1.4. Shaxs va jamiyat o„rtasidagi qarama-qarshiliklar
Shaxs va jamiyat
o‗rtasidagi qarama-qarshilik dunyoning
muvozanatdan chiqishining asosiy sababi hisoblanadi. U bugungi
kundagi ijtimoiy portlashlar va halokatlar o‗sishiga imkoniyat yaratib
bermoqda. Bu dunyo oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo‗lib,
uning yechimiga ijtimoiy rivojlanish sur‘atlari va ma‘naviy tamoyillar
ko‗p jihatdan bog‗liq.
Tabiat ustidan hukmronlik qilishga intilish insoniyatning ijtimoiy va
tabiat olamini shunday shakllantirdiki, bugungi kunda ko‗pchilik
odamlar o‗zlarining yashab o‗tgan umrlaridan qoniqish xosil
qilmaydilar, hayotda o‗zlariga o‗rin topa olmaydilar. Ko‗pgina
nohaqliklarni ko‗radilar, lekin hech narsani o‗zlariga olmaydilar; ular
o‗zlarini ijodiy faoliyatga baxsh etishni xohlaydilar, lekin butun
umrlarini hayot uchun pul ishlashga sarf qiladilar. XXI asrda yangi
madaniyatni va insonning yangi tipini bunday asosda yaratib
bo‗lmasligidan bugungi ilmiy tadqiqotlar dalolat beradi.
Ijtimoiy boshqaruv nazariyasining bugungi kundagi imkoniyatlari
va uning moddiylashgan natijalari o‗rtasidagi qarama-qarshiliklar
qisqarmayapti, balki ortmoqda.
Zamonaviy dunyoning global qarama-qarshiliklaridan biri ijtimoiy
taraqqiyot sur‘atlarining ilmiy texnikadan ortda qolib ketishi
hisoblanadi. Fan va texnika sohasidagi yutuqlar muvozanatlashtirilgan
ijtimoiy kenglikni qurish uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda.
Zamonaviy texnik vositalar, gen muhandisligi usullari, tibbiyot yutuqlari
insoniyatni kasalliklardan saqlashga, ochlarni to‗ydirishga qodir. Bu, bir
tomondan, insonning tabiat ustidan cheksiz hukmronligi istiqbolini
ochsa, ikkinchi tomondan, insoniyatning yer yuzidagi hayot uchun ortib
borayotgan mas‘uliyatidan dalolat beradi.
22
Afsuski, insonning tabiatga texnik va biologik ta‘sirining tezligi va
chastotasi, uning resurslaridan ayovsiz foydalanishi, doimo o‗sib
boruvchi energiya ishlab chiqarish sur‘atlari oliy ne‘matlar va insonning
mavjudligi bilan hech mos kelmayapti, aksincha, borgan sayin ular bilan
qarama-qarshilik ortib bormoqda va insoniyatga juda og‗ir oqibatlar
xavfini solmoqda. Agar ijtimoiy boshqaruv subyektlari - Yerdagi barcha
xalqlar, ularning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy institutlari texnik va
biologik taraqqiyot o‗sish sur‘atlarini quvib o‗tmasa, ochilayotgan
imkoniyatlarga yetarlicha e‘tibor bermasa, ijtimoiy rivojlanishni tabiiy
va texnik muhitning o‗zgaruvchan tashqi sharoitlariga moslashtirmasa,
yaqin kelajakda insoniyatning halokati ehtimoli bor.
Bugungi kunda dunyoning tirik qolishining asosiy sharti ijtimoiy
taraqqiyot sur‘atlarini tezlashtirish, uning ijtimoiy yetukligini oshirish,
zamonaviy fikrlashni, ijtimoiy kenglikda innovatsion resurslarini nazorat
qilish, shuningdek, ijtimoiy menejment vositalarini nazorat qilishga
kiritish hisoblanadi.
Zamonaviy dunyoda boshqaruvning asosiy subyektlari siyosiy
institutlar, davlat hokimiyati, alohida siyosiy yetakchilar hisoblanadi.
Sivilizatsiyaning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyotning yo‗nalishlari, ko‗p
tomondan, ularning ijtimoiy madaniyati va siyosiy xulq-atvoriga
bog‗liq. Bundan ko‗rinib turibdiki, ularning faoliyati va fikrlash
qobiliyati bugungi kunda yangi madaniyatning to‗ldirilishi, texnologik,
gumanitar, ekologik, siyosiy, boshqaruv tizimining barchasini tashkil
etishning rivojlanishi nimaga asosan kechishini tahlil qilishni va
boshqaruvchanlikni talab etmoqda.
Sivilizatsiya bugungi kunda shunday yetuklik, aqliy tajriba boyligi
darajasiga yetdiki, u xavf solayotgan ijtimoiy falokatlarni oldindan
ko‗rish, portlashlarning oldini olish, o‗tkir mojarolarni yumshatish,
ularni o‗z vaqtida hal qilish uchun sharoit yaratish va, albatta, ijtimoiy
taraqqiyot yo‗lidan borishga qodir. Ijtimoiy kenglikni muvozanatdan
chiqaruvchi asosiy sabablar qanday?
23
Ular bir nechta:
1. Insonni o‗rab turuvchi iqtisodiy tuzilmalarning rivojlanmaganligi.
2. Ijtimoiy ustivorlikning buzilishi.
3. Jamiyat muammolarini yechishning demokratik usullarini ta‘min-
lab bera olmaydigan siyosiy tuzumini shunday siyosiy tashkil qilish
xarakteri.
1
Past ma‘naviyat, faoliyat yuritayotgan subyektlarning boshqaruv
madaniyati pastligi.
Oxirgisida batafsil to‗xtalamiz. Bu borada ijtimoiy kenglikni
muvozanatdan chiqishga ikki omil ta‘sir qiladi. Birinchidan, jamoaviy
ongning shakllanmaganligi. Ilmiy bilimlarni jamiyatni ijtimoiy
loyihalashning innovatsion usullariga ta‘sirini ta‘minlab beradi.
Ikkinchidan, ilmiy mahsulotlarni ijtimoiy boshqaruv amaliyotiga joriy
qilayotgan barcha boshqaruv subyektlari tomonidan mavjud innovatsion
usullariga e‘tibor berilmayotganligi. Bugungi kunda bir-biri bilan
bog‗liq bu ikki omil yaqqol ko‗zga tashlanmoqda.
Shunday deyish mumkinki, sotsiologiya yangilanishni talab qilyapti.
U an‘anaviy tashxis funksiyalaridan doimo o‗zgaruvchan ijtimoiy
tizimni o‗rganishga o‗tishi kerak. XX asrning oxiri XXI asrning boshida
tezlashgan ijtimoiy jarayonlar, dinamik ijtimoiy o‗zgarishlar davri.
Boshqaruvning innovatsion usulisiz bizni biz bilmaydigan milliy
chegaralar talofatiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun, XXI asr chaqirig‗iga munosib javob berish uchun
ijtimoiy kenglikni o‗zlashtirishning innovatsion usuli, har xil ijtimoiy
o‗zgarishlarni faqat o‗rganib va oldindan aytib beribgina qolmay, balki
amaliy hayotga faol ta‘sir qilish, bashorat qilingan ijtimoiy natijalarni
olish, murakkab ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatishga
qodir vositalarni izlash zarur.
Jamiyat holatiga, ijtimoiy kasalliklarga tashxis qo‗yish emas, balki
ijtimoiy jarayonlar va hodisalarga ta‘sir qilish, ularni loyihalash tobora
sotsiologiyaning predmetiga aylanib bormoqda.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |