9.2. Boshqaruv funksiyalari
―Funksiya‖ - lotincha so‗z bo‗lib, biror kimsa yoki narsaning ish,
faoliyat doirasi, vazifasi degan ma‘nolarni bildiradi.
―Vazifa‖ - amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo‗lgan masala,
erishilishi lozim bo‗lgan, ko‗zda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir
topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal.
―Funksiya‖ tushunchasi ―vazifa‖ tushunchasiga nisbatan tor
ma‘noga ega. Zero, funksiya faqat o‗z faoliyat doirasidagi vazifalarni
o‗z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona
muhandisining funksiyasiga kirmaydi, chunki u bevosita marketolog
164
faoliyati doirasidagi yumushdir. ―Vazifa‖ esa o‗z faoliyat doirasidan
tashqarida ham bo‗lishi mumkin. Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu
obyektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi
ishlar majmuasi tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi.
Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o‗rganish
boshqaruv jarayonini to‗g‗ri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqarishning asosiy funksiyalari:
Rejalashtirish – boshqarishning asosiy va dastlabki funksiyasidir.
Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi.
Tashkil qilish – bu funksiya boshqaruv obyekti doirasida barcha
boshqariluvchi
va
boshqaruvchi
jarayonlarning
uyushqoqligini
ta‘minlaydi. Shu nuqtayi nazardan tashkil qilish ichki va tashqi shart-
sharoitlarning o‗zgarib turishiga qarab, amaldagi tizim tarkibini
takomillashtirish yoki yangisini tuzishdir. Bu funksiya joriy va strategik
rejalarning ijrosini ta‘minlash bo‗yicha birinchi qadamdir.
Muvofiqlashtirish va tartibga solish – rejalashtirish, boshqarish-
ning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik
masalalarini hal qilib beradi. Bu funksiyaning asosiy vazifasi oqilona
aloqalar o‗rnatish yo‗li bilan boshqariladigan tizimning turli qismlari
o‗rtasida kelishib ish olib borishni ta‘minlashdir.
Nazorat – bu funksiyaning maqsadi ―tutib olish‖, ―aybini ochish‖,
―ilintirish‖ emas, balki boshqaruv obyektida sodir bo‗layotgan
jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va ma‘lum tartibda
shu obyekt faoliyatini o‗z vaqtida sozlab turishdir. Nazorat o‗rnatilgan
me‘yoriy hujjatlardan, rejalardan og‗ishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi
va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Boshqarish funksiyalari - ko‗p qirrali tushunchadir. Shu sababli
ularni muhim belgilar bo‗yicha turkumlarga ajratib o‗rganish zaruriyati
tug‗iladi.
165
Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, klassifikatsiyasi va mazmuni-
ni o‗rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun
o‗ta muhimdir, chunki yuqorida ta‘kidlaganimizdek, boshqaruv
mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo‗ladi.
G‗arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish
funksiyalarini turkumlashda, eng avvalo, uning quyidagi asosiy
(umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi:
rejalashtirish;
tashkil qilish;
tartibga solish va muvofiqlashtirish;
nazorat;
rag‗batlantirish (motivlashtirish).
Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo‗g‗inlarida va hamma
bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi.
Demak, boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni
tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom
ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda rag‗batlantirish barcha
funksiyalar jarayonida o‗z aksini topadi.
Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo‗lgan
umumiy xususiyatlarga ega bo‗lib, boshqaruv apparatining barcha
rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo‗ladi. Ularni,
shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funksiyalar
deyish mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo‗yiga (vertikal
tomondan), ham eniga (gorizontal tomondan) qamrab oladi.
Boshqaruv funksiyalari – faoliyatining alohida turlari bo‗lib,
jamiyatni boshqarish jarayonida odamlar munosabati va aloqalarini
maqsadga
muvofiq
ta‘sirini
amalga
oshirish
bosqichlari
va
yo‗nalishlarini ko‗rsatadi. Boshqaruv funksiyalari tarkibi boshqaruv
tizimining uning holatidagi har qanday o‗zgarishga samarali
munosabatini ta‘minlash zarur. Boshqaruv funksiyalarini quyidagi
belgilarni hisobga olgan holda ko‗rib chiqish zarur:
166
1) boshqaruv jarayonining xususiyatlari, ya‘ni menejmentga tegishli
belgilarning ajralishi;
2) ijtimoiy rivojlanish jarayoni. Boshqaruvning bu jarayoni aniq
elementlarga, ya‘ni jamiyatning hayot faoliyatiga yo‗naltirilgan.
Boshqaruvning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
1. Rejalashtirish.
2. Tashkil etish.
3. Tartibga solish.
4. Rag‗batlantirish.
Barcha sanab o‗tilgan asosiy funksiyalar birgalikda amal qiladi va
o‗zaro bir-biriga bog‗liq. Lekin ijtimoiy boshqaruvning bir pog‗onasidan
boshqasiga o‗tishda ularning roli va munosabatlari o‗zgaradi.
Boshqaruv tizimini mukammallashtirishning zarur sharti bo‗lib,
uning funksiyalari tahlili hisoblanadi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
ishlab chiqilgan mezonlar asosida boshqaruv obyektlari
tuzilmasini aniqlash;
ish va operatsiyalar turlari, boshqaruv funksiyalarining ajralishi;
boshqaruv tizimining funksional va chiziqli bo‗g‗inlari o‗rtasida
aniq mehnat taqsimoti;
lavozim instruksiyalari va tuzilma bo‗g‗inlari haqida holatlarning
mavjudligi;
menejmentning barcha asosiy funksiyalari asosida boshqaruv
faoliyati bilan solishtirish yo‗llarining asoslanishi.
Tuzilma kategoriyasi qurish va tizimning ichki shaklini aks ettiradi.
Elementlari hamkorligini ta‘minlovchi o‗zaro aloqalar o‗rnatilgan,
ma‘lum
maqsadlarga
erishishga
yo‗naltirilgan
tizim
tashkiliy
hisoblanadi. Ma‘lum maqsadga erishish uchun amal qiluvchi turli
elementlar, bo‗g‗inlar va boshqaruv pog‗onalari tarkibini aks ettiruvchi
tuzilma tashkiliy deyiladi.
Boshqaruv funksiyalari va tuzilmasi - boshqaruv tizimini tashkil
etishning ikki o‗zaro bog‗liq tomonlaridir. Ular boshqaruv jarayoni
167
mazmuni va shakli sifatida namoyon bo‗ladi. Boshqaruvning tashkiliy
tuzilmasi va uning rivojlanishi mavjudligi butun tashkil etishning asosi
hisoblanadi. Tashkiliy tuzilmaning shakllanish jarayoni, birinchi
navbatda, boshqaruv apparatining u yoki bu bo‗linmalari tashkiliy
mustahkamligini nazarda tutadi. Bunda boshqaruv funksiyalari
boshqaruv organlari vazifalarini aniqlaydi.
Boshqaruv bo‗g‗ini qat‘iy boshqaruv funksiyalari bo‗lgan
alohidalashgan yacheykadan iborat. Boshqaruv pog‗onasi – boshqaruv-
ning ma‘lum iyerarxik darajasidagi boshqaruv bo‗g‗inlari yig‗indisidir.
Boshqaruv tuzilmasida boshqaruvchi tizim oydinlashadi, har bir bo‗g‗in,
har bir pog‗ona roli aniqlanadi, boshqaruv jarayonidagi aloqalar
ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |