O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


Or–nomus (nomus), obro‗ va xushmuomalalik



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

3.Or–nomus (nomus), obro‗ va xushmuomalalik 
Bundan oldin ta‘kidlanganideq or- nomus (nomus) ham kasbiy etikaning asosiy 
kategoriyalaridan  biri  hisoblanadi.  Or–nomus  (nomus)  -  bu  kishining  boshqa 
shaxslarga,  shu  jumladan  oila  a‘zolariga,  hamkasblariga  va  rahbar  hamda 
                                                
16 
Золотухина - Аболина Е.В. Курс лекций по этике: Ростов н/Дону: «Феникс». 1999, стр.45. 


 
29 
mutaxassis  xodimlarga  nisbatan  sharm-hayoli  munosabatda  bo‗lishga  undovchi 
his,  o‗zining  obro‗sini  ulug‗lash  va  ardoqlash  tuyg‗usidir.  U  kishining  qadr–
qiymatiga,  o‗z  harakatlari  oldidagi  ahloqiy  mas‘uliyatlariga  bo‗lgan  qarashlarni 
ifodalovchi  tushuncha.  Aynan  or-nomus  (nomus)  o‗zining  hatti–harakatlarini  o‗z 
vaqtida  tuxtatishni  sezish  har  bir  kishining  obro‗sini  saqlashga  qaratilgan 
harakatidir.  
  Or-nomus  (nomus)  –  bu  odamni  baholash,  va  atrofdagi  kishilar  tomonidan 
uni  hurmat  qilish  mezoni  yoki  o‗lchovidir.  Or–nomus  (nomus)  kasbiy  etikaning 
boshqa kategoriyasi bo‗lgan obro‗ tushunchasi bilan chambarchas bog‗liq.
 
Obro‗  –  bu  ijtimoiy  hayotning  turli  sohalarida,  masalan,  ilmiy,  diniy,  siyosiy 
sohalarda,  jamoalarda,  oilada,  biron  shaxsning  bilimi,  tajribasi,  tashqilotchiligi 
kabi axloqiy fazilatlari tufayli orttirgan, ko‗pchilik tomonidan e‘tirof etilgan ta‘siri, 
nufo‗zidir.  Obro‗    shaxsnning  hulqi,  Vataniga  chin  sadoqat  bilan  xizmat  qilishi 
tufayli  ortib  boradi.  Obro‗  –  bu  yuksak  axloqiy  ma‘naviyat  majmui,  shuningdek 
uni o‗zida hurmat qilish belgisidir. 
  YUqori obro‗li kishining  hurmati  yana  ham  baland,  ishlari esa tez  va sifatli 
bitadigan bo‗ladi. Obro‗ bir kunlik yoki bir yillik hatti–harakat va yurish–turishlar 
natijasida  emas,  xuddi  tomchilar  yig‗ilib  oqar  suv  hosil  bo‗lganideq  u  yoshlikdan 
shakllanib  boradi.  SHuning  uchun  ham  rus  halqining  «obro‗yingni  yoshlikdan 
saqla» degan maqoli bor. 
  Obro‗ ayniqsa aholigi va sayyohlarga xizmat ko‗rsatuvchi korxonalar ishchi 
xodimlari, rahbarlari va mutaxassislari uchun juda ham o‗ta katta ahamiyatga ega. 
Agar  aholining  75-80  %  ga  yaqini  ovqatlanish  korxonalari  xizmatidan 
foydalanilishi hisobga olinsa, obro‗ning qanday tez tushib ketishini odam o‗z ko‗zi 
oldiga  keltirish  mumkin.  SHuning  uchun  ham  har  bir  odam,  har  bir  mutaxassis 
yoki  har  bir  rahbar  xodim  obro‗  orttirishga  va  orttirilgan  obro‗sini  saqlashga 
harakat qilishi lozim. 
  YAxshi  munosabat  qoidalariga  bag‗ishlangan  ko‗p  jildli  asarida  amerikalik 
yozuvchi  Alisa  Stoun  «O‗zingning  obro‗yingni  saqla,  o‗zingdan  past  madaniyatli 
kishilarga  o‗xshama.  Esingda  bo‗lsin,  sen  undan  libosing,  qaddi-qomating,  hatti–


 
30 
harakating  va  odobing  bilan  ustun  bo‗lishga  harakat  qil»  deb  yozgan.  Aynan,  o‗z 
obro‗sini saqlashni his etish tuyg‗usi aholiga va sayyohlarga xizmat ko‗rsatadigan 
korxonalar  xodimlarining  o‗z  burchlarini  sifatli  ado  etishga,  iste‘molchilarni 
aldamaslikka,  ular  bilan  etiket  talablariga  ko‗ra  xushmuomalalik  qilishga,  o‗zini 
yomon  yo‗llardan  qaytarishga  va  tashqi  qiyofasini  yaxshilashga  hamda 
jamiyatning boshqa talablariga itoat qilishga majbur qiladi. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish