O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

 
 
3-BOB. IJTIMOIY MENEJMENT - XX ASR OXIRI XXI ASR 
BOSHI BOSHQARUV MADANIYATINING KO„RINISHI 
 
3.1. Zamonaviy boshqaruv madaniyati. 
3.2. Yaponiyada boshqaruv tizimining shakllanishi. 
3.3. Tashkil etish madaniyati konsepsiyasi. 
 
3.1. Zamonaviy boshqaruv madaniyati 
 
Jamiyatni  boshqarish  zamonaviy  muammolari  yechimida  madaniy 
omilning roli ortmoqda. Bu qator holatlar bilan izohlanadi. 
Birinchidan,  jamiyat  hayotining  ijtimoiy  nazoratchilari  axborot 
inqilobi  talablari  (iqtisodiy,  huquqiy,  siyosiy)  bilan  birga  tobora  katta 
ahamiyat kasb etmoqda. 
Ikkinchidan,  ular  jamiyatdagi  o‗zaro  bog‗liq  kuchlarning  yig‗indisi 
sifatida  kengayib,  tizim  ko‗rinishiga  kelmoqda  va  o‗z  ta‘sir  maydonini 
kengaytirib, jamiyatning har bir elementi faoliyatiga kirib kelmoqda. 
Uchinchidan,  yalpi  jamiyat  mahsulotidagi  aqliy  mulk  hissasi  ortib 
bormoqda  va  rivojlangan  davlatlarda  50%  gacha  yetdi.  Bu  jamiyatni 
uning  asosiy  resurslari  –  inson  va  aqldan  oqilona  foydalanishdagi 
mas‘uliyat va mohiyatni oshiradi.  
Boshqarish  madaniyatining  belgilangan  bir  qancha  madaniyat 
qismlari  mavjud.  Madaniyatning  asosiy  elementlari  odam  bilimi, 
hissiyotlari,  kayfiyati,  boshqaruv,  falsafiy  va  iqtisodiy  konsepsiyalari, 
fikrlash  jarayonlari  hisoblanadi.  Biroq  belgilangan  madaniyatning 
manbalari  bo‗lgan  boshqaruv  mahorati,  turmush  sharoiti,  urf-odatlar, 
tantanalar,  jamiyat  munosabatlari  va  boshqalarsiz,  umumiy    ishlab 
chiqarish, takror  ishlab chiqarish va moddiy-ma‘naviy ne‘mati iste‘moli 
bo‗lmaydi. 


46 
 
Madaniyatning  asosiy  masalasi  -  inson  o‗zini  takror    ishlab 
chiqarish,  uning  bilimi,  yangiliklari,  moddiy  va  ma‘naviy  ne‘matlarini 
hal qilish hisoblanadi. 
Yuqorida  aytilganlarni  hisobga  olib,  boshqaruv  madaniyati 
elementlarini umumiy madaniyatning bir qismi sifatida ajratib ko‗rsatish 
mumkin: 

 
boshqaruv  bilimlari  (menejment  va  boshqaruv  nazariyalari)  - 
kayfiyat, ong muvofiqligi; 

 
jamiyat 
munosabatlari 
namuna, 
me‘yorlar 
va 
bilimlar 
mujassamlashtirgan  tashkiliy  boshqaruvchanlik  inson  madaniyati 
elementlaridir; 

 
boshqaruv faoliyati, haqiqiy ijodiy xarakterga ega bo‗lib, ijtimoiy 
rivojlanish  mahsuli  va  ijtimoiy  mehnat  jarayonining  obyektiv  zaruriy 
unsuridir. 
Xususan,  boshqaruv  madaniyatini  boshqaruv  faoliyatining  ma‘lum 
bosqichidagi boshqaruv  bilimlari,  hissiyotlari,  ne‘matlari,  boshqaruv  va 
tashkiliy  munosabatlar  yig‗indisi  sifatida  tushunish  mumkin.  Uning 
shakllanish mexanizmi quyidagicha bo‗lish mumkin:  

 
bilimlar,  boshqaruv  konsepsiyalari,  loyihalari,  dasturlarining 
shakllanishi; 

 
boshqaruv munosabatlarining rivojlanishi; 

 
boshqaruv sohasida ijodiy faoliyatni rag‗batlantirish; 

 
jamiyatda  jamoat  institutlari,  davlat,  qonunlarga  hurmatning 
tasdiqlanishi; 

 
boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.  
Boshqaruv  madaniyatida  oqilona  boshlash,  bilim,  zamonaviy 
konsepsiyalar,  ilmtalab  texnologiyalar  muhim  ahamiyatga  ega. 
Boshqaruv  asosining  zamonaviy  bilimlarisiz  jamiyatni  shakllantirib 
bo‗lmaydi. «Menejment» ingilizcha so‗z bo‗lib, lotincha so‗z «manus» –
qo‗l  o‗zagi  ma‘nosini  anglatadi.  Dastavval,  u  hayvonlarni  boshqarish 


47 
 
sohasiga  tegishli  bo‗lgan  va  otlarni  boshqarish  san‘atini  anglatgan. 
Keyinchalik  bu  so‗z  inson  faoliyati  sohasini  anglatib,  odam  va 
tashkilotlarni  boshqarish  amaliyoti  va  ilmini  ifodalay  boshladi. 
Boshqaruv  -  bu  yakuniy  natijani  olishga  qaratilgan  xatti-harakatlar, 
usullar yordamida tashkilot, jamiyat maqsadlariga erishish. 
XXI  asrda  dunyo  global  xarakterdagi  muammolar  oldida  turibdi. 
Lekin  ularning  keskinlashuvi  sodir  bo‗lmaguncha,  yechish  usullari 
eskiligicha  qoladi.  Buning  negizi  -  madaniyatning,  shuningdek,  inson 
madaniyatining  bir  qismi  bo‗lgan  boshqaruv  madaniyatining  ortda 
qolishidadir. Dunyo yangi milliy madaniyatlarning xilma-xilligi davriga 
qadam  qo‗ydi.  Madaniyatlarning  ko‗pligi  -  bu  konfrontatsiyaning 
ko‗payishi  uchun  asos  emas,  balki  tolerantlik  -  o‗zaro  chidam, 
odamlarning  o‗zaro  bir-birini  tushunishi  uchun  sharoit.  Lekin  bu 
hozircha  sodir  bo‗lmayapti.  O‗zini  o‗tab  bo‗lgan  «an‘anaviy»  va 
«kuchli» madaniyatlar na‘munalari dunyoga, uning alohida
 
regionlariga 
kuch  usulida  keskinlik  kiritib,  sayyoradagi  ijtimoiy  keskinlik  holatini 
kuchaytirmoqda. Insoniyat tirik qolishi uchun mehnat faoliyatini,  ishlab 
chiqarish  munosabatlarini  tashkil  etishda  qator  progressiv  o‗zgarishlar 
kiritishi  lozim.  Lekin  bugun  sivilizatsiyani  bunday  zamonaviylashtirish 
faqatgina madaniyatlar, bilimlar, ne‘matlar, haqiqatni anglash usullarini 
tezda  almashtirish  sharoitidagina  mumkin.  Jamiyatni  zamonaviy-
lashtirish  muhim,  lekin  madaniy  yangilanish  undan  oldin  bo‗lishi  va 
doimo  uni  ta‘minlashi,  sur‘at  va  muddatlarini  aniqlashi  lozim.  Jamiyat 
madaniyati  «parametrlarini»,  uning  alohida  regionlari,  mehnat 
assotsiatsiyalarini  o‗zgartiribgina  qolmay,  uni  sifatli  rivojlanish 
bosqichiga olib chiqishi mumkin. 
Bir  tomondan,  madaniyat  butun  jamiyat  tuzilmasi,  jamiyat 
munosabatlaridan tezroq  o‗zgaradi. Bunga  madaniyat,  fan,  ta‘lim,  aqliy 
mulkka istiqbolli qo‗yilmalar ko‗maklashadi. 
 


48 
 
Boshqa  tomondan,  insonni  boshqa  madaniy  muhitga  tez  ko‗chirib 
bo‗lmaydi.  Bu  xalqaro huquq  va insonning  oliy  ne‘mat  sifatida himoya 
qilish maqsadiga ega bo‗lgan odillik va etika me‘yorlarining buzilishiga 
olib keladi. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish