Tayanch iboralar
Kategoriya va etika kategoriyalari; burch va kasbiy burch; O‗zbekiston
fuqarolarining fuqarolik burchlari; ofitsiant, metrdotel, shveysar, barmen va
garderobchi.
Vijdon; ichki sudya, posbon, or–nomus va kasbiy etika; mezon;
obro‗; sifatli ado etish; aldamasliq
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.
Kasbiy kategori deganda nimani tushunasiz?
2.
Vijdon nimani anglatadi?
3.
Or-nomus nimadan iborat?
4.
Mezon deganda nimani tushunasiz?
32
4-MAVZU. MUOMALA MADANIYATI, TANISHISH, TANISHTIRISH
QOIDALARI
1.
Suhbatlashish etiketi.
2.
O‗zini boshqalarga tanishtirish
3.
Qo‗l berib so‗rashish qoidalari
4.
Murojaat qilish etiketi.
5.
Bahslashish etiketi.
Etiket bo‗yicha muomala qilishni bilish – avvalambor suhbatni olib bora olish
qobiliyatidir. Bu erda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. Suhbatlashish
muomala madaniyatini shakllantirishning muhim vositalaridan biri sanaladi. Har
qanday suhbat avvalo, ma‘lumotlar almanishuvidir. Suhbatlashish orqali insonlar
bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida ma‘lumotga ega
bo‗ladilar, bir-birlarini tushunib boradilar, shu bilan birga muomala
madaniyatlaridagi
ayrim
bo‗shliqlarni to‗ldiradilar. Suhbatdoshni gapini
bo‗lmasdan uni oxirigacha tinglay olish muhim xususiyat kasb etadi. Zero, diqqat
va sabr-toqat bilan eshita olish qobiliyati suhbatdoshga nisbatan hamdardliq
layoqatliliq hayrixohlikni ko‗rsatadi. Lekin bu qobiliyat faqatgina tug‗ma
xususiyat kasb etmaydi – har bir inson uni o‗zida hamda farzandlarining
tarbiyasida mujassam etib, takomillashtirish mumkin. Bunda axloqiy tarbiya –
axloqiy me‘yorlar katta ahamiyat kasb etadi.
Suhbat olib borish mahoratini o‗rganish mumkin, buning uchun qadimgi
notiqlar kabi sizga zarur bo‗lgan bilimlarni egallash lozim. Ammo bu degani
do‗stona uchrashuvlarni notiqlik san‘ati bo‗yicha musobaqaga aylantirish shart
emas. Barcha holat va narsalarga yuzaki qaraydigan jamiyatga bir oz hazil va
engillik bilan ishonchli so‗zlash – bu iste‘dodli odamlar ham tan beradigan
qobiliyatdir. Har kimga ham aqlli gaplarni osonlik bilan etkazish qobiliyati
berilmaydi. Suhbat san‘atida sergaplikka yo‗l qo‗ymay mashq qilish lozim,
hamsuhbat ruhiyatini hisobga olish kerak va bu etarli darajadagi tajribani talab
qiladigan faoliyatdir.
33
Avvalambor biz o‗zimizning «men»lashimizdan qochishimiz lozim. O‗z
shaxsiyligini berkitib, o‗zgalarning qiziqishiga e‘tibor bermoq – bu har bir
suhbatning asosiy afzalligidir. YAxshi ohang suhbatdoshiga ko‗ngilsiz yoki uni
tushkunlikka tushiradigan suhbatlardan qochishni talab qiladi. Jamoatga yoqish
uchun suhbatdoshingizga yaqin bo‗lgan va uni ko‗proq qiziqtiradigan suhbat
mavzularini tanlashingiz lozim. Jamiyatning yoqimsiz a‘zolariga doimo hamma
narsadan noliyveradigan va ayb qidiraveradigan odamlar kiradi. Ammo, muloqot
qilish me‘yori va tajribasiga ega haqiqiy tarbiyali inson hamisha o‗z talabalari
darajasida kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‗rikengdir. Agar jamoat
sizga notanish bo‗lsa, suhbatda mavjud odamlar borasida gaplashmagingiz ma‘qul,
avval ularning o‗zaro munosabatlarini ko‗zatib, shu asosda biron bir narsa deyish
mumkin.
So‗z - bu o‗zingizga qarshi qurolga aylanuvchi kuchdir. YAqin kishini
ayblashdan oldin, o‗ylab ko‗rgan ma‘qul. Hasadgo‗ylik eng yomon illat. U barcha
axloqiy xususiyatlarni yo‗qqa chiqaradi. Mardlik yoki ochiqlik bahonasida
ko‗rolmaslik hissini ochiqchasiga ko‗rsatishni odat qilgan kishiga bo‗lgan
munosabat hech qachon ijobiy o‗zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarni
yomonlashishiga olib keladi. Bundan hech kim yaxshi natijaga erishmaydi.
Atrofdagilar uchun notanish bo‗lgan tilda biror bir odam bilan suhbatlashish
madaniyatsizlikdir.
Suhbatdagi har bir so‗z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‗lmog‗i lozim.
Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biror-bir so‗zni qaytarish uchun
gapingizni bo‗lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo‗lgan qiziqishini yo‗qotadi,
deganini anglatadi. Bunda nutq o‗ta baland ohangda bo‗lmasligi lozim, aks holda
o‗zni noqulay ahvolga solib qo‗yish mumkin. Sizning suhbatingizga uchinchi
suhbatdosh qo‗shilsa-yu, mavzu esa o‗ta nozik xususiyat kasb etsa, o‗zingizni
iltifotli va xushmuomali jihatdan ko‗rsatganingiz ma‘qul. Jamoatda barcha
narsalar haqida gap ketadi, savollar chuqurlashib ketilmaydi, bir narsani har
taraflama ko‗rib chiqilmaydi, balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki
34
emas
17
. Boshqalar bilan gaplashish istagi borligini yoki suhbat zerikarli ekanligini
ko‗rsatmaasliq suhbat chog‗ida atrofga alanglab, qo‗lga tushgan biron narsani
o‗ynab, yoki soatga qarayverish suhbatdoshni jig‗iybiron qilib qo‗yish mumkin.
Suhbat chog‗ida o‗zini ko‗klarga ko‗tarib, o‗z faoliyati, izlanishlari, mulki o‗z
tanishlari doirasi bilan yoki kimnidir ismini ro‗kach qilish bilan maqtanish va
yaxshi emas – bunday iboralar suhbatdosh aqlini qanchalik tor ekanligi haqida
guvohlik beradi. Munozara qilinayotgan muammolar doirasi keng bo‗lishi
mumkin, biroq nima bo‗lganda ham o‗zingizni ishonchli his qiladigan, o‗zingizga
mos bo‗lgan mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir.
Suhbatdoshni sog‗liqdan nolish bilan ob-havo haqidagi so‗zlar bilan
charchatish ham etiketga to‗g‗ri kelmaydi. Suhbat haqiqatan ham qiziqarliroq
bo‗lish uchun barcha qobiliyat va imkoniyatlarni yordamga chaqirish lozim. SHu
jihatdan ham suhbatlashish etiketi bir necha qoidalarni taqozo etadi:
Suhbatdoshingizga og‗ir botadigan, xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib
qo‗yadigan, gapirishni xohlamaydigan mavzu bo‗yicha suhbatlashish vaziyatni
og‗irlashtiradi.
Suhbatdoshingizga o‗zingizga ta‘rif-tavsif berishdan, o‗z muammo va
yutuqlar haqidagi ma‘lumotlarga e‘tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat
chog‗ida o‗z ―men‖ ini markaziy joyga qo‗ymaslik lozim. Bunda axloqning
kamtarinlik va bosiqlik me‘yorlari qo‗l keladi.
O‗z fikrini uqtirishdan avval, noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun
suhbatdoshning ijtimoiy kelib chiqishi, shaxs sifatida, aytilayotgan masala
yuzasidan qanday ma‘lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi.
Suhbatdosh hurmat qilishga, hatto uni fikrini noto‗g‗ri deb hisoblaganda
ham oxirigicha eshitish bilan shaxsning so‗z erkinligini ta‘minlashga intilish lozim.
Boshqa insonlarini g‗iybat qilishdan, ularning shaxsiy hayoti, muammosi
haqida suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi.
17
Никитич, Людмила Алексеевна. Этика. Курс лекций: учебное пособие для студентов вузов / Л.А.
Никитич. – М.: ЮНИТИ-ДАНА,2012. – 392 с. (Гриф) - Электронная библиотека – Book.ru
35
Har qanday suhbat birinchi navbatda ma‘lumotlar almanishuvidir. Suhbat
jamoat joylarida yoki ko‗chada bo‗lsa, boshqalarni o‗ziga jalb qilmagan xolda,
ovoz past ohangda gaplashish lozim. Tez yoki haddan tashqari cho‗zilib gapirish
ham ma‘lumotni o‗zlashtirishga xalaqit beradi.
Kam muomala qilinadigan, yaxshi tanimaydigan insonlar bilan muloqotda
bo‗lishda barchaga tushunarli engil mavzu tanlanib olinadi. M:
Do'stlaringiz bilan baham: |