O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Inqirozdan chiqishning asosiy mexanizmi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

 
16.4. Inqirozdan chiqishning asosiy mexanizmi 
 
Inqiroz  vaziyat  yuzaga  chiqqanda  mikrodarajadagi  boshqaruvda 
tashkilot uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisoblanadi: 

 
istiqbolli rejalashtirishni tashkillashtirish; 

 
doimiy  ravishda  ichki  va  tashqi  muhitni  nazorat  qilib  borish, 
inqirozdan olib chiqaradigan qat‘iy choralarni ishlab chiqish; 

 
rezervlarni tashkil etish - moliyaviy, moddiy; 

 
 ishlab chiqarishga sarf-xarajatlarni kamaytirish;  

 
diversifikatsiya. 
Inqirozdan  chiqishning  asosiy  mexanizmi  innovatsiyalashgan 
siyosatni olib borish hisoblanadi. 
 


262 
 
Zamonaviy  menejerlar  fikricha  (iqtisodiyot  va  boshqaruv 
sohasidagi) faqatgina  faol innovatsion siyosat tovarlarga, mahsulotlarga 
yangi  texnologiyalarni  investitsiyalar  orqali  jalb  qilish  inqirozdan 
chiqish muammosini ijobiy hal qilishga imkon beradi. 
Shuni  aytish  lozimki,  korxonaning  har  tomonlama  rivojlanishi  va 
yaxshi  faoliyat  ko‗rsatishida  menejerlarning  qobiliyatlari  katta  rol 
o‗ynaydi.  Misol  uchun,  iqtisodiyotning  umumiy  ahvoli,  bozor 
konyunkturasi, bozor jarayonlaridagi o‗zaro aloqa masalalari va b. 
Informatsion  faoliyat  tahlili  shuni  ko‗rsatadiki,  bozor  iqtisodiyoti 
sharoitida  xo‗jalik  yuritishning  maxsusligidan  kelib  chiqqan  holda, 
ijtimoiy-iqtisodiy  informatsiya,  asosan,  bozor  tomonidan  tug‗iladi. 
Bozor  ishtirokchilari  o‗rtasida  axborot  almashuvi  yuz  beradi:  ishlab 
chiqaruvchi  va  iste‘molchi  o‗rtasida,  banklar  o‗rtasida,  informatsiyali 
markazlar  o‗rtasida.  Bozor  axborot  vositalari  orqali    ishlab  chiqarishni 
tartibga  soladi  va  korxona  rahbarlarining  keyingi  faoliyatlarini  aniqlab 
beradi.  Informatsiyaning  yuqori  talabga  ega  bo‗lgan  tovarga  aylanishi 
yuz  beradi,  mulkchilik  shaklidan  qat‘i  nazar  xo‗jalik  yurituvchi 
subyektlarga  iqtisodiy  o‗sish  faktorlaridan  biriga  va  kamdan  kam 
resursga aylanadi. 
Mutaxassislar bu dalilni bizning sivilizatsiyamizga yangi rivojlanish 
bazasi  sifatida  kirib  kelishi  bilan  bog‗laydilar.  Bunday  informatsiya 
faqat vosita emas, balki kuchli mustaqil omilga aylanadi. Shunga bog‗liq 
ravishda  tashkilotga  informatsiyali  faoliyatga  ahamiyat  kuchaytirildi, 
avtomatlashtirilgan  informatsiyali  sistemalar  va  informatsiyali  bazalar 
yaratish kuchaytirildi. 
Shuni  aytish  kerakki,  korxona  rivojlanishining  informatsiyali 
ta‘minotini  ishlab  chiqish  jarayonida  ichki  va  tashqi  informatsiyani 
tahlilsiz, sistemalashtirishsiz amalga oshirib bo‗maydi: 
1. Tashqi informatsiya: 
 


263 
 
a)  korxona  faoliyati  doirasidagi  ilmiy-texnikaviy  yutuqlari  haqida 
ma‘lumotlar; 
b)  siyosatdagi  o‗zgarishlar,  qonunlar  va  boshqa  o‗zgarishlar 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;  
d) bozor konyunkturasi holati haqida informatsiya.  
2. Ichki informatsiya: 

 
korxona  joriy  faoliyati  holati  bo‗yicha  iqtisodiy-statistik 
ko‗rsatkichlar; 

 
korxona ishlab chiqarish potensiali ko‗rsatkichlari; 

 
yangi  mahsulot  yaratish  bo‗yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlari  holat 
ma‘lumotlari; 

 
korxona  rivojlanishidagi  bashoratchilar  ma‘lumotlari  –  iste‘mol-
chilarning kutilishi, bozor konyunkturasi va b.; 

 
litsenziya,  faoliyat,  intellektual  hamda  sanoat  mulk  himoyasi 
holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; 

 
mehnat resurslari va kadrlar ta‘minoti to‗g‗risida ma‘lumotlar; 

 
korxona  ishlab  chiqarish  potensiali  bo‗yicha  iqtisodiy-statistik 
ma‘lumotlar. 
Maxsus  yo‗naltirilgan  tadqiqotlardan  olingan  natijalarga  ko‗ra, 
xo‗jalik  subyektlariga  korxonaning  ijobiy  rivojlanishini  ta‘minlab 
beruvchi  maxsus  bo‗linma  tashkil  etish  tavsiya  etiladi.  Bu  bo‗linma 
mustaqil  bo‗lim  sifatida  yoki  marketing  reklama  xizmatlari  bo‗yicha 
bo‗limning bir qismi sifatida tashkil etilishi mumkin. 
Korxonaning umumiy tahlili, masalasi va funksiyasini tahlil qilishda 
ular faoliyatining asosiy yo‗nalishlarini aniqlash imkonini beradi.  
1. Asosiy masalalar: 

 
tashqi muhitning informatsiyalashgan marketingi; 

 
tashqi  muhit  talablariga  moslashish  bo‗yicha  korxona  faoliyatida 
turli xil tadbirlar ishlab chiqish. 
 


264 
 
 
2. Asosiy vazifalar: 

 
korxona rivojlanishining perspektiv rejalarini ishlab chiqish; 

 
tovar-moliyaviy menejment; 

 
marketing; 

 
biznes-reja ishlab chiqish; 

 
potensial investorlar qidirish;  

 
sanoat va intellektual mulkning huquqiy potent himoyasi; 

 
qonunlar monitoringi; 

 
ma‘lumotlarni tahliliy-sintetik usulda tayyorlash. 
Keyingilarga diqqat-e‘tiborni qaratadigan bo‗lsak, bu yerda, birinchi 
navbatda,  davlat  nazorat  tashkilotlari  uchun  mo‗ljallangan  korxona 
faoliyati  to‗g‗risidagi  majburiy  axborotlar,  tashqi  va  tijorat  maqsadida 
tarqatiladigan  maxsus  axborotlar  va  boshqalar  mavjud.  Korxona  o‗zi 
haqidagi ma‘lumotlarni kataloglar, reyestorlar, jurnallar orqali tarqatishi 
lozim.  Bu  esa,  o‗z  navbatida,  xaridorlar  va  hamkorlar  ko‗lamining 
kengayishiga sabab bo‗ladi. 
Korxona  taraqqiyotini  va  minimal  tavakkalchilikka  borib  yangi 
bozorlarni  egallashni  o‗z  oldiga  maqsad  qilib  qo‗ygan  rahbar,  bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida  korxona  rivojlanishini  samarali  boshqarishi, 
birinchi  navbatda,  «rivojlanish  bo‗limi»  oldiga  aniq  maqsad  qo‗ya 
bilishi  lozim.  Bunday  bo‗linmalarning  asosiy  tuzilmaviy  unsurlarini  va 
ularning vazifalarini keltirishimiz mumkin: 

 
investitsiya  sektori
 
-  buning  vazifalariga  istiqbolli  sohalarga 
investitsiya  qilish,  investitsion  faoliyatning  samaradorligini  monitoring 
qilish va rivojlanish rejalarini ishlab chiqish kiradi; 

 
marketing  sektori

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish