O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

Atrof-muhit.
  Har  bir  inson  atrof-muhit  muhofazasi  haqida 
qayg‗urishi  kerak.  Sanoatlashtirish  va  kishilarning  shaharlarda, 
mintaqalarda  to‗planishi  chiqindilar  bilan  bog‗liq  global  muammoni 
keltirib chiqaradi. Bu atmosferaga chiqarilayotgan kimyoviy chiqindilar 
yoki axlatxonalarga tashlanadigan chiqindilar bo‗lishi mumkin. Bundan 
tashqari  quyoshdan  himoya  qiluvchi  ozon  qatlamining  o‗zgarishi 
insoniyatga katta xavf tug‗diradi. 
Ayrim  kishilar  ekologik  muammolar  oshirib  yuborilgan  deb 
hisoblaydilar.  Shubhasiz,  bunday  muammolar  mavjud  va  hukumat  bu 
sohadagi  nazoratni  kuchaytirmog‗i  lozim.  Iste‘molchi  soliq  yoki 
tovarning  yuqori  qiymati  orqali  barcha  xarajatlarni  to‗laydi,  har 
doimgidek  menejer  foyda  va  iste‘molchi  o‗rtasida  turadi.  U  past baholi 
yaxshi  tovarlarni  ishlab  chiqarish  xarajatlarida  yangi  mas‘uliyatga  ega 
bo‗ladi.  Atrof-muhit bunda qo‗shimcha  va  ortib  boruvchi  qiyinchiliklar 
tug‗diradi. 
3.  Qayta  tiklanmaydigan tabiiy  resurslardan  foydalanish  rejimining 
buzilishi,  kelajak  avlod  manfaatlarini  zamondoshlar  tomonidan hisobga 
olmaslik. 
Shuning uchun, shunday xavf paydo bo‗lmoqdaki, uning markazida 
insonning  zavol  topishi,  uning  jamiyat  bilan  aloqasida  madaniyat  va 
ma‘naviyatining yemirilishi yotadi. 
4.  Har  xil  mamlakatlar  o‗rtasida  va  alohida  mamlakatlar  ichida 
ijtimoiy  farqlanishning  tez  o‗sishi.  Bu  resurslar  kurash  bilan 
uyg‗unlashib,  joriy  mahalliy  mojarolar  va  global  xavfni  keltirib 
chiqarmoqda. 
5.
 
Inson  shaxsi  murakkablashmoqda.  Menejer  kunda  insonlar 
muammolarini  yechish  bilan  shug‗ullanadi.  Ammo  u  jamiyatning 
umumiy rivojlanish muammolariga ham duch keladi. Avvalo, aholining 


18 
 
ko‗payishi. Kishilar nisbatan ilgari nafaqaga chiqadilar. Yaxshi tajribali 
xodimlar  unumsiz  va  ularni  ijtimoiy  ta‘minot  tizimi  evaziga 
ta‘minlashning  zarur  bo‗lib  qolishi,  bu  tizim  qiymatini  oshiradi.  Keksa 
xodimlar  ishni  tark  etadi.  Ularning  o‗rnini  bosishi  mumkin  bo‗lgan 
yoshlar soni qisqaradi. 
Inson  resurslarining  bunday  muammosi  bilan  menejer  hozirning 
o‗zidayoq shug‗ullanmoqda. AQSh va Kanadada ishlab chiqarishda faol 
band  xodimlarning  o‗rtacha  yoshi  34-35  atrofida,  Meksikada  esa  bu 
ko‗rsatkich 19 yoshga teng. 
Bu  mamlakatlar  demografik  ahvolining  bunday  farqlanishi  inson 
resurslari 
muammosidir. 
Malakali 
va 
tajribali 
xizmatchilarning 
yetishmasligi  bilan  birga,  xodimlar  tomonidan  kutilayotgan  munosabatlar 
ham o‗zgarib bormoqda. Bu kelajak tendensiyasidir. Ijtimoiy munosabatlar 
va  hukumat  qarorlari  insonlar  farovonligini  oshirishda  menejer  va 
kompaniyalar mas‘uliyatini kuchaytirishga qaratilgan. Ilgari kompaniya va 
xizmatchilar o‗rtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan cheklanar 
edi.  Bugun  bu  munosabatlar  xodimlarning  korxona  va  ish  joyidan 
tashqaridagi  hayotida  kompaniya  javobgarligining  kengayishi  bilan 
xarakterlanadi. 
Lekin  bunday  qarama-qarshilikni  anglash  juda  qiyin  kechadi.  Ha, 
menejerlik  (boshqaruv)  inqilobi  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  yetakchi 
mamlakatlarning  tezkor  rivojlanishidagi,  bozor  munosabatlarini  amalga 
oshirish,  tanazullarni  yengib  o‗tishda,  bozor  munosabatlarini  takomil-
lashtirishda  ko‗plab  bozor  subyektlari  va  mulk  ko‗rinishlarining  paydo 
bo‗lishida  asosiy  omil  bo‗ldi.  Menejerlik  inqilobi  ta‘sirida  ko‗p 
zamonaviy sivilizatsiyalar yuksak ijtimoiy natijalarga erishdilar.  
Tadbirkorlik 
hamda 
boshqaruvning 
yangi 
madaniyati 
shakllanmoqda.  Uning  mazmuni  nimada?  Birinchi  navbatda,  unda 
oqilona  boshqarish,  bilim,  ilmiy  loyihalashtirish  va  dasturlash, 
matematik  va  ijtimoiy  modellashtirishni  oqilona  tatbiq  etish  alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ilmiy boshqaruvning bu usullari ijtimoiy resurslar, 
«inson  omili»  resurslaridan  to‗liq  foydalanishga  qaratilgan.  Boshqaruv 
bilimlarining,  boshqaruv  konsepsiyalarining,  loyiha  va  dasturlarning 


19 
 
shakllanishi  mahalliy  hamjamiyatlar  yutug‗i  natijasida  mahalliy 
menejment  tez  rivojlanmoqda.  Millionlab  boshqaruvchilar  (menejerlar) 
miyasida  sifat  o‗zgarishlari  sodir  bo‗lib,  ular  mutaxassislarga  aylanib, 
hududlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  sur‘atlariga  samarali  ta‘sir 
qilmoqda.  Moliya  institutlari  va  tijorat  tashkilotlarining  shaxsiy  egalari 
soni  ortmoqda.  Shartnoma  asosida  yollangan  va  boshqaruv  faoliyatiga 
mas‘ul  bo‗lgan  har  bir  mahalliy  menejer  o‗z  ishi  natijalariga  ko‗ra 
boshqaruv  sohasida  kichik  bir  tadbirkorga  aylanadi.  Shunday  qilib, 
tadbirkorlikning yangi turi - menejerlik shakllanadi.
   
Bu jarayon keng doirada sodir bo‗lib, butun boshqaruv tizimida, o‗z 
o‗rnida,  negizidan  o‗zgartirib,  uni  maqsadli  qiladi:  aholi-aksiyadorlar 
kengashi  -  menejment.  Natijada  menejerlar  keng  vakolatlarga  ega 
bo‗ladi,  lekin  berilgan  vakolatlarga  aholi  oldida  javobgar  bo‗ladilar, 
jahon  tajribasiga  binoan,  bu  nafaqat  menejerning,  balki  mahalliy 
ma‘muriyat  va  mansabdorlar  apparatining  ham  mas‘uliyatli  va 
professional  jamoasini  tuzishning  eng  samarali  usulidir.  Menejment  va 
korporatizm  tamoyillariga  asosan,  aholi  ma‘muriyat  va  menejerlar 
mahalliy hamjamiyatining rivojlanish maqsadlarini belgilab berib, uning 
davlat  tashkilotlarining  mahalliy  organlariga  hisobot  topshirishini 
kafolatlaydi.  Bu  ijtimoiy  boshqaruv  tashkilotining  asosiy  tamoyili 
sifatida  ishtirok  etmay,  balki  tadbirkorlikning  zamonaviy  boshqaruv 
madaniyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ishtirok etadi.   
Rivojlangan  kichik  tadbirkorlik  yordamida,  birinchi  navbatda, 
innovatsion,  ilmtalab  sohalar  yordamida  butun  jamiyat  hayotini 
ma‘naviyat va boshqaruvchanlik asosida sog‗lomlashtirish uchun sharoit 
yaratildi. XXI asrda bu tendensiyani yanada kengaytirish talab qilinadi, 
sababi  bu  asrda  ijtimoiylashuv  va  ma‘naviyatni  iqtisodiyot  emas,  balki 
jamiyat taraqqiyoti, uning maqsadlari va ehtiyojlari boshqaradi.  
Jamiyatda,  oxir-oqibat,  shunday  haqiqatni  anglash  sodir  bo‗ladiki, 
uning  muvozanati  juda  boylar  va  juda  qashshoqlar  daromadlarida  10 
martalik  farq  bo‗lishi  mumkin  emasligiga  olib  keladi.  Aholining  10% 
dan  kami  qashshoqlikda,  obyektiv  sabablar  bo‗yicha,  yashashi 
mumkinligi  tobora  oydinlashmoqda.  Ko‗pgina  rivojlangan  mamlakatlar 
uchun bu inqirozli nuqta hisoblanadi.  


20 
 
Muammoni tushunish, joriy rivojlanish tendensiyalarining namoyon 
bo‗lishi,  ularni  hal  qilishning  yangi  usullarini  ham  keltirib  chiqaradi. 
Ular  boshqaruv  sohasida  yuzaga  kelib,  strategik  va  taktik  xarakterga 
ega.  Boshqaruv  organlari,  shuningdek,  aholini  ijtimoiy  himoyalash 
choralarini  ishlab  chiqmoqda.  Bu  bozorni  yanada  ijtimoiy  cheklashga 
imkon beradi. 
Boshqaruvning bosh obyekti - davlatga yangi talablar qo‗yilmoqda. 
Bu, o‗z navbatida, mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlarining moddiy-
moliyaviy  va  huquqiy  bazasini  mustahkamlaydi,  qachonki  faqat  tabiat 
resurslaridan  emas,  balki  hududiy  resurslaridan  (ijtimoiy,  madaniy-
ma‘naviy, boshqaruv) to‗g‗ri foydalanganda.  
Ular  hukumat  va  boshqaruvning  yuqori  pog‗onalarida,  ular 
vazifalariga  xos  bo‗lmagan  asos  topadi  va  boshqaruvning  zamonaviy 
usullariga  e‘tibor  qaratishga  imkon  beradi.  Hozirda  mahalliy 
hamjamiyatlar,  alohida  tashkilot  yoki  firma,  axborotlar,  texnologiyalar, 
ma‘lumotlar  banki  asosida  korporativ  maqsad  natijalariga  asoslangan 
holda  o‗zining  rivojlanish  strategiyasini  ishlab  chiqmoqda.  Shuning 
uchun,  jamiyatda  boshqaruv  madaniyati  o‗rnatilishining  tezlashgan 
jarayoni,  «pastdan  yuqoriga»  konseptual  fikrlash  amalga  oshirilmoqda. 
Hayotda sinalgan dasturiy-maqsadli va boshqaruvning bashorat usullari, 
uning  hamma  bosqichlarida  boshqaruv  faoliyatining  me‘yoriga 
aylanmoqda. 
Ijtimoiy  taraqqiyotning  rivojlanishiga  to‗sqinlik  qiluvchi,  ijtimoiy 
muvozanatni  buzishning  asosiy  sababi  bo‗lib,  ijtimoiy  boshqaruv 
tizimining rivojlanmagani, ijtimoiy menejmentning samarasizligi, uning 
nazariya va amaliyotini o‗zlashtirishdagi yetishmovchiliklar hisoblanadi. 


21 
 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish