O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


imkonini  beradi.  Bu  esa  boshqaruv  apparati  a‘zosi  bo‗lishga  bo‗lgan intilishni ma‘lum darajada pasaytiradi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

 
imkonini  beradi.  Bu  esa  boshqaruv  apparati  a‘zosi  bo‗lishga 
bo‗lgan intilishni ma‘lum darajada pasaytiradi. 
 
12.2. Motivatsiya muhitini yaratish texnologiyalari 
 
Motivatsiya  muhitini  yaratish  texnologiyalari  deganda,  biz,  asosan, 
innovatsiya  muhitini  yaratish  texnologiyalarini  nazarda  tutamiz. 
Innovatsiya  muhitini  yaratish  texnologiyalari  ikki  bosqichni  o‗z  ichiga 
oladi.  Birinchi  bosqich  –  obyektiv  o‗zgarishlarni,  ya‘ni  iqtisodiy 
o‗zgarishlarni o‗z ichiga oladi. 
Ikkinchi  bosqich
  –
  odamlarning  fikrlash  doirasini  o‗zgartirish, 
boshqarishning  innovatsion  maqsadlarini  belgilash  kabi  subyektiv 
o‗zgarishlarni o‗z ichiga oladi. Bu ikki bosqich o‗zaro uzviy bog‗liq va, 
shu bilan birga, nisbatan mustaqildir. Innovatsion texnologiyalar juda tez 
sur‘atlarda  ishlab  chiqilishi  mumkin,  lekin  bu  ikki  bosqichning  amalga 
oshish  muddatlari  o‗rtasidagi  farqning  ortib  ketishi  yangi  g‗oyalarning 
talab  qilinmay  qolib  ketishiga  sabab  bo‗ladi.  Bu  muammoni  baholash 
shuni  ko‗rsatadiki,  yangi  g‗oyalarning  talab  qilinmasdan  qolib  ketish 
darajasi  juda  yuqori.  Fan  va  intellektual  qobiliyatning  himoyalan-
maganligi  siyosiy  boshqaruvchilarga  noto‗g‗ri  qarorlarini  o‗z  vaqtida 
to‗g‗irlash  imkonini  bermaydi.  Bu  esa  qarorlarni  qabul  qilishda 
mas‘uliyatsizlikni  vujudga  keltiradi  va  mansabdor  shaxslarning 
malakasiz  va  loqayd  bo‗lishiga  sabab  bo‗ladi.  Bunday  holat  bilimli 
boshqaruvdan  mahrum  bo‗lgan  jamiyatga  juda  qimmatga  tushishi 
mumkin, chunki bunday jamiyat o‗z maqsadiga turli inqirozlar va qonli 
to‗qnashuvlar  orqali  erishishi  mumkin. Barcha  rivojlangan  mamlakatlar 


212 
 
ta‘lim,  sog‗liqni  saqlash  va  ijtimoiy  himoyaning  uzoq  muddatli 
dasturlariga  ega.  Bu  dasturlar  iqtisodiyotning  barcha  sohalarini  qamrab 
olgan.  Masalan,  AQShning  bir  yillik  ijtimoiy  soha  xarajatlari  trillion 
dollar  atrofida.  AQShda  mingdan  ortiq  uzoq  muddatli  dasturlar  ishlab 
chiqarilgan.  Bu  dasturlarning  bajarilishi  ijtimoiy  sohada  katta 
o‗zgarishlarga sabab bo‗ldi. 1979-yil Yaponiyada «jamiyat ravnaqining 
yapon  modeli»ni  qurish  uchun  yetti  yillik  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. 
Industrial  davlatlarda  rejalashtirish  iqtisodiy  va  ijtimoiy  hayotning 
barcha  yo‗llanmalari  bo‗yicha  mikro  va  makro  darajada  amalga 
oshiriladi.  Masalan,  faqatgina  Yevropa  Ittifoqi  davlatlarida  energiyani 
tejashga  qaratilgan  600  dan  ortiq  dastur  amal  qilmoqda.  Bu  va  boshqa 
iqtisodiy  rivojlangan  davlatlarda  resurslarni  tejash  siyosati  amalga 
oshirilmoqda.  Mavjud  vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda,  hukumat  resurs 
tejashning huquqiy yoki ma‘muriy usullaridan foydalanadi.  
Mamlakatda resurslardan oqilona foydalanmaslikning sababi davlat 
dasturi 
emas, 
balki 
uni 
amalga 
oshirish 
mexanizmlarining 
byurokratlashganligi  va  markazlashganligidir,  ba‘zi  hollarda  xo‗jalik 
mexanizmining  o‗rniga  ma‘muriy  tartibga  solish  usullari  qo‗llanilgan. 
Markaziy  boshqaruv  organlarining  noto‗g‗ri  rejalashtirishi  natijasida 
yuzlab  milliard  so‗m  miqdoridagi  moddiy-texnik,  valyuta  va  tabiiy 
resurslar noto‗g‗ri sarflangan. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish