3.2. Yaponiyada boshqaruv tizimining shakllanishi
Bugungi
kunda
barchamiz
uchun
dunyoning
rivojlangan
mamlakatlarida boshqaruvning tashkil etilishi masalalari juda katta
qiziqish uyg‗otishi tabiiy bir hol. Chunki jahon bozorida raqobatbardosh
va innovatsion ahamiyatga ega bo‗lgan sifatli mahsulot va xizmatlarni
yaratishda rivojlangan mamlakatlar va ulardagi kompaniyalarning
hissasi kattadir. Bunday mahsulot va xizmatlarning yaratilishi, ularning
keng iste‘molchilar doirasiga kirib borishi, shuningdek, o‗zining tezkor
va sifatli qarorlari bilan nafaqat xodimlari, balki mijozlari orasida ham
yetakchi mavqe egallab borayotgan xalqaro va global kompaniyalarning
rivojlanib borishiga eng muhim va bebaho hisoblangan inson
kapitalining ishtiroki bilan erishilmoqda.
Yaponiya menejmenti ham, boshqa har qanday mamlakatdagi kabi
o‗zining tarixiy xususiyatlari, madaniyati, jamiyat psixologiyasi va
boshqa ko‗plab o‗ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi. U boshqa
menejment modellari singari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi
bilan bevosita bog‗liq. Shuni ta‘kidlash joizki, boshqaruvning yaponcha
usullari yevropacha va amerikacha usullardan ancha farqlanadi. Bunda
yaponlar amerikaliklar va g‗arbiy yevropaliklarga qaraganda, ancha
samarali boshqaruv modeliga ega degan fikrdan imkon qadar uzoqqa
turishi kerak. Yana ham aniqroq aytadigan bo‗lsak, yapon menejmenti
bilan Amerika va Yevropa menejmenti modellari o‗rtasidagi asosiy
farqning kuzatilishiga ularning madaniyat, tarix va ma‘naviyat
masalalariga o‗ziga xos yondashuvlarga ega ekanliklarining natijasi
sifatida qarash mumkin.
49
Jamoaviylik
ruhini
qo‗llab-quvvatlashga
asoslangan
yapon
menejmenti shaxsga ta‘sir etishning deyarli barcha axloqiy-ruhiy
dastaklaridan foydalanadi. Masalan, biror-bir shaxsning o‗zi faoliyat
ko‗rsatayotgan jamoa oldidagi qarzdorlik tuyg‗usi yapon mentalitetida
deyarli uyat (sharm-hayo) tuyg‗usiga aynan o‗xshash tushuncha sifatida
qabul qilinadi. Yaponiya soliq tizimining progressiv-fiskal mexanizmi
yaponlarning boylik orttirish nuqtayi nazaridan tabaqalanishini minimal
darajaga kelishini ta‘minlash bilan birga, jamoaviylik tuyg‗usidan
maksimal darajada foydalanish imkoniyatini ham yuzaga keltiradi.
Yaponiyada boshqaruv tizimi shakllanishining
asosiy maqsadi ham
inson kapitalidan samarali foydalanish, ya‘ni zamonaviy boshqaruv tili
bilan aytganda, inson resurslarini motivatsiya qilish orqali kompaniya
oldiga qo‗yilgan strategik maqsadlarga erishishni ta‘minlashdir. Buning
uchun inson resurslari menejmenti kompaniyaga xodimlarni tanlab olish
jarayonidan boshlab, ularni karyera tizimi bo‗yicha rag‗batlantirish
jarayonigacha bo‗lgan barcha muhim bosqichlardagi menejment
vositalarini safarbar etadi.
Yaponiya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri bo‗lish
bilan birga butun dunyoda mashhur yapon menejment modelining
tashabbuskori sifatida ham tanilgandir. Barchada yapon menejmenti
modeli qiziqish uyg‗otish bilan birga, uning boshqaruv tizimining
shakllanishiga oid yondashuvlari yanada ko‗proq qiziqish uyg‗otishi
tabiiy. Chunki ushbu mamlakat kompaniyalarida mehnat qilayotgan
xodimlarning o‗z ish vazifalari va burchlariga yuqori darajada
mas‘uliyat bilan yondashishlari, yuklatilgan topshiriqni o‗z vaqtida va
sifat
bilan
bajarishga
maksimal
darajada
intilishlari,
yapon
menejmentida amal qilayotgan mashhur kayzen strategiyasining
samarali amalga oshirilishida o‗zlarining munosib hissalarini qo‗shishga
intilishlari, eng asosiysi ish jarayonida ish etikasiga yuqori darajada
rioya qilishlari va adolatlilik tamoyilini o‗zlari uchun muhim deb
50
bilishlari kabi xususiyatlari, chindan ham ushbu mamlakatdagi inson
resurslari boshqarish tajribasiga bo‗lgan qiziqishni oshiradi.
Bugungi kunda zamonaviy menejmentning juda ko‗plab modellari
mavjud bo‗lib, bular orasidan yapon va amerika menejmenti modellari
dunyo miqyosida keng tan olingan yondashuvlar hisoblanadi. Shuni
alohida ta‘kidlash joizki, XX asrning 30-yillaridan boshlab, ushbu
mamlakatlarning kompaniyalari boshqaruvchilari o‗rtasida o‗zaro tajriba
ayirboshlash jarayoni amal qilib, bu jarayon hozirga qadar davom etib
kelmoqda. Garchi XX asrning 30-60-yillarida Amerika menejment
modeli yapon menejmenti uchun namuna bo‗lib kelgan bo‗lsa, 70-
yillaridan tortib 90-yillarining oxirigacha buning aksi bo‗lib keldi.
Hozirgi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya tarmoqlari va
innovatsion xizmatlarning keng miqyosda tarqalayotganligi ikkala
modelning o‗zaro yaqinlashuviga sabab bo‗lmoqda. Lekin bunday
yaqinlashuv kompleks tarzda va jadal sur‘atlarda bo‗lmayotganligining
asosiy sababi barchamizni qiziqtirishi tabiiy.
Xo‗sh, boshqaruvning yaponcha usuli Yevropa va Amerikaning
ko‗pchilik mamlakatlarida foydalaniladigan menejment usullaridan
nimasi bilan farq qiladi? Birinchi navbatda, o‗zining yo‗naltirilganligi
bilan: Yaponiyada boshqaruvning asosiy predmeti mehnat resurslari
hisoblanadi. Yapon boshqaruvchisining o‗z oldiga qo‗yadigan maqsadi,
asosan, ishchi-xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish hisobiga
korxona samaradorligini oshirishga erishishdir. Yevropa va Amerika
menejmentida esa asosiy maqsad, bundan farqli o‗laroq, daromadni
maksimallashtirishga, ya‘ni eng kam kuch sarflab, eng ko‗p foyda
olishga qaratiladi.
Menejment bo‗yicha yapon mutaxassisi Xidoki Yosihara fikricha
Yaponiya menejmenti modeli quyidagi o‗ziga xos xususiyatlar bilan
xarakterlanadi:
1) Bandlikning kafolatchanligi va ishonchlilik holatini yaratish. Bu
kafolatlar mehnat resurslarining barqarorligiga olib keladi. Barqarorlik
51
boshqaruvchilar va ishchi xodimlar o‗rtasidagi muvozanatni yaxshilaydi.
Yaponlar fikricha, bu narsa kompaniya faoliyatini yaxshilashga xizmat
qiladi. Bandlik kafolati Yaponiyada umrbod ishlash sistemasini
ta‘minlaydi.
2) Birdamlik va oqibatlilik. Agar hamma boshqaruvchilar va ishchi-
xodimlar korxona ma‘lumotlaridan foydalansa, uning maqsadini aniq
bilsa, u holda korxonada birdamlik va ishlab chiqarish samaradorligi
yuqorilashadi. Shuning uchun ham yapon kompaniyalarida har bir
ishchi-xodimga korxonaning aniq maqsadi tushuntiriladi va ularga
ma‘muriyat tomonidan har xil yordam ko‗rsatiladi.
3) Axborotga asoslangan boshqaruv. Axborotlarni jamlash va ularni
sistematik tarzda ishlab chiqarishga joriy qilish, ish jarayonini, ishlab
chiqarish samaradorligini oshiradi. Mustaqillik tufayli O‗zbekiston
tarixida yangi davr boshlandi. Shuning uchun ham yoshlarimizning
ma‘lumot va kasb-kor tayyorgarlik darajasi XXI asrga mos ravishda
zamon bilan hamnafas bo‗lishlari kerak. Bunda boshqaruv sistemasi,
ayniqsa, yangi kirib kelayotgan fanlar-menejment, marketing, strategik
menejment, innovatsion menejment va shu kabi boshqa fanlarni chuqur
o‗rganishlari kerak. Masalan, rivojlangan mamlakatlarning boshqaruv
sistemasini olsak, xorij kompaniyalarida boshqaruvchilar tomonidan har
oy oxirida foyda va zararlar, ishlab chiqarish hajmi, sifati va boshqalar
hisoblanadi va ko‗rib chiqiladi, yomon natijalar aniqlansa, darhol chora
ko‗riladi.
4) Sifatga mo‗ljallangan boshqaruv. Kompaniya prezidentlari va
yetakchilari,
ko‗pincha,
sifat
nazorati
haqida
gapirishadi.
Boshqaruvchining mag‗rurligi uning sifat nazoratini qay tarzda amalga
oshirilgani bilan bog‗liq. Shuning uchun ham yapon boshqaruvchilari
sifatni nazorat qilishga katta e‘tibor qaratishadi. Shuni ta‘kidlash
kerakki, ushbu xususiyat yapon menejmentining eng muhim xususiyati
bo‗lib, aynan shu xususiyatning amaldagi ifodasini yapon
52
mahsulotlarining dunyo miqyosida eng sifatli mahsulotlar sifatida nom
qozonganligida ko‗rishimiz mumkin. Mahsulot sifatini yaxshilishda
zarur va muhim omillardan biri, sifat to‗garaklari faoliyatidir. Sifat
to‗garaklari ishchilar, muhandislar va xizmatchilardan tashkil topgan
ixtiyoriy jamoa yig‗ilmalaridir. Ularning soni va tarkibi ishlab
chiqarishning ehtiyojidan va aniq ish sharoitlaridan kelib chiqadi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |