O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Kelinlik liboslari
.  Kelinning odobi, uning o‗zligi, borligini namoyon etadigan 
tomonlardan  biri,  uning  garderobi,  ya‘ni  kiyinishidir.    uch-to‗rt  ko‗ylakni  yuvib 
dazmollab  o‗qishga,  ishga  kiyib  tejamkorlikka  o‗rgangan  qizlar  to‗y  munosabati 
bilan  keyin  birdaniga  ikki  yoqdan  bir  necha  o‗n  sidra  sarpolik  bo‗lib  qoladilar.  
Zotan,  borini  bordek  ko‗rsatish,  kamini  yashirib,  sevinib  yurish  ayollarning 
qo‗llarida.   
Birinchi  navbatda  ikki  tomon  sarpolarini  qishligini-qishlikka,  yozligini-
yozlikka  ajratiladi.    Keyin  kiyimlar  yana  qishligi-qishlikka,  uyligi-uylikka 
ajratiladi.   O‗z  navbatida,  ular  yana sarxillanadi,  masalan:  liboslar  ichidan atoqlik 
mehmonga  kiyiladiganlarini  (kelin  salomlar,  to‗y-xashamlar)  shifoneringizning 
to‗riga chiroyli qilib ilib qo‗ying.  Kerak paytda darrov kiyib chiqasiz.   
Uyliklar  ham bir sidra saralanadi.  Masalan:  mehmon kelganda kiyiladiganlari 
alohida  osiladi.    Mavsumga  qarab  ertalab,  peshinda,  kechqurun  kiyiladiganlari, 
bayram-hayitlarda  kiyiladiganlari,  ajratiladi.    Ayrimlar  kelinlar  doimo  yasanib 
yurishlari  kerak  tez-tez  kiyim  almashtirish  kerak  deb  bir  yilga  qolmay  barcha 
kelinlik  liboslari  ohorini  to‗kib  kir  tog‗orada  chiritadi.    Ertalab  hovli  supurganda 
uy  yig‗ishtirganda  sun‘iy  matodan  to‗qilgan  ko‗ylak  lozim  kiygan  ma‘qul 
(homiladorlik  vaqti  bundan  mustasno).    YUvganda  aynimaydi.    Nonushtani 
tayyorlab bo‗lgach, odatda oshxonada ovqati isi kelib turmaslik uchun, nonushtaga 
ko‗pchilik  bilan  o‗tirishdan  avval  libosni  almashtirgan  ma‘qul.    To‗g‗ri  yaltirog‗i 
bor  kiyimlar  kelin  liboslarining  ko‗rki  hisoblanadi.    Ammo  oshirvormasliq  ya‘ni 
bachkanalik darajasiga ko‗tarmaslik lozim.   
Ish yoki o‗qishga qatnaydigan kelinlar yaltirog‗i yo‗q kiyimlar kiygani ma‘qul.  
Kelinman  deb,  bosh  oyoq  yaltiroq  kiyganlar  boshqalar  diqqatini  tortadi  xolos.  
Tungi  kiyimlar  alohida  saqlangani  ma‘qul.    YAna  bir  nozik  masala  –  ayrim 
kelinlarning  xonasi  egasi  ko‗chib  ketgan  uyga  o‗xshaydi.    Hamma  joyda  kiyim, 
lozim,  ko‗ylaq  xalat.  Divanda  er  kiyimi,  stulda xalat,  krovatda  ro‗mol-u  ko‗ylaq  
Turlanish  kerak  ekan,  deb  kiyimni  duch  kelgan  erga  uloqtirib,  boshqasini  kiyib 
ketaverish yaxshi  emas.    To‗g‗ri,  yoshlarning  ham  kattalarga,  ham  ro‗zg‗orga, 
hamda  keti  tugamaydigan  mehmonlarga  xizmat  ko‗rsatishi  bunday  nozik  jusssiga 


 
142 
og‗irlik qiladi.  Ammo birinchi navbatda turmush o‗rtog‗i, so‗ng o‗zingiz e‘tiborga 
loyiq ekanligingizni unutmaslik lozim.   
Kelinning  xonadonga  xizmatchi  bo‗lib  kelishi  –  kelajakda  uni  professional 
darajadagi  xizmatchiga,  uy  bekasi  bo‗lib  kelishi  esa  uy  bekalikka  olib  keladi.  
O‗ziga  nisbatan  e‘tiborsizlik  atrofdagilarni  ham  shunday  munosabatda  bo‗lishiga 
sabab bo‗lishi mumkin.  Ammo hadeb turlanaverish ham ayol ko‗rkini ―sindiradi‖.  
Bora-bora  bunday  ayollar  o‗zini  yanada  chiroyli  ko‗rsatishning  eng  murakkab 
yo‗llarini qidirishga majbur bo‗lib qoladilar.  
Zeb-ziynatning,  taqinchoqning  o‗ziga  yarasha  ma‘naviy  yuki,  o‗ziga  yarasha 
ma‘naviy  qadriyati,  tarbiyaviy  ahamiyati  bor.    Taqinchoqlar  xilini  xiliga,  rangini 
rangiga, kiygan libosga moslab taqiladi.  Bu taqinchoqlar balki uncha qimmat ham 
bo‗lmas,  ularning  bezagi  kiygan  libos  bilan  uyg‗unlashib,  go‗zal  ansambl  tashqil 
etadi.  
Lekin  bu  degan  kelin  bo‗lish  rusmlarini  joy-joyiga  qo‗yaman  deb,  ota-ona, 
opa-singil,  aka-ukalar  rizqini  qiyib  bo‗lsa-da,  boshqalardan  qolishmaslik  eng 
yomon  narsadir.    Bu  bilan  baxtli  bo‗laman  degan  odam  qattiq  adashadi.    YOmon 
niyatda bo‗lgan odam baribir, qanday e‘tiborli bo‗lishingizdan qat‘iy nazarda sizga 
bo‗lgan  munosabatini  o‗zgartirmaydi.    Aybni  doimo  barchadan  va  barcha 
narsalardan  topsa  bo‗ladi.    Beayb  parvardigor.    Ota-onalar  ne  azobda  qiynalib 
qiziga  qilib  bergan  bu  sarpolar  hech  qancha  vaqt  o‗tmay  sandiqda  keraksiz  narsa 
bo‗lib  yotishini  unutmaslik  lozim.    Ortiqcha  harajat,  uvol  va  isrof  keyin  o‗zining 
samarasini beradi.  Agar yoshlar avvaldan kirim va chiqim borasida o‗ylamasalar,  
bunday oilaning kelajakdagi iqtisodiyotini tasavvur qilish mumkin.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish