O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Salomlashish  odobi:
 ertalab  turgach,  yuvinib,  qaynota-qaynona,  oila  a‘zolari 
bilan muloqotni iltifot bilan salom berish, "YAxshi dam oldingizmi?" degan so‗zni 
aytish bilan boshlash joiz.  Assalomu-aleykum, arabcha so‗z bo‗lib, "Sizga tinchlik 
tilayman" deganidir, bu so‗z to‗liq aytilishi kerak   "Assalom-alayka", "Va alayka", 
"Salom",  "Salom  alaykum",  "Salom  berdik",  "Alaykum"  kabi  qisqa  so‗zlar 
ishlatilmasligi kerak  
Oiladagi  bajarilishi  lozim  bo‗lgan  talablar,  ko‗chadagidan  kam  emas.  
Tashqarida  tavoze  bilan,  uyda  qo‗pol  bo‗lgan  odam  hammadan  kamroq  hurmatga 
loyiq.    «Rahmat»»,  «kechirasiz»,  «iltimos»  so‗zlari  shartli  bo‗lsa  ham  juda  zarur 
ahamiyat  kasb  etadi.    Ba‘zida  ayollar  erlarining  buyruqlarini  bajarish  bilan 
charchaganlardan  dugonalariga  shikoyat  qilishini  guvohi  bo‗lamiz.    Kundalik 
ayolning vazifasiga kiradigan narsalar uchun er iltimos qilishi shart emas.  Ammo 
u  ayol  kishini  izmida  bo‗lgan  so‗zlarni:  «iltimos  sigaretimni  olib  kel,  ishdan 


 
145 
chalg‗igim  kelmayapti»  qabilidagi  iboralarni  aytishi  shart.    Bunda  «iltimos»ni 
ayolga nisbatan qo‗llashni or qiladigan erkaklar uchun «azizim, onajonisi, …. xon» 
kabi shirin so‗zlarni ishlatishlari mumkin.  
Agar  ayol  har  kuni  dasturxonga  taom  olib  kelsa,  er  hadeb  rahmat  deyaverishi 
shart  emas.    YOki  ayol  ketishdan  oldin  er  uning  ustiga  paltosini  kiydirib  qo‗ysa 
ham  ayolni  minnatdorchilik  bildirish  zaruriyat  taqozo  etmaydi.    Ammo 
«Vanaxonadagi  xalatim  olib  keling»  degan  iltimoslarga  minnatdorchilik  bildirish 
lozim.    Insonlar  bilan  munosabatda  ohang  asosiy  o‗rinni  egallaydi.    «CHoy  quy» 
degan  so‗zning  o‗zi  ham  iliq  muhabbat  bilan  yo‗g‗rilgan  ohangda  eshitilishi, 
«CHoy  quying,  iltimos!»  deb  aytilgan  qo‗rs  ohang  ko‗ngilni  og‗ritishi  mumkin.  
YUvingandan so‗ng albatta, vanna yoki rakovinani yuvib qo‗ying.  Bu hammaning 
burchidir.    Idish  yuvadigan  rakovinaga  tuflash,  og‗iz  chayish,  tish  yoki  yuzni 
yuvish madaniyatsizlikdir.  
Xullas,  uyni  ozoda  tutish  faqat  uy  bekasiga  bog‗liq  emas,  bu  barcha  oila 
a‘zolarini ishidir.  
Ota-onaning tashqi ko‗rinish  ham, ayniqsa, farzandlar oldida  muhim ahamiyat 
kasb  etadi.    Bolani  bog‗chadan  olgani  borganda, bolalar  kichkina  bo‗lsa  ham 
solishtirish  xususiyatiga  egaligini  unutmasligi  lozim.    Bolalar  ota-onalaridan 
uyalishga  yo‗l  qo‗ymaslik  lozim.    Bunda  «Ota-onani,  ayniqsa  onani  sevish  shart» 
deb  qo‗yilgan  talablar doimo  o‗zini  oqlayvermaydi.    Men  kelinman,  qaynona-
qaynotamga qaraymi, erimgami yoki bolalargami deb boshqalarni ham o‗zini ham 
aldaydigan  kelinlar  oxir-oqibat  soxtalikni  ko‗rsatib  qo‗yadilar.    Atrofdagilarni, 
ayniqsa  bolalarni  bunday  uslub  bilan  o‗ziga  tortish,  ularni  rahmini  keltirish 
o‗xshovsiz xiyla xolos.  Axloqshunoslikda muhabbat erkinlikda namoyon bo‗ladi, 
degan ilmiy xulosani nazardan chetda qoldirmang.  
Hech  qachon  bolalarning  mehnati  uchun  «pora»  bermaslik  lozim.    «Buni 
qilsang,  uni  olib  beraman»  qabilida.    Buning  o‗rniga  unga  ixtiyor  bergan  ma‘qul.  
Istagan  ishni  tanlab  olsin.    Ammo  bajarsin.    Mehnatsiz  yashab  bo‗lmaslikka 
o‗rgatish lozim.  


 
146 
Agar  o‗zingiz  namuna  bo‗lmasangiz  bunday  «tarbiya»ning  hech  foydasi 
bo‗lmaydi.  Bolalar  oldida  bir-birining  vazifalarini  «eslatib»  urushmaslik  kerak  
Agar  sizdagi  o‗zaro  ziddiyatni  bolalar  bilib  qolsalar,  ular  sizdan  foydalana 
boshlaydilar.  
Bunga  qarshi  faqat  va  faqatgina  oiladagi  axloqiy  muhit  choradir.  Oilaviy 
bayramlar –  har bir  oilaning shaxsiy  ishidir.  Ammo tug‗ilgan kunda birlashuv  va 
hamjihatlikning  bo‗lishi  turgan  gap.    Hammaga  ma‘lumki  ayollar  o‗z  tug‗ilgan 
kunlarini erlari yoddan chiqarishlarini juda og‗ir qabul qiladilar.  
Er-xotinlar o‗rtasidagi asosiz paydo bo‗laveradagian bahslarning qat‘iy chorasi 
– ko‗p hollarda ajrashish bilan tugaydi.  Ammo bunga noiloj vaziyatlardagina yo‗l 
qo‗yish  mumkin.    Munozaradagi  ma‘lum  qoidalarga  amal  qilib,  bu  baxtsizlikdan 
qutulish  mumkin.    Masalan,  hech  qachon  o‗z  norozilikarni  kinoyali  ohangda 
aytmaslik lozim – bu odamni haqoratlaydi va instinktiv ravishda qarshilik qilishga 
undaydi.  YUrakdagi dardning hammasini faqat mulozama, muloyimlik va bosiqlik 
bilan  ayta  olish  mumkin.    Bu  oilada  ijobiy  javob  –  tushunishni  vujudga 
keltiradigan  yagona  ohangdir.    Muomala  qila  olishning  ziddi  jizzaki,  buyrug‗ona 
ohangdir.  Ochiqdan-ochiq odamga achinishni e‘lon qilish ham, aksil ta‘sir beradi.  
Bundan  tashqari  fikrni  oxirgacha  aytmasliq 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish