O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

 
Nazorat savollari 
 
1. Tashkilot nima, tashkiliy munosabatlar deganda nimani 
tushunasiz? 
2. Tashkilotning nechta turi bor? 
3. Rasmiy va norasmiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz? 
4. Tashkiliy munosabatlarga ta‘sir etuvchi omillarga nimalar kiradi? 
5.  Rossiyalik  sotsiolog  A.I.Prigojinning,  amerikalik  sotsiolog 
A.Etsionning, nemis sotsiologi M.Veberning tashkiliy munosabatlarning 
kechishi yuzasidan bildirgan fikrlari qanday? 


197 
 
 
 
11-BOB. IJTIMOIY RESURSLAR, ULARNI AMALGA 
OSHIRISH YO„LLARI 
 
11.1. Ijtimoiy resurs tushunchasi. 
11.2. Ijtimoiy resurslarning xususiyatlari. 
11.3. Motivatsion resurslarni aktivlashtirish. 
 
11.1. Ijtimoiy resurs tushunchasi 
 
Insoniyat tabiat qo‗ynida paydo bo‗ldi, ulg‗aydi, hozirgi intellektual 
yetuklik  (sivilizatsiya)  darajasiga  yetdi.  U  ana  shu  evolyutsion 
rivojlanishi  davomida  tabiatdan  asosiy  yashash  vositalarini  oldi,  uni 
chuqur  o‗zlashtirishga  erishdi  va,  o‗z  navbatida,  unga  o‗z  ta‘sirini 
o‗tkazib  keldi.  Boshqacha  aytganda,  o‗tgan  uzoq  tarixiy  davrlar 
davomida  insoniyatning  tabiatga,  tabiatning  esa  inson  hayotiga  o‗zaro 
ta‘siri  uzluksiz  kuchayib  bordi.  Binobarin,  taraqqiyot  jarayonining 
barcha  davrlarida  insoniyat  tarixini  uning  tabiat  bilan  o‗zaro  aloqalari 
tarixi  ham  deb  hisoblash  mumkin.  Ana  shu  uzluksiz,  tobora  kuchayib 
borgan  o‗zaro  aloqalar  jarayoni  jamiyat  va  tabiatning  hozirgi  holatiga 
olib keldi. 
XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlangan  hozirgi  fan-texnika 
inqilobi  davrida  jamiyat  va  tabiat  o‗rtasidagi  o‗zaro  munosabatlar 
faolligi  o‗zining  eng  yuqori  darajasiga  yetdi.  Bu  bosqichda  «Jamiyat  – 
tabiat»ning  o‗zaro  munosabatlarida  jamiyatning  faolligi  yaqqol 
namoyon  bo‗lmoqda.  Bu  davrga  kelib  inson  tomonidan  yer  yuzasi 
tabiatini  keng  miqyosda  o‗zlashtirishga  erishildi.  Ayniqsa,  FTI  davrida 
turli tabiiy resurslardan foydalanish sur‘atlarining tinimsiz ortib borishi, 
tabiatga murakkab tarkibli, ko‗p hollarda, har taraflama zaharli sanoat va 
boshqa  turdagi  chiqindilarning  tinimsiz  chiqarib  tashlanishi  tobora 


198 
 
«Jamiyat  –  tabiat»  o‗rtasidagi  o‗zaro  munosabatlardagi  muvozanatning 
buzila  borishiga  sabab  bo‗lmoqda.  Bu  holat  insoniyat  o‗z  oykumena 
(eykumena),  (grekcha 
oikeo  – 
yashayman,  joylashaman,  ya‘ni  yer 
yuzasining  aholi  yashaydigan,  aholi  istiqomat  qiladigan  qismi) 
chegaralarini tinimsiz kengaytirib bordi. Moskvalik geograf olimlarning 
hisob-kitoblariga  ko‗ra,  hozirgi  vaqtda  inson  tomonidan  o‗zlashtirilgan 
antropogen  landshaftlar  dunyo  quruqligining  60  foizidan  ortiqroq 
maydonini  egallaydi.  Ayniqsa,  quruqlikning  20  foiz  qismida  tabiiy 
landshaftlar  tubdan  o‗zgartirilgan:  ular  shahar  va  qishloqlar,  industrial  
ishlab chiqarish obyektlari, ekinzor va bog‗lar, yo‗llar va suv omborlari, 
qo‗lda ekilgan o‗rmonlar va istirohat joylaridir. 
Demak,  inson  o‗z  hayoti  sharoitini  takomillashtirish  va  ko‗lamini 
kengaytirishi 
yo‗lida 
planetamizning 
mintaqalarida 
tabiat 
imkoniyatlaridan  tobora  ko‗proq  foydalanishga  harakat  qildi  hamda 
shunga erishdi, o‗ziga xos yashash muhitini yaratdi. Fanda bu geografik 
muhit  deb  ataladi.  Shunday  qilib,  jamiyat  o‗z  ijtimoiy  faoliyati 
davomida  tabiatdan  ko‗proq  resurslarni  oladigan  va,  ayni  vaqtda, 
tabiatga  tobora  ko‗proq  turli  xil  chiqindilarni  chiqarib  tashlaydigan 
bo‗lib  qoldi.  O‗z  navbatida,  bu  jarayon  insoniyat  oldiga  bir-biri  bilan 
bog‗liq  bo‗lgan:  tabiiy  resurslardan  oqilona  va  samarali  foydalanish  va 
atrof-muhitni 
ifloslanishdan 
muhofaza 
qilishdek 
juda 
dolzarb 
muammolarni qo‗yadi.  
Insoniyat  o‗z  hayoti  va  ijtimoiy  faoliyati  davomida  turli  xil  tabiiy 
resurslar (boyliklar)dan foydalanadi. 
«Resurs» tushunchasi 2 xil ma‘noga ega: kerak paytda ishlatiladigan 
zaxiralar  va  vositalar;  ma‘lum
 
bir  vositaning  chegaralangan 
imkoniyatlari (masalan, 1sutkada 24 soat zaxira mavjud).  
«Resurs»  so‗zi  «zaxira»  so‗zi  bilan  yaqin  ma‘noga  ega  bo‗lib, 
ko‗pchilik  hollarda  sinonim  sifatida  ishlatiladi.  «Zaxira»  so‗zi  lotincha 
«reserve»dan  olingan  bo‗lib,  «saqlash»  degan  ma‘noni  bildiradi.  Bu 


199 
 
tushunchalarga  yaqin  bo‗lgan  tushunchalardan  yana  biri  «potensial», 
ya‘ni  lotincha  «potentia»  -  kuch  degan  ma‘noni  bildiruvchi  so‗zdir.  Bu 
tushuncha qo‗llanilishi mumkin bo‗lgan barcha imkoniyatlar yig‗indisini 
bildiradi. 
Tabiiy  resurs
 
deb  inson  hayoti  va  faoliyati  davomida  bevosita 
foydalaniladigan barcha turdagi tabiiy ne‘matlarga aytiladi. 
Yer  shari  juda  ko‗p  va  xilma-xil  tabiiy  resurslarga  ega.  Ular  yer 
yuzasi bo‗ylab ancha notekis joylashgan. Shu sababli, alohida hududlar, 
mamlakatlar,  materiklar  tabiiy  resurslar  bilan  turlicha  ta‘minlangan, 
ularning  turlari  va  miqdoriy  ko‗rsatkichlari  har  xil.  Bu  holat,  o‗z 
navbatida,  resurslar  bilan  ta‘minlanganlik  tushunchasini  keltirib 
chiqaradi.  Tabiiy  resurslar  bilan  ta‘minlanganlik  deganda,  tabiiy 
resurslarning umumiy  ko‗lami  ko‗rsatkichlari bilan  ulardan  foydalanish 
miqdori  o‗rtasidagi  nisbat  tushuniladi.  U  tabiiy  resursning  necha 
yillargacha yetishi yoki resurs zaxirasining aholi jon boshiga qanchadan 
to‗g‗ri  kelishi  ko‗rsatkichlari  bilan  ifodalanadi.  Ko‗pchilik  tabiiy 
resurslar,  eng  avvalo,  turli  moddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  uchun 
qimmatli xomashyo hisoblanadi. Shu sababli, sanoat xomashyolari bilan 
ta‘minlanish  muammosi  ko‗pchilik  mamlakatlar  oldida  dolzarb  bo‗lib 
turadi. 
Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjuddir. Ular 
quyosh  nuri,  shamol,  dengiz  va  okeanlar,  yerning  ichki  (geotermal) 
energiyasidir.  

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish