O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


-MAVZU. DIPLOMATIK VA XALQARO ETIKET



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

8-MAVZU. DIPLOMATIK VA XALQARO ETIKET 
1.
 
Sohaviy etiket. Diplomatik etiket 
2.
 
Rasmiy qabullar
 
3.
 
Xalqaro etiket 
 
Diplomatik etiket – bu diplomatlar va boshqa rasmiy shaxslarning bir-biri bilan 
diplomatik  tadbirlarda  bo‗ladigan  muloqotlari  chog‗ida  amal  qiladigan  yaxshi 
xulkdarining qoidalari.  
Diplomatik  etiket  shakllanish  jarayonida  umumiy  etiket  qoidalariga  tayanadi, 
shu  bilan  birga  diplomatik  normalar  va  qoidalar  biznes    etiketi  amaliyotida  va 
umumiy  etiket  qoidalarida  o‗z  aksini  topadi.    Ushbu  qoidalarni  bo‗zilishiga  yo‗l 
qo‗yish  mumkin  emas,  oddiy  takallufning  munosabatlarda  qo‗llanmasligi 
diplomatik  etiketda  hurmatsizlikka  tenglashtiriladi  hamda  xalqaro  va  millatlararo 
ziddiyatlarni keltirib chiqarishga qodir.  
Etiket  qoidalariga  ayniqsa,  diplomatlar  tomonidan  rioya  qilinishiga  katta 
e‘tibor  qaratiladi,  chunki  bu  qoidalarning  bo‗zilishi  yoki  bajarilmasligi  mamlakat 
yoki  uning  rasmiy  vaqillari  nufo‗ziga  putur  etkazishi  va  buning  natijasida 
mamlakatlar o‗rtasidagi aloqalarning bo‗zilishiga olib kelishi mumkin.  
Diplomatik  etiket  turli-tumandir.    U  o‗z  ichiga  uchrashuvlar,  o‗zaro  salom 
almashish,  tabrik  yo‗llash,  qabul  marosimlarini  o‗tkazish,  tashriflarni  amalga 
oshirish,  suhbat  va  muzoqaralar  olib  borish    etiketi  va  diplomatik  seremonialni 
qamrab oladi.  
Diplomatiya — bu o‗zaro kelishuvlar, bitim va konvensiyalar tuzish  san‘atidir.  
Ushbu natijalarga uchrashuvlarning muvaffaqiyatli yakunida erishiladi.  
Diplomatik uchrashuvlar o‗zining belgilangan reglamenti,  etiketi va ko‗pincha 
o‗z  protokoli  bilan  ajralib  turadi.    Buning  asosiy  sababi  shundan  iboratki, 
diplomatik  uchrashuvlarning  qatnashchilari  diplomatiya  kabi  nozik  faoliyatning 
asosini  tashqil  etuvchi  subordinatsiya  qoidalari  va  professional  cheklanishlarga 
qat‘iy rioya qiladilar.  


 
103 
Uchrashuvlar  o‗zaro  salom  almashish  bilan  boshlanadi.    Salomlashish  turlari 
har  xil  bo‗ladi.    Horijiy  mamlakatlarda  o‗zoq  safarda  bo‗lgan  kishi  bu 
mamlakatning  milliy  udum  va  qonun-qoidalarini  o‗z  mamlakati  urf-odatlari  bilan 
taqqoslaydi.    Misol  uchun,  shuni  ta‘kidlash  lozimki,  musulmonlar  uchun  SHariat 
qonunlariga binoan ayol va erkak kishining qo‗llari, agar ular qarindosh bo‗lmasa, 
hatto bir-biriga tegib ketishi ham qat‘iyan man etiladi.  
Biror-bir  kishi  sharafiga  qabul  marosimini  tashqil  etayotgan  paytda  yoki  uni 
mehmonga  taklif  etayotgan  hollarda,  mehmon  qaysi  dinga  e‘tiqod  qilishini  bilish 
zarurdir.  Islom dini qoidalariga ko‗ra spirtli  ichimliklarni  iste‘mol  qilish qat‘iyan 
man etiladi.  Hindulik dini qoidalariga asosan esa taomlar vegetarian turida bo‗lib, 
zinhor mol go‗shtidan tayyorlanmagan bo‗lishi lozim.  
Diplomatik  salom  almashish  qoidalari  umumqabul  qilingan  salom  almashish 
qoidalaridan deyarli farq qilmaydi.  
Avval  tanishtirilishi  kerak  bo‗lgan  kishining  ismi-sharifi  aytiladi,  so‗ngra 
kimga  tanishtirilayotgan  bo‗lsa,  uning  ismi-sharifi.    Kichik  yoshli  kishini  katta 
yoshli  kishiga,  erkak  kishini  ayol  kishiga,  lavozim  jihatidan  past  kishini  lavozimi 
jihatidan baland kishiga tanishtiriladi.  
Tanishtirilayotgan  kishi,  agar  erkak  kishi  bo‗lsa,  boshini  biroz  egib  ta‘zim 
qiladi, ayol kishi esa boshini biroz egib qo‗yish bilan kifoyalanadi.  
Agar  ayol  kishi  uni  qiziqtirayotgan  kishi  bilan  tanishish  niyatida  bo‗lsa,  u 
ikkalasiga  tanish  bo‗lgan  kishini  tanishtirish  haqida  iltimos  qilishi  mumkin.  
Ikkalasiga  tanish  bo‗lgan  kishi,  ularning  qiziqish  doirasidan  kelib  chiqqan  holda, 
suhbat qurishga yordam beradi.  
O‗tirgan holda boshni egib ta‘zim qilish deyarli noqulay bo‗lgani uchun erkak 
kishi  tanishayotgan  paytda  o‗rnidan  turishi  lozim.    Ayol  kishi  esa  aksincha,  o‗z 
o‗rnidan turmasligi lozim.  Ayol kishiga yoshi undan katta ayol tanishtirilayotgan 
bo‗lsa  yoki  u  tanishtirilayotgan  kishi  haqida  o‗zining  alohida  fikrini  izhor 
qilmoqchi  bo‗lgan  hollar  istisnoni  tashqil  etadi.    Ushbu  hollarda  u  o‗rnidan  turib 
salomlashish uchun qo‗l o‗zatishi mumkin.  


 
104 
Erkak kishi bilan tanishayotgan hollarda ayol kishi agar o‗zi uchun bu narsani 
o‗rinli deb topsa, salomlashish uchun qo‗l o‗zatadi, aks hollarda boshini biroz egib 
salomlashish  bilan  kifoyalanadi.    Qolgan  hollarda  yoshi  kattaroq  bo‗lgan  kishi 
salomlashish uchun qo‗lini birinchi o‗zatadi.  
Xonaga  kirib  kelayotgan  kishi  birinchi  bo‗lib  yig‗ilganlar  bilan  salomlashadi.  
Birinchi bo‗lib ketayotgan kishi yig‗ilganlar bilan hayrlashadi.  
Biror-bir kishini boshqalarga tanishtirayotgan paytda nafaqat uning to‗liq ismi-
sharifini  aytish  bilan  cheklanish  kerak  balki  bu  shaxsga  xos  fazilatlar  haqida 
qisqacha gapirib o‗tilsa, suhbat davom etishi uchun zamin ham yaratiladi va yangi 
tanishganlarning fikr almashishi biroz osonlashadi.  
Agar diplomatik qabul marosimida yoshi va lavozimi teng bo‗lgan ikki kishini 
tanishtirish  kerak  bo‗lsa,  yaqinroq  turgan  yoki  nisbatan  tanish  bo‗lgan  kishini 
birinchi  tanishtirish  lozim.    Agar  tanishtirilayotganlar  ichida  biri  mashhur  kishi 
bo‗lsa, unga ikkinchisini tanishtirish bilan chegaralanib qolish mumkin.  
Amaliy  yoki  protokol  uchrashuvlari  (ehtirom  yuzasidan  tanishuv  yoki 
hayrlashuv  uchrashuvlari)  davomida  suhbat  olib  boriladi.    Suhbat  ko‗p 
vaziyatlardan kelib chiqib, reglamentga buysunmaydi.  Ammo uchrashuvga tashrif 
buyuruvchilar  ham,  ularni  qabul  qiluvchilar  ham  o‗zlari  uchun  taalluqli  bo‗lgan 
ba‘zi bir qoidalarni e‘tiborga olishlari darkor.  CHunonchi, ehtirom  yoki protokol 
tashrifi uncha o‗zoq emas, ya‘ni 20, ko‗pi bilan 30 daqiqadan oshmasligi zarur.  
Diplomatik  seremonial  (tantana  marosimlari)  xilma-xil,  murakkab,  nozik 
tomonlari mavjud bo‗lgan seremonial hisoblanadi.  
Diplomatik  protokol  talablarining  rivojlanishi  urf-odatlar,  davlatchilik  va 
umumqabul qilingan xulq-atvor qoidalarini o‗zida aks ettiradi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish