, nemislar - 5 mingdan ortiqroqdirlar. 
Mamlakatimizda  ana  shunga  asosan  O‘zbekistonda  yashovchi  muayyan  bir  millat  vakillarining  milliy  madaniy 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlar - Milliy-madaniy markazlarfaoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi 
kunda  yurtimizda  140  dan  ziyod  milliy  madaniy  markazlar  faoliyat  yuritmoqda.  Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  mazkur 
markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida 1992 yil yanvarda Respublika 
“Baynalmilal  madaniyatlar  markazi”  tashkil  etilgan.  U  jamiyatimizdagi  tinchlik  va  osoyishtalik,  millatlararo  totuvlikni 
yanada mustahkamlash, milliy va umumbashariy an’analarni ravnaq toptirish, ularning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib 
qilishga  baholi  qudrat  o‘z  hissasini  qo‘shib  kelmoqda.  Tashkil  etilayotgan  ko‘plab  tadbirlar,  konsert  dasturlari,  kechalar, 
festivallar,  ko‘rik-tanlovlar,  konferensiyalar  shular  jumlasidandir.  Masalan,  “O‘zbekiston  —  umumiy  uyimiz”,  “Vatan 
yagonadir,  Vatan  bittadir”,  “Qudratimiz  —  birlik  va  hamjihatlikda”  kabi  shiorlar  ostidagi  festivallar  ko‘p  millatli 
aholimizning  chinakam  do‘stlik  bayramiga  aylanib  ulgurgan,  desak,  mubolag‘a  qilmagan  bo‘lamiz.  Har  yili  milliy 
ayyomlarimiz  ham  markazimiz  boshchiligida  milliy  madaniy  markazlar  bilan  birgalikda  munosib  nishonlanmoqda. 
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan sanaga bag‘ishlab hamda Xalqaro bag‘rikenglik 
kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiyalar, uchrashuvlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Bular sirasiga milliy madaniyat 
kunlari, dekadalari, milliy bayramlarni ham kiritish mumkin.  
Milliy-madaniy  markazlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  O‘zbekiston  Respublikasining  jamoat 
tashkilotlari to‘g‘risidagi amaldagi qonunlariga hamda o‘z nizomiga asoslangan holda faoliyat ko‘rsatadi. Milliy-madaniy 
markazlarm. muayyan millatga xos bo‘lgan milliy madaniyat, til, urf-odat, an’ana va taomillarni o‘rganish, saqlab qolish va 
rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasining 
"Nodavlat va notijorat tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonuni (1999y. 14 aprel)ga asoslangan holda tuziladi. Nizomi tegishli adliya 
tashkilotlari (Adliya vazirligi yoki viloyat va shahar adliya idoralari) tomonidan ro‘yxatga olinadi. O‘z faoliyatini bevosita 
yoki jamoalardagi bo‘limlari orqali O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi.  
O‘zbekiston  rahbariyati  aholining  ko‘pmillatliligini  hisobga  olib,  mustaqillikning  ilk  yillaridan  boshlab 
millatlararo  totuvlik  va  hamjihatlikni  mustahkamlashga  alohida  e’tibor  qaratmoqda.  Davlatimiz  milliy 
siyosatining  asosiy  yo‘nalishlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  bayon  etilgan.  Milliy  siyosat 
quyidagi tamoyillarga asoslanadi:  
-
 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi; 
-
 
Millatidan qat’iy nazarfuqarolarning qonun oldida tengligi; 
-
 
Davlat va jamiyat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida etnik o‘ziga xosliklarni hisobga olish; 
-
 
Millatchilikning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasizlik; 
-
 
Ijtimoiy va siyosiy hayotda barcha millat va elat vakillarining har tomonlama ishtirokini ta’minlash; 


203 
 
-
 
Respublikada  ijtimoiy,  milliy,  irqiy  va  diniy  adovatni  targ‘ib  qiladigan  partiyalar  va  jamoat 
birlashmalari tuzilishi hamda ularning faoliyati taqiqlangan. 
Dastlabki  Milliy-madaniy  markazlar  koreyslar,  qozoqlar,  yahudiylar,  armanlar  tomonidan  respublika  viloyatlarida 
1989 yilda tuzilgan. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin 
boshlandi. O‘zbekiston mustaqilligi munosabati bilan ularning samarali faoliyat kursatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. 
Natijada Milliy-madaniy markazlar soni yil sayin ortib bordi. Agar 1992 yil 10 ta Milliy-madaniy markazlar ish olib borgan 
bo‘lsa, 1995 yilda ularning soni 72 taga, 2003 yilga kelib esa 135 taga etdi. Ular respublika madaniy markazlari, viloyat, 
shahar, tuman madaniy markazlaridan iborat. 
Respublikada  hozirgi  paytda  qator  millatlar  vakillaritomonidan  tuzilgan  150  ga  yaqin  milliy  madaniy 
markaz (MMM) faoliyat olib bormoqda. 14 MMM respublika maqomiga ega. 31 koreyslar, 23 ruslar, 10 tojiklar, 
9  qozoqlar,  9  tatarlar  (3  ta  tatar-boshqird  MMMlari)  tuzilgan.  Ozarbayjonlar  8,  turkmanlar  7  ta,  krainlar  va 
qirg‘izlarda 6, turklarda va Evropa yahudiylarida 5 tadan MMM bor. Nemislar, polyaklar va armanlar 4 tadan, 
uyg‘urlar va Buxoro yahudiylari 3tadan, beloruslar va qrim tatarlar 2 tadan, arablar, bolgarlar, boshqirdlar, greklar, 
gruzinlar, litvaliklar, qoraqalpoqlar, xitoylar va dunganlar 1 tadan MMM faoliyat olib boradi. 
Respublika baynalmilal madaniyat markazi va MMM faollari orasida V. B. Pak (Xorazm viloyati koreys 
markazi faoli), O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi, rus markazi faoli S.Gerasimova kabi O‘zbekiston Qahramonlari, 
80  ga  yaqin  kishi  “Do‘stlik”,  “Mehnat  shuhrati”  ordenlari,“SHuhrat”  medali,  faxriy  unvonlar,  O‘zbekiston 
Respublikasining Faxriy yorliqlari kabi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Mukofotlanganlar qatorida 
24 millat vakillari bor. 
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bugun O‘zbekiston televidenie va radiosida 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, 
qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi. Gazetalar 10 tilda 
(o‘zbek,  qoraqalpoq,  rus,  qozoq,  qirg‘iz,  koreys,  tojik,  turkman,  ukrain,  ingliz),  jurnallar  esa  8  tilda  (o‘zbek, 
qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) bosiladi. O‘rta va oliy ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, 
rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi.  
O‘zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar vakillari manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida 
totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero, millatning istiqboli boshqa 
xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, xalqaro maydondagi vaziyat va imkoniyatlar bilan xam bog‘liqdir. 
O‘zbekiston  Respublikasida  yashovchi  turli  millat  vakillarini  respublika  ijtimoiy,  ma’naviy  ma’rifiy 
hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash milliy-madaniy markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 
SHuningdek,  xorijiy  mamlakatlardagi  turdosh  tashkilotlar  hamda  tarixiy  vatanlari  bilan  do‘stlik,  hamkorlik, 
madaniy-ma’rifiy aloqalar o‘rnatish va hamdo‘stlik aloqalarini rivojlantirish, Respublika baynalmilal madaniyat 
markazi,  manfaatdor  vazirliklar,  idoralar,  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  hamda  ijodiy  uyushmalar  bilan 
hamkorlikda mamlakatimizda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga ko‘maklashish 
markazning  asosiy  vazifalari  bo‘lib  hisoblanadi.  Nizomda  belgilangan  maqsad  va  vazifalarga  erishishda 
markazlar quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: musika va teatr studiyalarini, ona tili, tarix, yozuv, adabiyot, 
xalq og‘zaki ijodi, teatr va rassomchilik san’ati, milliy urf-odatlar va hunarmandchilik, milliy sport va o‘yinlar 
turlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv guruhlari va yakshanba maktablarini amaldagi qonunchilikka muvofiq tuzadi; 
milliy madaniyat, milliy til; milliy san’at turlari va milliy urf-odatlarni o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadlarida 
seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, festivallar va uchrashuvlarni; xor va badiiy jamoalarni tashkil etadi. 
Milliy-madaniy  markazlar  faoliyatini  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1992  yil  13  yanvar 
qarori bilan tashkil etilgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi muvofiklashtiradi
251
.  

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish