O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

Ehtiyojlar ro„yxati 
 
 
Shaxs uchun 
¹ 
Jamiyat uchun 

Asosiy ehtiyojlar: 
• oziq-ovqat, kiyim-kechak va 
uy-joy 
• dam olish va sog‗liq 
1.  Asosiy ehtiyojlar: 
• mehnat  
• xavfsizlik 
• qo‗shimcha mahsulot 
• boshqarish 

Sotsial ehtiyojlar: 
• ijodiy mehnat 
• oila va muhabbat 
• bilim va axborot 
• toat-ibodatga, jasorat 
• zurriyotni davom ettirish 
• tartib va barqarorlik 
• bo‗sh vaqt va dam olish 
• o‗zlikni anglash 
2.  Sotsial ehtiyojlar: 
• barqarorlik 
• ishonch 
• mustaqil taraqqiyot 

Rag‗bat va talablar: 
• moddiy 
• sotsial 
• estetik 
3.  Rag‗bat va talablar: 
• zamonaviy  ishlab chiqarish 
• ma‘naviy-ma‘rifiy taraqqiyot 
• rahm-shafqat 
 
Ishlab  chiqarish  va  jamiyatning  butun  intellektual  imkoniyatlari 


208 
 
o‗rtasidagi  bog‗liqlikning  yo‗qligi  o‗tish  davrining  eng  katta 
muammolaridan  biridir.  Bu  holat  esa  jamiyatni  zamonaviy  bozordan 
uzoqlashtirmoqda.  Ishlab  chiqarish  vositalarini  jamoa  va  aralash 
mulkchilik  tasarrufiga
 
o‗tkazish  iqtisodiyotni  jadal  rivojlantirish 
imkoniyatini  beradi.  Bu,  o‗z  navbatida,  «yashirin»  iqtisod  uchun  katta 
to‗siq bo‗ladi. 
Bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  sharoitida  korxonalarning  samarali 
faoliyatiga  soliq  tizimining  mukammal  emasligi  ham  sabab bo‗lmoqda. 
Juda ko‗p holatlarda qarorlar jamiyatga foyda keltirish nuqtayi nazaridan 
qabul  qilinmaydi.  Ko‗pgina  tadbirkor  rahbarlar  qonunda  belgilangan 
xususiy, jamoa, aralash mulkka asoslangan imtiyozlardan o‗z maqomini 
har 2-3 yilda almashtirish orqali uzoq muddat foydalanmoqda. 
Ishlab  chiqarish  rivoji  uchun  huquqiy  asoslar  bo‗lishi  kerak. 
Qonunchilikdagi  ma‘lum  bir  kamchiliklar  sababli  davlat  mulkiga 
asoslangan  korxonalar  boshqalarga  nisbatan  murakkab  ahvolga  tushib 
qoldi.  Odamlarning  ko‗pchiligi  rivojlanish  uchun  boshqarishning 
ma‘muriy-buyruqbozlik  usulidan  foydalanishni  taklif  etishadi.  Lekin 
ma‘muriy-buyruqbozlik  usuli  tartib-intizomni  kuchaytirgani  bilan  unda 
iqtisodiy manfaatdorlik yo‗q. 
Mamlakatning sanoat ishlab chiqarish sohasi boshqaruv subyektlari 
tomonidan  iqtisodiy  nochor  ahvolga  keltirilgan.  Iqtisodiy  rivojlanish 
uchun ijtimoiy boshqaruvning nazariy va amaliy asoslarini tiklash zarur. 
Bu masalani yechishning yagona yo‗li, g‗arbda keng qo‗llaniladigan 
innovatsion  ijtimoiy  texnologiyalarni  qo‗llash.  Masalan:  «Natija 
bo‗yicha»  universal  texnologiya  odamlarning  turmush  darajasini 
yaxshilash  va  ijtimoiy  tizimlarni  tashkillashtirish  darajasini  yuksaltirish 
orqali xalqni intellektual va jismoniy rivojlantirishni  o‗z oldiga maqsad 
qilib qo‗ygan. 
Bu  nazariyaning  asosiy  prinsiplari  va  texnologik  ta‘minoti  Rossiya 
sanoat  sotsiologlari  tomonidan  ishlab  chiqilgan,  lekin  amalda  tatbiq 


209 
 
qilinmagan.  Bu  nazariyaning  asosiy  maqsadlari  uning  asosiy 
resurslaridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi: ishchilarning 
ijodiy potensiali, rahbarga bo‗lgan talablar, har bir a‘zoning natija uchun 
kurashishi, erkin tanlash jarayonida ijodiy imkoniyatlarni qo‗llash. Ishga 
bo‗lgan  ijodiy  stimul  yaratish  bu  jamiyatga  qilingan  xayriya  yoki 
«modda»  emas,  balki  ijtimoiy  faktorning  mehnatga  ta‘sir  darajasining 
ortib  borishi  bilan  bog‗liq  qadamdir.  Bu  sohadagi  qoloqlik  davlatning 
dunyo  bozoridagi  o‗rnida  juda  tez  o‗z  aksini  topadi.  Bu  holat 
mamlakatning  jahon  bozorida  o‗z  mavqeyini  yo‗qotish,  informatsiyali 
va texnik tobeligini oshirishga olib kelishi mumkin.  
Bugungi  kunda  jamiyat  tez  rivojlanishi  uchun  mulkka  odamlarni 
birgalikda  egalik  qilishini ta‘minlash  orqali,  ularning  mehnatga bo‗lgan 
munosabatini o‗zgartirish va tovarlar sifatini oshirish kerak. Bu esa, o‗z 
navbatida, yangiliklarni tezroq joriy etilish imkonini beradi. 
Mamlakatni  rivojlantirishning  yangi  texnologiyasi  jahon  va 
mahalliy  tajribaga  asoslangan  holda  yaratilgan.  Bu  texnologiyaning 
asosiy  prinsipi  mehnat  jamoalarining  mustaqilligini  ta‘minlash  orqali, 
ularni  ishlab  chiqarish  vositalarining  haqiqiy  egalariga  aylantirish. 
Mehnat jamoalarining mustaqilligi huquqiy ta‘minlangan bo‗lishi kerak.  
Ishlab chiqarishni xususiylashtirish, tabiiy ravishda, mahalliy o‗z-o‗zini 
boshqarish  tizimiga  ham  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Hududiy  korporativ 
mulkchilikni shakllantirish mahalliy  o‗z-o‗zini boshqarish organlarining 
moddiy-texnik  bazasini  yaratadi,  ya‘ni  xalqning  o‗zi  turli  yig‗in, 
referendumlarda qaysi boshqaruv organi, qanday masalalarni hal etishini 
belgilaydi. Aynan shu omil asosida, mahalliy moliyaviy struktura tashkil 
topadi,  ya‘ni  moliyaviy  zaxiralar  cheteldagi  banklarga  emas,  balki 
raqobatbardosh  tovarlarni  ishlab  chiqarishni  moliyalashtirishga  jalb 
etiladi.  Yuqorida  keltirilgan  barcha  iqtisodiy  choralar  jamiyatda  ishchi, 
mulkdor,  tadbirkor  kabi  mehnatga  layoqatli  o‗rta  qatlamni  yaratishga 
qaratilgan. Bu esa, o‗z navbatida, ichki bozorni rivojlantirishning asosiy 
mezonidir

 
 


210 
 
Mehnat  va  tabiat  resurslaridan  samarali  foydalanish  jamiyatdagi 
ahvolni  tubdan  o‗zgartirish  imkonini  beradi,  ya‘ni  aholi  turmush 
darajasini  oshirish  va  xavsizligini  ta‘minlashga  turtki  bo‗ladi.  Mehnat 
jamoalari,  mahalliy  birlashmalar  daromad  manbayining  bo‗lishi  va 
moliyaviy  resurslarning  to‗planishi  turli  hududlarning  intellektual 
potensialidan to‗laroq foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun ham 
jamoalardagi  o‗z-o‗zini  boshqarish  to‗laligicha  ma‘muriyat  zimmasiga 
yuklatilgan. 
Bu  muammo  dunyo  tajribasidan  kelib  chiqqan  holda,  davlat 
mulkining bir qismini bosqichma-bosqich korporativ mulkka aylantirish 
orqali o‗z yechimini topishi mumkin. Davlat mulkini korporativ mulkka 
aylantirish  oldingi  iqtisodiy  islohotlar  davrida  ham,  keyingi 
xususiylashtirish jarayonida ham talab darajasida amalga oshirilmadi. 
Mulkchilikning  ijara  ko‗rinishi  korporativ  mulkka  o‗tishning 
iqtisodiy  asosi  hisoblanadi.  Ijara  qishloq  xo‗jaligida  juda  samarali 
qo‗llanilmoqda. Unda mehnat jamoasi davlatdan yer va ishlab chiqarish 
vositalarini  ijaraga  oladi.  Ijaraga  oluvchi  xo‗jalik  subyekti  mulkni 
iqtisodiy  mas‘uliyat  evaziga  mustaqil  tasarruf  etish  huquqiga  ega. 
Ijaraga  olish  tajribasiga  ega  xo‗jalik  subyektlari  mulkni  davlat 
tasarrufidan  chiqarishda  faolroq  va  ildamroq qatnashishmoqda.  Bunday 
holat  nafaqat  markaz  bilan  pereferiyalar
 
o‗rtasidagi  munosabatlarni, 
balki  boshqaruv  tizimini  tubdan  o‗zgartiradi,  ya‘ni  boshqaruvda 
ma‘muriy  buyruqbozlik  usulidan  asta-sekin  voz  kechish  imkonini 
beradi.  Bu  esa  markaziy  boshqaruv  organlarining  huquq  va 
majburiyatlarini  aniq  belgilashni  taqozo  etadi.  Buning  natijasida 
jamiyatning  siyosiy  holatida  ham  tub  o‗zgarishlar  yuz  beradi,  ya‘ni 
huquq  va  majburiyatlar  yuqoridan  pastga  emas,  balki  pastdan  yuqoriga 
belgilanadi.  
Boshqaruv  quyidan  yuqoriga bo‗lganda, uning  har bir  bo‗g‗inining 
faoliyati  ma‘lum  organlar  tomonidan  nazorat  qilinadi.  Bu  esa  ularning 


211 
 
aholi  oldidagi  mas‘uliyatini  oshiradi.  G‗arb  munitsipal  menejmenti 
tajribasiga ko‗ra  mahalliy  mehnat birlashmalarining boshqaruv apparati 
maxsus shartnoma asosida boshqaruvchi mutaxassislar tarkibidan tashkil 
topadi.  Boshqaruv  apparatining  o‗zgarishi  boshqaruvchilarga  o‗z 
mutaxasisliklari  bo‗yicha  boshqa  bo‗g‗inda  o‗z  faoliyatlarini  davom 
ettirish

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish