Boshqarishning funksional strukturasi
23
Albatta, funksional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari: o‗z
sohasini chuqur va puxta biladigan, jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish
va baholash qobiliyatiga ega bo‗lgan, o‗z xulosa va tavsiyalarini himoya
qila oladigan, chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga
oshirish maqsadga muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo‗lishi
kerak.
Funksional
bo‗linmalar
bevosita
barcha
quyi
struktura
bo‗linmalarining (A1, A2, A3, B1, B2, B3) faoliyatini boshqaradi.
Funksional boshqarish u yoki bu funksiya vakolatiga taalluqli tor
doiradagi masalalar bo‗yicha quyi bosqich organlari va bo‗linmalari
23
Sharifxo‗jayev M, Abdullayev Y. Menejment: Darslik, Т., 2001.
174
faoliyatiga rahbarlikni ta‘minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo‗limi
sexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi. Bunda ham funksional
bo‗limlar rahbarlarining vertikal bo‗yicha iyerarxiyasi va bo‗ysunishi
mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqdi o‗laroq, bunday bo‗ysunish
ma‘muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo‗ysunishdir. Masalan,
korxona reja bo‗limining boshlig‗i sex reja byurosi boshlig‗iga hatto
aynan shu vazifaga doir masala bo‗yicha ham buyruq berish huquqiga
ega bo‗lmaydi. Biror ma‘muriy buyruqni korxona direktori sex
boshlig‗iga buyurishi mumkin, sex boshlig‗i esa sex reja byurosi
boshlig‗iga shunday buyruq bera oladi.
Albatta, funksional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari: o‗z
sohasini chuqur va puxta biladigan, jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish
va baholash qobiliyatiga ega bo‗lgan, o‗z xulosa va tavsiyalarini himoya
qila oladigan, chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga
oshirish maqsadga muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo‗lishi
kerak.
Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlariga
malakali yordam ko‗rsatish uchun funksional va idoraviy tashkilotlar
tashkil etiladi va bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini
tayyorlash va rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko‗pgina muammolarni hal
etish gorizontal bo‗yicha kelishib olish va muvofiqlashni talab etadi. Bu
funksiyalarni turli xizmatlar bajaradi, ularni mazmuni va muddatlariga
ko‗ra kelishib olish, ishlab chiqarishning ko‗pgina unsurlarini
tutashtirish lozim. Goho funksional xizmatlar o‗rtasidagi bu gorizontal
aloqalar juda cho‗zilib ketadi, ular bahs va nizolar bilan amalga
oshiriladi. Chiziqli struktura rahbari esa ko‗p sonli bo‗linmalar ishini
muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Chiziqli-funksional boshqaruv strukturasida asosiy boshqaruv
chiziqli boshqaruv hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlarida va
175
mustaqil uchastkalarni boshqarish faoliyatida chiziqli rahbarlar
ajratiladi. Ularga ishlab chiqarishi xo‗jalik faoliyatini yakkaboshchilik
boshqarish huquqi berilgan bo‗lib, u olingan natijalarga to‗liq javob
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |