O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 O„zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

1.1. O„zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 
2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o„zgarishlarni amalga 
oshirish modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil 
davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka 
keng yo„l ochib berish – ustuvor vazifamizdir” nomli asaridan kelib 
chiqqan holda fanning maqsadi va vazifasi.
 
 
Mamlakatimiz  yildan  yilga  jahon  hamjamiyatida  tenglar  ichra  teng 
bo‗lib, taraqqiyotning o‗zi tanlagan yo‗lidan asosiy maqsadimiz – inson 
manfaatlari,  huquq  va  erkinliklari  yuksak  qadriyat  hisoblanuvchi, 
ijtimoiy  yo‗naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik 
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish va taraqqiy ettirish 
sari dadil odimlar bilan rivojlanib bormoqda.  
Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  natijasida 
iqtisodiyotning  rivojlanishini  alohida  ta‘kidlab  o‗tish  zarur.  Bu  haqda 
respublikamiz  birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  2015-yilning  asosiy 


10 
 
yakunlari  va  2016-yilda  O‗zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlan-
tirishning  ustuvor  yo‗nalishlariga  bag‗ishlangan  Vazirlar  Mahkama-
sining  majlisidagi  ma‘ruzasida  ―2015-yilning  yakunlari  haqida  gapirar 
ekanmiz,  shuni  mamnuniyat  bilan  qayd  etmoqchimanki,  o‗tgan  yilda 
deyarli barcha makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar bo‗yicha prognoz hajmi va 
ko‗rsatkichlariga  erishildi,  aksariyat  ko‗rsatkichlarning  esa  sezilarli 
darajada  oshirib  bajarilishi  ta‘minlandi.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi  hamon  davom  etayotganiga  qaramasdan,  hisobot  yilida  yalpi 
ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi 
salkam  18  foizga  oshdi.  Amalga  oshirilayotgan
 
islohotlar  natijasida 
yalpi  ichki  mahsulotimizda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning 
ulushi 2000-yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga yetgani yoki 
1,8 barobar oshganini alohida ta‘kidlash kerak. Tadbirkorlik faoliyatidan 
olingan  daromadlar  ulushi  2010-yildagi  47,1  foiz  o‗rniga  52  foizga 
o‗sgani  va  bu  Mustaqil  davlatlar  hamdo‗stligi  mamlakatlaridagi 
ko‗rsatkichlardan  sezilarli  darajada  yuqori  ekanini  alohida  ta‘kidlashni 
istardim» – degan
1
.  
Shu  jihatdan,  hozirgi  kunda  respublikamiz  iqtisodiyotini  yanada 
rivojlantirishga  va  buning  uchun  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 
faoliyatini  rivojlantirishga  alohida  e‘tibor  berilmoqda.  Chunki  kichik 
biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sohasini  rivojlantirish  masalasiga  davlat 
iqtisodiy  siyosatining  strategik  vazifasi  sifatida  qaralmoqda.  Qanchalik 
davlatimiz  iqtisodiyoti  rivojlanib  yuqori  cho‗qqilarga  erishsa,  ya‘ni 
ko‗zlagan  maqsadiga  yetsa  mamlakatimiz  aholisining  turmush  darajasi 
shunchalik yuqori bo‗ladi. 
 
                                                             
1
  Karimov  I.A.  2015-yilda  mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  hamda  2016-yilga 
mo‗ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‗nalishlariga  bag‗ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining 
majlisidagi
 

Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan olib borayotgani slohotlarni, iqtisodiyotimizda 
tarkibiy  o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‗l 
ochib berish hisobidan oldinga yurishdir
‖ //Xalq so‗zi. 2016. 17-yanvar.
 


11 
 
O‗zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  o‗z 
ma‘ruzasida  erishgan  yutuqlarimiz  va  hal  etilmagan  mavjud 
muammolarni  batafsil  va  har  tomonlama  tahlil  qildi  hamda  2015-yilda 
mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  eng  muhim  ustuvor 
vazifalari  va  yo‗nalishlarini  bajarish  bo‗yicha  dasturiy  vazifalarga 
atroflicha  to‗xtaldi.  Hukumat,  vazirlik  va  idoralar  oldiga  har  bir  hudud 
uchun  ustuvor  tarmoqlarni  aniqlash,  tabiiy  xomashyo  resurslaridan 
yanada  to‗liqroq  foydalanish,  sanoat  ishlab  chiqarishini,  ayniqsa,  qayta 
ishlash  tarmoqlari,  xizmatlar  sohasi,  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy 
infratuzilmasini  tezkor  va  muvozanatli  rivojlantirishni,  hududlarni 
tarmoqlar  bilan  uzviy  bog‗lagan  holda  kompleks  rivojlantirishni 
ta‘minlash  bo‗yicha  aniq  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqish  vazifasi 
qo‗yildi. 
2015-yilning  ―Keksalarni  e‘zozlash  yili‖  deb  e‘lon  qilinganligi 
munosabati  bilan  hukumatimiz  tayyorlayotgan  dasturda  keksa  avlod 
vakillari,  avvalo,  1941–1945-yillardagi  urush  va  mehnat  fronti 
faxriylarini  har  tomonlama  qo‗llab-quvvatlash,  ularga  ko‗rsatiladigan 
tibbiy  va  ijtimoiy  xizmat  darajasi  va  sifatini  oshirish,  muhtojlarni 
yordamchi  va  reabilitatsiya  texnik  vositalari  bilan  ta‘minlash,  tumanlar 
va  mahallalarda  qariyalarimiz  uchun  muloqot  markazlari,  ularning 
qiziqishlaridan  kelib  chiqqan  holda,  turli  klublar  tashkil  etish,  jismoniy 
tarbiya  va  sport  bilan  shug‗ullanishlari  uchun  sharoitlar  yaratish 
bo‗yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish ko‗zda tutildi. 
Ma‘ruzada 
2015-yilda 
mamlakatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning  quyidagi  eng  muhim  ustuvor  vazifa  va  yo‗nalishlari 
belgilab berildi
2

 
                                                             
2
 
Karimov  I.A.  2015-yilda  mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  hamda  2016-yilga 
mo‗ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‗nalishlariga  bag‗ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining 
majlisidagi
 

Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda 
tarkibiy  o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‗l 
ochib berish hisobidan oldinga yurishdir
‖ //Xalq so‗zi. 2016. 17-yanvar.
 


12 
 
1)  Mamlakatimizni  demokratlashtirish  va  modernizatsiya  qilish 
borasida boshlangan tizimli islohotlarni, iqtisodiyotimizda, avvalambor, 
sanoat  va  qishloq  xo‗jaligida  tub  tarkibiy  o‗zgarishlarni  so‗zsiz  davom 
ettirish, xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish 
va  bu  soha  vakillari  manfaatlarini  himoya  qilish,  makroiqtisodiy 
mutanosiblikni ta‘minlash 2016 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning 
eng muhim ustuvor yo‗nalishiga aylanishi zarur. 
2)  2015-2019-yillarda  muhandislik-kommunikatsiya  va  yo‗l-
transport  infratuzilmasini  modernizatsiya  qilish  va  rivojlantirish 
dasturining  asosiy  qoida  va  yo‗nalishlarini  so‗zsiz  bajarish  bo‗yicha 
boshlangan ishlarni 2016-yilda ham davom ettirish. 
3)  Qishloq  xo‗jaligi  sohasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  va 
tarkibiy o‗zgarishlarni yanada chuqurlashtirish,  yer va suv resurslaridan 
samarali foydalanish. 
4) Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining hayot darajasi va sifatini 
yanada oshirish. 
5)  Jahon  bozorlarida  raqobat  tobora  kuchayib  borayotgan  bugungi 
sharoitda  iqtisodiyotimizning  raqobatdoshligini  tubdan  oshirish, 
eksportga  mahsulot  chiqaradigan  korxonalarni  qo‗llab-quvvatlashni 
kuchaytirish,  fermer  xo‗jaliklari,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 
subyektlarining  eksport  faoliyatidagi  ishtirokini  har  tomonlama 
rag‗batlantirish. 
6)  O‗zbekiston  Respublikasining  Milliy  axborot-kommunikatsiya 
tizimini  2013–2020-yillarda  kompleks  rivojlantirish  dasturini  amalga 
oshirish. 
7)  Bugungi  sharoitda,  internet  va  elektronika  davrida iqtisodiyot 
tarmoqlarida  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 
keng  joriy  etish,  «Elektron  hukumat»  tizimi  faoliyatini  yanada 
rivojlantirish.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish