O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Uydagi tartib faqat ayolga bog‗liqmi?



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Uydagi tartib faqat ayolga bog‗liqmi? 
Avvalambor  uyning  o‗zi  toza  va  batartib  bo‗lishi  lozim.    Barcha  narsalarning 
o‗z  joyida  turishi  va  hamma  bu  tartibga  amal  qilishlari  lozim.    Ertalab  har  joyda 
yoyilib  yotgan  narsalar  kayfiyatni  ko‗tarmasligini  o‗zingiz  ham  yaxshi  bilasiz.  
YAxshi  osilmagan  yoki  taxlanmagan  ko‗ylak  er-xotini  asabini  buzsa,  joyiga 
qo‗yilmagan  narsalar  qaynona-qaynotani  sizdan  norozi  bo‗lishiga  sabab  bo‗lishi 
mumkin.  
Qadimdan  erkak  oilasini  boqish  uchun  ko‗chaga  chiqar,  ayol  esa  –  uyga, 
bolalar  tarbiyasiga  qarar  edi.    Hozirgi  davrga  kelib  esa. halol  oila  ro‗zg‗orini 
tebratish uchun bir erkakning ishlashi etarli emas.  Talablar o‗zgargan.  Hozirda bir 
farzandning  o‗zini  kelajagini  qurish  uchun  faqat  to‗qqiz  yillik  o‗qishnining  o‗zi 
etarli emas.  
Uyimizning  ichki  ko‗rinishi,  tabiiyki bizning  odatimiz  va  didimizga  bog‗liq.  
Asosiysi, biz  va oila a‘zolarimiz o‗zini  qulay  va shinam  joyda  his  qilishni ko‗zda 
tutish lozim.  SHunga qaramay sizni e‘tiborga olinadigan bir qancha masalalar bor.  
Aytayliq  uyni narsalar bilan to‗ldirib tashlab, uni magazinga o‗xshatib qo‗ymaslik 
lozim.  
Uyni  yasatish  va  saranjomlashda  derazalarga  alohida  e‘tibor berish  kerak  
Hohishga  qarab  ular  orqali  xonani  kengaytirishi  yoki,  aksincha  kichraytirish 
mumkin.   Derazalarni jonli rasmga aylantirish  mumkin.  YOki  ularni  musavvirlik 
bilan  drapirovka  bilan  berkitish  mumkin.  .  .    Har  qanday  holatda  ham  derazalar 
sizni  butun  olam  bilan  bog‗lab  tursin  va  uyga  imkoni  boricha  ko‗proq  toza  havo 
kiritib turish kerak.  
Agar  farzandlar  bo‗lsa  (ayniqsa  go‗daklar),  bolalar  yashayotgan  joyda  mebel 
jihozlari  va  uyning  umumiy  saranjomligi,  kichik  odamchalarning  erkin 
harakatlanishi va tabiiy o‗sishiga halaqit bermasligi lozim.  Diqqat qiling: agar siz 
                                                
29
 
Седакова  О.А.  Материалы  к  описанию  полесского  погребального  обряда//  Полесский 
этнолингвистический сборник: Материалы и исследования. – М., 1983, с.257. 


 
150 
bolalarga  haddan  ziyod  tanbehlar  berayotgan  bo‗lsangiz,  (Tegma!  CHiqma! 
YUgurma!  va  h.  q  )  aybdor  bola  emas,  mebel  joylashuvining  o‗quvsizligi  (yoki 
sizning  qobiliyatsizligingizdir).    Har  qanday  uyda  asosiysi  har  holda  narsa  emas 
(qanday qiymatga ega bo‗lishidan qat‘iy nazar) – inson.  SHu bilan birga o‗zingiz, 
yaqinlaringiz,  qariyalaringiz,  farzandlaringiz  ham.    Buni  yoddan  chiqarmaslik 
muhim ahamiyat kasb etadi.  
Tanishlarni uydagi boylik va qimmatli jihozlar bilan to‗ldirib hayratga solishga 
intilmagan  ma‘qul.    Qimmatbaho  va  zamonaviy  jihozlar  uyda  doimo  shinamlikni 
tug‗dirmaydi.  Ba‘zida buning aksi bo‗lishi ham mumkin.  
Boshqa  tomondan  esa,  uyni  eski  narsalar  bilan  to‗ldirib  tashlamaslik  ham 
lozim.    Ayniqsa,  agar  ulardan  anchandan  beri  foydalanilmayotgan  bo‗lsa.    Hech 
bo‗lmaganda  bir  yilda  bir  marotaba  uyni  eski  kerakmas  narsalardan  bo‗shatib 
turish maqsadga muvofiq.  
Oshxona, vannaxona va hojatxonani alohida tozalikda saqlash lozim.  
Har  qanday  uyni  gullar  go‗zallashtiradi.    Ayniqsa,  yangi  o‗zilgan,  chiroyli 
tanlangan  guldastalar,  quruq  o‗t  va  gullar  majmuasi,  turli  xonadon  gullari  bo‗lsa 
nur  ustiga  a‘lo  nur.    Bu  erda  hayolotingizning  imkoniyatlari  cheksizdir.    Ammo 
gullar  boshqa  barcha  narsalar  kabi  uyda  ozodaliq  e‘tibor  va  parvarishni  talab 
qiladi.    Faqatgina  ulardan  haqiqiy  xayolot  va  san‘at  asari  darajasiga  ko‗tarila 
oladiganigina xonangizni yasatishi mumkin.  Lekin oshirib yubormaslik ham joiz.  
Uy  hayvonlari  –  akvarium  baliqlari,  mushuq  qushlar  va  h.  q    –  nafaqat  uyni 
o‗zgartirib  yuboradi,  iliqlik  va  jon  bag‗ishlaydi,  balki  o‗ziga  xos  tarzda  uyga  oro 
beradi  (gullar  kabi).    Ammo  jonzotlar  bo‗lgan  uyda  yoqimsiz  hidlarning  bo‗lishi 
yomondir.    Uy  hayvonlari  va  uning  egalarining  doimiy  ifloslik  va  betartiblikda 
bo‗lishi undan ham yomonroq.  
Ko‗pchilik  erkak  ayollar  «yaxshi  pul  topa  boshlasalar»  oilani  boshqaruvining 
o‗z qo‗llariga oladilar degan hadik mavjud.  Bo‗lmagan gap.  Bu erkakka bog‗liq.  
Mamlakatimizda  ayol  kishining  daromadi  qanchaligidan  qat‘i  nazar  uning 
buromadi  bilan  erkak  shug‗ullanadi.    Boshliq  ham  u.    Lekin  bu  degan  ayolning 


 
151 
ishga  «sho‗ng‗ib»  ketishi  degani  emas.    Ayolning  ishi  oilaga  halaqit  bermasligi 
lozim.   
Bolalarni  ozoda  bo‗lishga,  batartib  ish  yuritishga,  munosabatlar  –  bularni 
rivojlantirishning barchasi ayolning zimmasida.  Erkaklar esa «ishlab keldim» deb, 
faqat  shoir  iborasi  bilan  aytganda  «tirik  hamyon»  vazifasini  o‗tashi  yaxshi  emas.  
Bu ayolni  ham jismonan  ham ruhan toliqtiradi.  Uydagi og‗ir  ishlar, bozor-o‗char 
ko‗proq erkakning zimmasida.  Agar bunga imkon topa olmasa, ayol uchun sharoit 
yaratib berish lozim.   
Texnik  masalalarda  –  issiq  va  sovuq  suv,  ayolga  yordamchi  mashinalar  – 
go‗sht  maydalagich,  kir  yuvadigan  mashina  va  h.  q    Zero,  ular  ketadigan  vaqt 
hamda  mehnatni  tejaydi.    Ammo  ularning  yo‗qligi  ozodalik  va  tartiblilikni 
bo‗lmasligi degani emas.  Har qanday sharoitda yashayotgan ayolning uyiga kirib 
borgan  kishi  uning  sharoitiga  emas,  uy  tutishiga  baho  beradi.    Barcha  narsalar  va 
sharoit  mavjud  bo‗lgan  uydan  ko‗ra,  kichkina  xonalar  bo‗lsa  ham  odmigina 
sharoitsiz  uy  ham  chiroyliroq  ko‗rinish  kasb  etishi  mumkin.    SHu  sababdan, 
ba‘zida  uyingizga  kirgan  mehmonlar  «uyingiz  shinamgina  ekan-a?!»  deyishlari 
bejiz emas.  Ammo faqat «odamlarning ko‗ziga» uyni tutish yaxshi emas.  U erda 
siz  yashaysiz.    Hurmat  avvalambor  o‗zdan  boshlanadi.    Avvalambor,  o‗ziga  va 
oilasiga qulaylik tug‗dirgan odamdan oqil odam yo‗q.  
Batartib oilada yashagan bola ham ozoda bo‗ladi.  U ota-onasidan qanday qilib 
kelishuv asosida oila boshqarishni o‗rganadi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish