10-BOB. IJTIMOIY MENEJMENTDA TASHKILIY
MUNOSABATLAR
10.1. Tashkiliy munosabatlarning asosi.
10.2. Tashkiliy munosabatlarga ta‟sir etuvchi omil.
10.1. Tashkiliy munosabatlarning asosi
Jamiyatda mavjud barcha tashkiliy munosabatlar ikki xil ma‘no
kasb etishi mumkin. Birinchisi – boshqarish jarayonida yuzaga
keladigan munosabatlar. Bular aniq maqsad qo‗yilgach, unga erishish
usullari aniqlangandan keyin ishchilarni o‗z joyiga qo‗yish, vazifalarni
belgilash, huquq va majburiyatlarini aniqlab berish kabi munosabatlar
ko‗rib chiqiladi. Boshqaruv munosabatlarining bu qismi tashkiliy
munosabatlarning asosi bo‗lib, boshqaruv samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi.
Tashkiliy munosabatlarning ikkinchi ma‘nosi - jamiyat ijtimoiy
tizimchalarga birligi sifatida namoyon bo‗lib, har biri o‗z ichki
tuzilmasiga ega. Ma‘lumki, har bir jamiyat tizimchalari, ijtimoiy institut
tashkiliy munosabatlar bilan bog‗liq bo‗lib, boshqaruv faktorlari bilan,
ya‘ni faollik, kuchli faoliyatdagi rejalashtirish, koordinatsiya, korreksiya
va nazorat qilish bilan ishtirok etadi. Boshqaruv subyektini
tashkillashtirish tashqi ta‘sir va o‗zini-o‗zi tashkillashtirish jarayoniga
bog‗liq.
Tashkilotning ikki formasi mavjud: rasmiy va norasmiy; o‗z
navbatida tashkilotning 2 turi ham farqlanadi. ―Tashkilot‖ atamasi
ijtimoiy birlashuvlarning shakli sifatida qo‗llaniladi. Inson tabiatan
ijtimoiy hodisa bo‗lganligi sababli ham turli jamoa hamda uyushmalarda
birlashadi. Insonning hamma faoliyati tashkiliy uyushgan holda kechadi,
186
shuning uchun ham shaxslarning jamoaviy faoliyat ko‗rsatishlari va
ularning tashkiliy shakllarda nechog‗li uyushganligini o‗rganish muhim.
Kundalik amaliyotda tashkilot tushunchasi ko‗p uchrasada, biroq u turli
ma‘nolarda ishlatiladi. Shuning uchun ham ishni tashkilot atamasining
mazmunini ochib berishdan boshlaymiz. Rus sotsiologi A.I.Prigojin
tashkilot atamasi uch xil ma‘noga ega, deb izoh beradi.
Tashkilot - muayyan guruh doirasida yangi me‘yorlarni ishlab
chiqishni, barqaror aloqalar o‗rnatishni, ijtimoiy guruh a‘zolarining sa‘y-
harakatlarini muvofiqlashtiruvchi uyushmadir. Bu kabi faoliyat, eng
avvalo, «tashkil qilish» so‗zi bilan ifodalanadi. Boshqacha aytganda, bu
faoliyat hamkorlik kuchi yordamida guruhda o‗zaro kelishilgan
harakatlar uchun sharoitlar yaratishga qaratiladi. Masalan, muayyan
korxona rahbari ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi. Bunda u qo‗l
ostidagi kishilarni ish joylariga shunday taqsimlashi lozimki, buning
natijasida ma‘lum ishlarning bajarilish tezligi, uzluksizligi, unumdorligi
ta‘minlanishi kerak bo‗ladi. Bundan tashqari, u o‗zaro almashinuvni
ta‘minlashi, ishlab chiqarishni, ish kuni tartibini, korxona ishchilari va
ta‘minotchilarining o‗zaro harakatlari me‘yorlarini tashkil qilishi kerak.
Bu faoliyat ishlab chiqarish jarayonining tashkiloti deb ataladi
Tashkilot deganda, biror-bir obyektning belgisi, uning tartibga
solingan strukturaga ega bo‗lish xususiyati nazarda tutiladi. Bu ijtimoiy
obyektning bir-biri bilan o‗zaro bog‗langan qismlardan tashkil topishini
va qandaydir ichki tuzilishga ega bo‗lishini bildiradi. Bu ma‘noda
―tashkilot‖ atamasi tashkil etilgan va tashkil etilmagan strukturalarni
farqlash uchun ishlatiladi. Agar biror-bir ijtimoiy guruh barqaror
ijtimoiy rollarga (ya‘ni har bir kishi o‗z vazifasini bajarishi) ega
kishilarning xatti-harakatini tartibga soladigan qoida va qonunlarga
hamda boshqa guruhlar bilan tartibli aloqalarga ega bo‗lsa, bunday
guruhni uyushgan guruh deb ataydilar.
187
Tashkilot deyilganda, ma‘lum ijtimoiy vazifani bajaradigan, sun‘iy
ravishda tashkil qilingan ijtimoiy guruh tushuniladi. Masalan, maktab -
yosh avlodga ta‘lim berish vazifasini bajaradigan muayyan miqdordagi
kishilardan iborat ijtimoiy guruhdir. Bu ma‘noda bank – pulni to‗plash,
taqsimlash va tartibli foydalanish vazifasini bajarishda ishtirok etadigan
kishilardan iborat bo‗lgan tashkilotdir.
Yuqorida sanab o‗tilgan tashkilot tushunchasining uch ma‘nosi bir-
biri bilan chambarchas bog‗liq. Har qanday uyushgan guruh (bu
tushunchaning uchinchi ma‘nosi), uni tashkil qilish, ya‘ni uning ichki
strukturasini, aloqa tizimlarini, madaniy xususiyatlarini tashkil qilish
hamda ijtimoiy rollarni taqsimlash faoliyati davomida vujudga kelishi
lozim. Agar ushbu uyushgan guruh shakllanadigan bo‗lsa, u holda biz
tashkil qilingan deb ataladigan ichki sifatga ega bo‗lgan tashkilotni
nazarda tutamiz.
Jamiyatda «tashkilot» atamasining yuqorida ko‗rib chiqilgan
ma‘nolari tashkilot mohiyatini tushunishga va uning ilmiy ta‘rifini
topishga imkon beradi.
Fanda tashkilotning juda ko‗p ta‘riflari mavjud. Bu ta‘riflarda
tashkilot ko‗pincha ratsional tizim yoki maqsadga erishishga
yo‗naltirilgan tizim sifatida namoyon bo‗ladi. Tashkilotga quyidagicha
ta‘rif berishimiz mumkin: tashkilot, eng avvalo, o‗zaro bog‗langan va
o‗ziga xos maqsadlarga erishishga yo‗naltirilgan ijtimoiy guruhdir. Har
qanday tashkilot a‘zolarining xatti-harakatini ma‘lum ma‘noda umumiy
natijaga erishish uchun uyg‗unlashtira olsa, bunday tashkilot maqsadga
muvofiqli hisoblanadi. Masalan, korxona ma‘lum turdagi mahsulotni
ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish uchun, siyosiy partiya siyosiy dasturini
amalga oshirish uchun, shifoxona esa bemorlarni davolash uchun
faoliyat yuritadi.
Bundan tashqari, tashkilotlar – yuqori darajada rasmiylashgan
guruhlardir. Ularning ichki strukturasi shu ma‘noda yuqori darajada
188
rasmiylashganki, bunda tashkilot doirasidagi qonun-qoidalar, ish
tartiblari amalda uning hamma a‘zolarining faoliyatini qamrab oladi.
Ular aniq va ravshan tuzilgan va hamma rollarni va rolli aloqalarni o‗z
ichiga oladi. Tashkilot strukturasida u yoki bu mavqelarni bajarayotgan
individlarning shaxsiy sifatlaridan qat‘i nazar, ularga rolli harakatlar
taqdim etiladi. Rahbar, uning o‗rinbosarlari yoki ijro etuvchilar shaxsiy
sifatlaridan qat‘i nazar xizmat doirasida o‗zaro munosabatlarini belgilab
beradigan qonun-qoidalarga bo‗ysunib bajaradilar.
Yuqorida sanab o‗tilgan asosiy xususiyatlardan kelib chiqib,
tashkilotni ma‘lum maqsadlarga erishishga yo‗naltirilgan va yuqori
darajada rasmiylashgan strukturaga ega bo‗lgan ijtimoiy guruh deb
ta‘riflash mumkin.
Ijtimoiy tashkilotlarga quyidagi xususiyatlar xos:
1. Har qanday tashkilot o‗z maqsadiga ega, chunki u aniq
maqsadlarni amalga oshirish uchun tuziladi va uning faoliyati maqsadga
erishganlik darajasi bilan baholanadi. Bunda tashkilot kishilar xatti-
harakatini tartibga solish va birlashtirish vazifasini bajaruvchi vosita
ekanligini anglatadi.
2. Maqsadga erishish uchun tashkilot a‘zolari o‗ziga xos rol va
status (mavqe)lar bo‗yicha taqsimlanishga majburdirlar. Shunga
muvofiq, ijtimoiy tashkilot o‗zining a‘zolari tomonidan bajarilishi kerak
bo‗lgan ijtimoiy holat va rollarning murakkab, o‗zaro bog‗langan
tizimini ifodalaydi. Ijtimoiy tashkilot kishiga taqdim qilingan ijtimoiy
status va ijtimoiy rol doirasida hamda o‗sha ijtimoiy tashkilot doirasida
qabul qilingan me‘yorlar va qadriyatlar chegarasida o‗z ehtiyoj va
manfaatlarini qondirishga imkon beradi.
3. Tashkilot mehnat taqsimoti va uni ixtisoslashtirish asosida
vujudga keladi. Shuning uchun ham ijtimoiy tashkilotlarda turli
gorizontal
strukturalar
bo‗ladi.
Lekin
tashkilotning
muhim
xususiyatlaridan biri - unda boshqaruvning vertikal (iyerarxiyali, ya‘ni
189
pillapoya) shaklda bo‗lishidir. Aynan shu yerda boshqaruvchilar va
boshqariluvchilar harakati yaqqol ko‗zga tashlanadi. Boshqaruvning
iyerarxiyaga
(pillapoya
shaklida)
asoslanganligi
maqsadga
muvofiqlilikni ifoda etadi.
4. Boshqaruv tizimi tashkilot faoliyatini tartibga solish va nazorat
qilish uchun o‗ziga xos vositalarga ega. Bu vositalar orasida
institutsional yoki ichki tashkiliy deb ataladigan me‘yorlar, ya‘ni
ma‘lum vakolatlarga ega bo‗lgan o‗ziga xos institutlarning faoliyati
bilan tuziladigan me‘yorlar muhim rol o‗ynaydi. Mazkur institutlar
me‘yoriy talablarni hayotga joriy qiladi va o‗ziga xos ta‘siri bilan ularni
qo‗llab-quvvatlaydi. Yuqoridavgi to‗rt omil asosida muayyan tashkilot
o‗zaro aloqa harakat va munosabatlarni tartibga soladigan maqsad, aloqa
va me‘yorlar tizimi sifatida paydo bo‗ladi.
Tashkilotning o‗ziga xos belgilarini farqlash bilan birga sotsiologlar
tashkilotlarni ma‘lum turlarga ajratishadi. Eng avvalo, ijtimoiy
tashkilotlar rasmiy va norasmiy tashkilotlarga bo‗linadi. Bu kabi turlarga
ajratish me‘zoni, ularda mavjud bo‗lgan aloqa, o‗zaro harakat va
munosabatlarning rasmiylashganlik darajasi hisoblanadi. Sotsiolog
A.I.Prigojin «Rasmiy tashkilot - aloqa, status va rollarni ijtimoiy
rasmiylashtirish asosida tashkil qilish usulidir», – deb izoh beradi.
Rasmiy tashkilotning asosida ixtisoslashtirish natijasida paydo
bo‗ladigan mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti status-mansablar
tizimi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Har qanday status va mansablar
ma‘lum vazifalarni bajarishga mo‗ljallanganki, natijada hamma vazifalar
tashkilot a‘zolari o‗rtasida taqsimlanadi. Mansab statuslari vazifalar
bo‗yicha iyerarxiya (pillapoya) shaklidagi struktura asosida, turli
tashkiliy bo‗limlar esa bo‗ysunuvchilar tamoyili asosida yo‗lga
qo‗yiladi.
Rasmiy tashkilotning faoliyati rejalashtiradigan va me‘yorga
soladigan regulyatorlarni, mansab xatti-harakatining me‘yor va
190
namunalarini, faoliyat dasturlarini, rag‗batlantirish tamoyillarini o‗z
ichiga oladi.
Amerikalik sotsiolog A. Etsioni rasmiy tashkilotlarni uch asosiy:
majburiy, erkin va utilitar (manfaatli) tashkilotlarga ajratadi. Erkin
tashkilotlar deyilganda, kishilar ixtiyoriy ravishda a‘zo bo‗ladigan va
a‘zolikdan ixtiyoriy ravishda chiqadigan tashkilotlar nazarda tutiladi.
Bularga Qizil yarim Oy jamiyati, Yashillar harakati, jamoa tashkilotlari,
Xotin-qizlar jamiyati yaqqol misol bo‗la oladi. Kishilar erkin
tashkilotlarga bo‗sh vaqtlarini unumli o‗tkazish, o‗z dunyoqarashlariga
yaqin kishilar bilan aloqa o‗rnatish, muayyan ijtimoiy xizmatlarni
amalga oshirish, ma‘lum ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun a‘zo
bo‗ladilar. Kishilar ba‘zan o‗zlari istamagan holda yoki majburiy
ravishda ba‘zi tashkilotlarning a‘zolari bo‗lib qoladilar. Bunday
tashkilotlar majburiy tashkilotlar deb ataladi. Majburiy tashkilotlarga
axloq tuzatish shifoxonasi, qamoqxona, turma, armiya va boshqalar
misol bo‗ladi.
Ba‘zan kishilar ma‘lum amaliy sabablar, foyda yoki manfaat tufayli
tashkilotlarga qo‗shiladilar. Bunday tashkilotlar utilitar (manfaatli)
tashkilotlar deb ataladi. Universitetlar, korporatsiyalar, birlashmalar,
firmalar, davlat muassasalari kishilarning ma‘lum manfaatlarini
qondirish uchun tuziladigan tashkilotlarga kiradi. Utilitar (manfaatli)
tashkilotlar erkin va majburiy tashkilotlar orasida yotadi. Masalan, biz
biror-bir tashkilotga majburiy ravishda ishga qabul qilinmaymiz, lekin
o‗zimizning turmush darajamizni yo‗lga qo‗yish uchun ishlashga
mas‘ulmiz.
Har qanday rasmiy tashkilot boshqaruv tizimiga ega. Tashkilotning
boshqaruv shakllari: ozchilik hokimiyati - aligarxiya; bir kishi
hukmronligi - avtokratiya; xalq hokimiyati - demokratiya singari
yunonlarning boshqaruv usullaridan kelib chiqib yaratilgan.
191
Bu tushunchani sotsiologik nuqtayi nazardan olib qarasak,
boshqaruv - bu institut, ma‘muriyat korxona yoki boshqa maqsadli
guruhlar faoliyatining yuqori darajada aniqlik va samarali ishlashini
ta‘minlaydigan tizimdir. Sotsiologiyada boshqaruv tizimining tasnifini
baholashda bir-biriga zid bo‗lgan fikrlar mavjud. Nemis sotsiologi
M.Veber boshqaruvning imkoniyatlarini juda yuqori baholaydi va uni
ideal tip sifatida tahlil qiladi. M.Veberning fikricha, boshqaruvning ideal
tipi quyidagi xususiyatlarni o‗z ichiga oladi:
- boshqaruv faoliyati doimo amalga oshiriladi;
- boshqaruv organiga kiradigan shaxslar shaxsan erkindirlar, lekin
ular bajaradigan vazifalari doirasida harakat qiladilar;
- mansab va statuslarning iyerarxiya asosida taqsimlanishi;
- har bir mansab va statuslarning vazifalari aniq belgilangan bo‗ladi;
- kishilar shartnoma asosida ishga olinadilar;
- ishchi va xodimlarni tanlash ularning ma‘lumotiga qarab amalga
oshiriladi;
- boshqaruv apparati tomonidan chiqarilayotgan har qanday buyruq,
qaror, qonun-qoidalar hujjatlashtiriladi va saqlanadi;
- mansabdor shaxslarning xatti-harakati, faoliyati, ma‘lum vositalar
orqali nazorat qilinadi;
- boshqaruv faoliyati o‗ziga xos kasbga aylanadi;
- mansabdorlarni tayyorlash bo‗yicha ta‘lim tizim mavjud bo‗ladi.
Boshqaruv tizimi to‗g‗risidagi M.Veber ta‘limoti zamonaviy
sotsiologlar tomonidan tanqid ostiga olindi, masalan, T.Parsons,
A.Goldner nuqtayi nazaricha hokimiyatning ikki tipi - iyerarxiyada
tutgan mavqe va kasbiy bilim bir-biriga qarama-qarshi keladi.
Boshqaruvchi hokimiyati buyruqqa asoslanadi, shuning uchun ham unga
bo‗ysunish ixtiyoriy bo‗lmaydi Mutaxassisga bo‗ysunish uning ijtimoiy
va kasbiy statusini tan olish bilan bog‗liq. Bu ikki asosiy hokimiyat
o‗rtasidagi ziddiyat doimiy nizolar uchun asos bo‗ladi.
192
Hozirgi kunda har qanday ijtimoiy tashkilotda boshqaruv
apparatining bo‗lishi talab etiladi. Agar ushbu boshqaruv tizimi
bo‗lmaydigan bo‗lsa, tashkilot faoliyatini yo‗lga qo‗yish juda mushkul
bo‗ladi. So‗nggi yillarda fan va texnikaning rivojlanishi, ayniqsa,
kompyuter tizimining keng joriy qilinishi natijasida boshqaruv tizimida
ma‘lum sifatiy o‗zgarishlar ro‗y bermoqda. Bularni tahlil qilish va
o‗rganish yangi tadqiqot vazifasi hisoblanadi.
Norasmiy tashkilotlarga quyidagi klubni misol qilishimiz mumkin.
Moskvadagi ―Matiz‖ avtomobili ishqibozlari klubi uch yoshga to‗ldi.
―Matiz klubi‖ qatnashchilarining uchrashuvi bo‗lib o‗tdi. Mazkur klub
norasmiy tashkilot bo‗lib, uning a‘zolari o‗zlarining avtomobil
borasidagi hamfikrlar jamoasining uch yilligini nishonlashdi. ‖Matiz‖
ishqibozlari hamjamiyati onlayn tarzida ham muloqotda bo‗ladilar.
Dildan suhbatlashish, bahslashish, hazil qilish, xullas, bo‗sh vaqtlarini
birga o‗tkazish – bu chindan ham matizchilarga xos. Yaroslavskdagi
qahvaxonalardan birida qariyb 38 kishi yig‗ildi. Ular klub forumlarining
doimiy qatnashchilari ularning moderatorlaridir.
Tadbirda ―UzDaewoo‖ kompaniyasi vakillari o‗z hurmatlarini
bildirish va sovg‗a, ya‘ni firma belgisi tushirilgan soatlar, futbolkalar,
esdalik buyumlari va boshqa yoqimli mayda-chuydalarni ulashish uchun
hozir bo‗ldilar. Klub a‘zolari avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona
vakillari bilan bevosita muloqotda bo‗lish imkoniyatidan foydalandilar.
Istaklar bildirilib, qiziqtirgan savollar berildi va, albatta, kelgusidagi
o‗zaro hamkorlik doirasi kelishib olindi. Hamjamiyat, shuningdek,
avtomobil ishlab chiqaruvchisidan STOda ta‘mirlash vaqtida ba‘zi
hollarda paydo bo‗ladigan ma‘lum muammolarni hal qilishda yordam
berishni iltimos qildi. Hech bir mulohaza e‘tiborsiz qolmadi, javob
tavsiyasi faqatgina ushbu markaning rasmiy dilerlarida ta‘mirdan
o‗tishdir. Bir so‗z bilan aytganda, muloqot foydali o‗tdi. ―UzDaewoo‖
―Matiz klubi‖ning qatnashchilariga o‗z minnatdorchiligini bildirdi.
193
―Matiz‖ katta shahar uchun ideal avtomobildir. O‗zining ixchamligi va
harakatchanligi tufayli unga hech qanday tiqilinchlar muammo emas.
Tor ko‗chada hech bir qiynalmasdan avtomobilga joy topish va
avtomobillar zich bo‗lgan yo‗lda ham suvga tushgan baliq singari
qiynalmay harakatlanish mumkin.
―Matiz‖ning original va esda qolarlik dizayni jahonning eng yirik
brendlari bilan hamkorligi bois tanilgan mashhur italyan avtomobil
atelyesida ishlab chiqilgan. Mashinaning har jihatdan qulay bo‗lgan
saloni motor bo‗limidan butunlay ajralgan bo‗lib, shovqindan xoli, 0,8
yoki 1 l hajmli tejamkor dvigateli tufayli ―Matiz‖ atigi bir litr yoqilg‗i
bilan 22,2 kmni bosib o‗tishga qodir.
Bozorda mavjud bo‗lgan obyektiv muammolarga qaramasdan,
2009-yilning
dastlabki
oylari
yakunlariga
ko‗ra
―UzDaewoo‖
avtomobillari Rossiyada eng ko‗p sotiladigan xorijiy avtomobillari
markalari orasida o‗ninchi o‗rinni egalladi. Mart oyida ―Nexia‖ eng
ommaviy modellar orasida 4-o‗rinni, ―Matiz‖ esa 5-o‗rinni egalladi.
Umuman olganda, 2009-yilning birinchi choragida avtomobillar
sotilishiga oid ma‘lumotlarga ko‗ra, ―Matiz‖ Rossiyada ―A‖ sinfidagi
eng ommaviy model deb tan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |