O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Boshqaruv kadrlarining guruhlarga bo„linishi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

9.4. Boshqaruv kadrlarining guruhlarga bo„linishi 
 
Boshqaruv  kadrlariga  boshqaruv  funksiyalarini  amalga  oshiruvchi 
yoki  ularning  amalga  oshishiga  ko‗maklashuvchi  ishlovchilar,  ya‘ni 
boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi va boshqaruv apparatiga kiruvchi 
xodimlar kiradi. 
Menejer
  –  bu  maxsus  tayyorgarlik  ko‗rgan  boshqarishning  sir-
asrorlari  qonun-qoidalarini  chuqur  biluvchi  malakali  mutaxasisdir. 
Menejerlar  yollanma  boshqaruvchilar  bo‗lib,  aholining  alohida  ijtimoiy 
qatlamini tashkil etadi.  
Kompaniya  firma,  korxona,  bank,  moliya  muassasalarining  ijroiya 
hokimiyatga  ega  bo‗lgan  boshqaruvchi,  direktor,  rahbar,  mudir, 
ma‘muriy  boshqaruvchi  kabilarning  barchasi  ham  menejerlar  deb 
yuritiladi.  
Boshqaruv pog‗onasiga qarab menejerlar ham uch toifaga bo‗linadi.  

 
 Yuqori pog‗onadagi menejerlar.  

 
 O‗rta pog‗onadagi menejerlar.  

 
 Quyi pog‗onadagi menejerlar.  
Yuqori  pog‗onadagi  menejerlar  firma  istiqbolini  belgilash  uning 
kelajagi  uchun  ahamiyatli  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqish  bilan 
shug‗ullanadi.  Bir  so‗z  bilan  aytganda,  firma  andozasini  ishlab  chiqadi 
va uni amalga oshiradi.  


180 
 
O‗rta pog‗onadagi menejerlar firma faoliyatining ayrim tomonlarini, 
chunonchi,  ishlab  chiqarish,  tovarlarni  sotish,  narx  belgilash,  moliya 
faoliyati,  yangi  tovarlarni  o‗zlashtirish  texnologiyasini  qo‗llash, 
mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug‗ullanadi.  
Quyi pog‗onadagi menejerlar
 
quyi bo‗g‗inda, masalan, sex, bo‗lim, 
brigada  doirasida  ishni  tashkil  etish,  kunlik,  haftalik,  oylik  ish 
topshiriqlarining  bajarilishini  boshqarib  boradi.  To‗g‗ri,  korxonani 
boshqarish  mulk  egasining  vazifasi  deyishimiz  mumkin.  Ammo 
boshqarish  uchun  mulk  egasi  bo‗lish  shart  emas.  Shu  xususdan, 
orkestrni  boshqaruvchi  dirijyor  musiqa  asboblarining  egasi  bo‗lmasa 
ham o‗z ishini qilaverishini eslash o‗rinli. Boshqarish vazifasini korxona 
egasining  o‗zi  yoki  yollangan,  ammo  mulkdor  nomidan  ish  quruvchi 
menejer bajaradi. 
Iqtisodiy  aloqalar  murakkablashgan  sari  menejer  xizmatiga  talab 
oshadi,  o‗z  ishining  ustasi  farang  bo‗lgan  maxsus  ijtimoiy  toifa 
menejerlar  toifasi  paydo  bo‗ladiki,  uning  alohida  ijtimoiy  maqomi  bor. 
Ular  g‗oyat  murakkab,  o‗ta  mas‘uliyatli  ish  bilan  shug‗ullanishi, 
firmaning 
hayot-mamotiga 
javobgar 
bo‗lgani 
uchun 
yollanib 
ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladilar. 
Boshqaruv  kadrlarining  turli  tavsiflari  mavjud:  lavozim  buyrug‗i 
bo‗yicha,  boshqaruv  iyerarxiyasidagi  darajalar  (pog‗onalar)  bo‗yicha, 
maxsus  malakasi  bo‗yicha,  ishlab  chiqarish  sohalari  bo‗yicha  va  h.k. 
Lekin  bazaviy  tasnif  bo‗lib,  ishlovchilarning  qarorlar  qabul  qilish  va 
ularni  amalga  oshirish  jarayonidagi  tasnifi  hisoblanadi.  Bu  belgi 
bo‗yicha  boshqaruv  kadrlari  uch  katta  guruhga  bo‗linadi:  rahbarlar, 
mutaxassislar va yordamchi personal.  
Rahbarlar  -  jamoaga  boshchilik  qiluvchi,  butun  boshqaruv  apparati 
va uning alohida bo‗g‗inlari ishini yo‗naltiruvchi, qo‗yilgan vazifalar va 
maqsadlarga  erishish  bo‗yicha  jamoa  faoliyatini  tartibga  soluvchi  va 
nazorat  qiluvchi  xodimlar.  Rahbarlar  chiziqli  va  funksional  turlarga 


181 
 
bo‗linadi. Chiziqli rahbarlar - tashkilotning yoki uning alohida tashkiliy 
rasmiylashtirilgan qismi holati va rivojlanishi uchun mas‘ul, hamjihatlik 
asosida  harakat  qiluvchi  shaxslar.  Funksional  rahbarlarga  boshqaruv 
tizimida  ma‘lum  funksional  ish  qismi  uchun  mas‘ul  va  boshqaruvning 
aniq funksiyalarini amalga oshiruvchi bo‗linmalarga boshchilik qiluvchi 
shaxslar  kiradi.  Rahbarlar,  shuningdek,  boshqaruv  darajalari  bo‗yicha 
ham  tasniflanadi.  Masalan,  chiziqli  rahbarlar  quyi  (sexlar,  uchastkalar 
boshliqlari,  masterlar),  o‗rta  (korpuslar  boshliqlari,  korxonalar 
direktorlari,  uyushmalarning  bosh  mutaxassislari)  va  yuqori  (vazirlar, 
qo‗mitalar raislari) bo‗g‗inlar rahbarlari hisoblanadi. 
Mutaxassislar  -  maxsuslashtirilgan  xodimlar  bo‗lib,  ular  mavjud 
bo‗lgan  axborotlar  asosida  ishlab  chiqarish  va  boshqaruv  xarakteridagi 
masalalarini  hal  qilish  variantlarini  ishlab  chiqadilar.  Boshqaruv 
mutaxassislari boshqaruv funksiyalarini va ularning kasbiy tayyorgarligi
 
bilan  xarakterlanadi.  Bosh  mutaxassislar,  yetakchi  mutaxassislar,  turli 
kategoriya,  darajadagi  mutaxassislar  farqlanadi. Mutaxassislar  guruhiga 
muhandislar, iqtisodchilar, buxgalterlar, huquqshunoslar,  psixologlar  va 
boshqalar kiradi. 
Yordamchi-texnik  personal-rahbarlar  va  mutaxassislar  faoliyatiga 
xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar. Ularni qoida bo‗yicha, alohida boshqaruv 
operatsiyalariga  qarab  tasniflanadi.  Bunday  xodimlarga  kotiblar, 
mashinistlar, texniklar va boshqalar kiradi. Texnik xodimlar tor va aniq 
kasbiy  tayyorgarlikka  ega,  rahbarlar  va  boshqaruv  mutaxassislariga 
texnik  yordamni  ta‘minlash,  xususan,  boshqaruv  qarorlarini  qayta 
ishlash va amalga oshirish yordamida ta‘minlashga chaqirilgan. 
Boshqaruv  kadrlarini  bunday  tasniflash  har  bir  xodimga  aniq 
talablar  qo‗yish  va  bunday  xodimlarni  tanlash,  tayyorlash  va  ishlatish 
tizimini  tashkil  etishga  imkon  beradi.  Bevosita  menejerning  qo‗l  ostida 
bo‗lgan  odamlar  soni  boshqaruv  me‘yori  yoki  nazorat  sohasi  deyiladi. 
Agar  bevosita  menejerning  qo‗l  ostidagi  odamlar  soni  ko‗p  bo‗lsa,  u 


182 
 
yuqori  boshqaruv  me‘yoriga  ega  bo‗ladi,  bu  son  kichik  bo‗lsa, 
menejerning  boshqaruv  me‘yori  past  bo‗ladi.  Tabiiyki,  qo‗yilgan 
maqsadlarga  erishish  uchun  qancha  kam  menejer  talab  qilinsa,  ular 
shuncha yuqori boshqaruv me‘yoriga ega bo‗ladi.  
Boshqaruv  me‘yorining  shakllanishiga  qator  omillar  ta‘sir  etadi. 
Ular  orasida  boshqaruvchining  individual  psixologik  qobiliyat,  kasb 
darajasi va xodimlar madaniyati, ularni rag‗batlantirish turlari va kasbiy 
faoliyati kasb omillar mavjud. Odatda, yuqori malakali xodimlar kichik 
malakali  xodimlarga  nisbatan  kamroq  boshqaruvga  muhtoj.  Shuning 
uchun,  yuksak  malakali  tashkilot  menejeri  yuqori  boshqaruv  me‘yoriga 
ega bo‗lishi mumkin.  
Boshqaruv  me‘yori  tashkilotdagi  iyerarxik  darajalar  soni  bilan, 
ya‘ni uni vertikal tuzilmasi yuqori yoki tekisligi bilan aniqlanadi. Yuqori 
tuzilma  past  boshqaruv  me‘yori  va  ko‗p  iyerarxik  darajalarga  ega 
bo‗ladi,  pastdagisi  esa  yuqori  boshqaruv  me‘yori  va  kam  iyerarxik 
darajalariga ega bo‗ladi. Yuqori tuzilmalar ko‗p mablag‗ talab qiladi, ish 
muomalasi  va  qarorlar  qabul  qilishni  sekinlashtiradi,  majburiyat  va 
mas‘uliyat
 
aniqligini  qiyinlashtiradi.  Har  qanday  ijtimoiy  tashkilotda 
rasmiy  tuzilmalardan  tashqari  o‗zaro  munosabatlar  tizimi  mavjud.  Ular 
norasmiy  guruhlarda,  shaxslararo  darajada  xodimlar  o‗rtasida  paydo 
bo‗luvchi o‗zaro aloqalar tarmog‗idan iborat norasmiy tashkiliy tuzilma 
sifatida xarakterlanadi. Bu ijtimoiy loyihalashtirish, rasmiy va norasmiy 
tuzilmalarning  maqbul  variantini  yaratish  sohasining  mutaxassislari 
bo‗lgan ijtimoiy menejerlarning diqqat markazidagi obyektdir. 
Boshqaruv tuzilmasi shunday bo‗g‗inlarni o‗z ichiga oladi: umumiy 
boshqaruv tuzilmasi, aniq boshqaruv organlari tizimi, boshqaruv kadrlari 
va  boshqaruvning  texnik  vositalari.  Bazaviy  boshqaruv  tuzilmasi  - 
chiziqli  funksional  boshqaruv  kombinatsiyasi  asosida  shakllanadi. 
Boshqaruv  organlari  boshqaruvning  eng  asosiy  elementi  hisoblangan 
boshqaruv  kadrlaridan  shakllanadi.  Boshqaruv  tuzilmasining  keyingi 


183 
 
tarkibiy  qismi  -  boshqaruv  mehnati  samaradorligini  oshirishni 
ta‘minlovchi texnik boshqaruv vositalaridir. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish