O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

etiketning  OLTIN 
QOIDASIDIR. 
Etiket: 
-
 
YAxshi xulq; 
-
 
Jamoatchilik joylarida o‗zini to‗g‗ri tuta olish; 
-
 
Tashqi qiyofa; 
                                                
12
 Байбурин А.К., Топорков А.Л. У истоков этикета. - Ленинград, Наука, 1990, стр. 25. 


 
25 
-
 
Muomala madaniyati kasb tarkibiy qismlardan iborat‖. 
O‗zbekiston  fuqarolarining  fuqarolik  burchlari  O‗zbekiston  Respublikasining 
asosiy qonuni bo‗lgan Konstitutsiyaning 47-52 moddalarida (XI bob) ko‗rsatilgan. 
Masalan,  Konstitutsiyaning  52-  moddasida  «O‗zbekiston  Respublikasini  himoya 
qilish  -  O‗zbekiston  Respublikasi  har  bir  fuqarosining  burchidir.  Fuqarolar 
qonunda  belgilangan  harbiy  va  muqobil  xizmatni  o‗tashga  majburdirlar» 
deyilgan
13

Burch,  shu  jumladan  kasbiy  burch,  ijtimoiy  taraqqiyot  jarayonida  mazmunan 
boyib,  shaklan  esa  o‗zgarib  boradi.  Masalan,  oxirgi  yillarda  tabiatda  sodir 
bo‗layotgan  halokat  va  fojiyalar  tabiatdan  oqilona  foydalanish  va  uni  kelajak 
uchun  saqlab  qolish  odamlarning  atrof-  muhit  va  kelajak  avlod  oldidagi 
burchlariga umuman yangicha mazmun kasb etadi va jamiyat a‘zolari oldiga ulkan 
vazifalarni qo‗yadi. Ona Vatanga, halqqa xizmat qilish O‗zbekiston fuqarolarining, 
respublikaning o‗z mustaqilliligiga erishishi munosabati bilan eng ulug‗ va sharafli 
burchga  aylanib  bormoqda.  Oilaviy  burch  esa  jamiyat  oldida  turgan  maqsadlar 
bilan yanada uyg‗unlashib bormoqda. 
Kasbiy  burch  -  bu  kasb  sohiblarining  boshqa  odamlar  va  jamiyat  oldida 
o‗zlarining  kasbiy  majburiyatlarini  sezish  hissidir.  Ushbu  ta‘rifdan  kelib  chiqgan 
holda  aholi  va  sayyohlarga  xizmat  ko‗rsatuvchi  kasb  guruhlari  a‘zolarining, 
umumiy  fuqarolik  burchlaridan  tashqari,  ularning  xizmatlaridan  foydalanayotgan 
aholi va sayyohlar talab va ehtiyojlariga hamda manfaatlariga juda ham diqqat  va 
ularning  hatto  etiket  qoidalariga  to‗g‗ri  kelmaydigan  ba‘zi  bir  hatti-harakatlariga 
sabr-toqat bilan qarashdan iborat. Iste‘molchilar talablariga e‘tiqod bilan  qarash va 
ularga  nisbatan  hurmat  ko‗rsatish  kabi  axloqiy  burchlar  aholi  va  sayyohlarga 
xizmat  ko‗rsatadigan  kishilarning  qo‗shimcha  majburiyatlari  emas,  aksincha  ular 
kasbining  asosiy  negizini  tashqil  qiladi.  O‗z  kasbiy  burchini  qanday  darajada  ado 
etish kerakligi kelajak mutaxassislariga tushunarli bo‗lishi uchun quyida sayyohlar 
tajribasidan  bir  misol  keltiriladi.  V.  Matveev  va  A.  Panovlarning
14
  bergan 
                                                
13 
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т., Ўзбекистон, 2014, 8-бет.
 
14
 Матвеев В., Панов А.В мире вежливости.- М.: 1983, стр.34. 


 
26 
ma‘lumotlariga  ko‗ra  Fransiyaning  Marsel  shahridagi  mehmonxonalaridan  biriga 
sobiq  ittifoqdan  kelgan  mehmonlardan  biri  o‗zining  xonasidan  mehmonxonaning 
birinchi qavatiga tushganda vanna xonasidagi suv jumragini yopmasdan ketganligi 
esiga  tushadi;  o‗zining  xonasiga  qaytib  chiqqanda  suv  nafaqat  vanna  xonasini, 
yashash  xonasini  ham  bosgan  bo‗ladi.  Sayyoh  o‗zining  jumrakni    yopmay 
ketganlik  xatosidan  qo‗rqib,  mehmonxonadagi  uylarga  qarovchi  xodimaga  sodir 
bo‗lgan voqea to‗g‗risida aytadi. Xodima esa sayyohni mehmonxonaning birinchi 
qavatiga  tushib  kutib  turishini  so‗raydi.  Sayyoh  undan  o‗ch  olish  uchun 
mehmonxona  xodimlarining  kelishini  tajanglik  bilan  kutib  turadi.  Bir  mahal  unga 
qarab bir nechta mehmonxona xodimlarining yaqinlashib kelayotganligini ko‗radi. 
Ular  sayyohga  tanbeh  berish  o‗rniga,  undan  o‗z  vaqtida  suv  jumragidan 
faydalanishni  tushuntirmaganliklari  uchun  kechirim  so‗rasha  boshlashgan. 
Keltirilgan  misoldan  ko‗rinib  turibdiki,  sayyoh  tomonidan  mehmonxonaga 
keltirilgan  zararga  va  uning  xodimlari  uchun  noqulayliklariga  qaramasdan, 
xodimlar  uchun  yo‗riqnomada  ko‗rsatilgan  talablarga  ko‗ra  sayyohni  koyish 
o‗rniga  undan  kechirim  so‗rashgan,  chunki  yo‗riqnoma  talablari  mehmonxona 
xodimlari  uchun  etiket  qoidalariga  aylangan.  Keltirilgan  misol  nafaqat 
mehmonxona  ichki  etiket  qoidalariga  rioya  qilishni,  bundan  tashqari  uning 
xizmatidan  faydalanayotgan  iste‘molchilarning  ham  ba‘zi  bir  nojo‗ya  hatti- 
harakatlariga sabr-toqat bilan chidash kerakligini bildiradi. 
Ko‗rsatilgan  xizmatdan  keyin  uni  iste‘mol  qiluvchilarning  kayfiyati  yaxshi 
bo‗lishi  va  xizmatdan  mamnun  bo‗lib  chiqib  ketishlari  uchun    jamiyat  va  kasbiy 
etiket qoidalari talablariga rioya qilinishidan tashqari ko‗rsatilgan xizmatning sifati 
ham iste‘molchilar talablari darajasida bo‗lish kerak. 
Masalan,  huquqshunos  etiketi  odamlarning  huquqini  kafolatlovchi  amaliy 
qonunlarga  itoat  qiluvchi  huquqiy  sektordagi  insonlarning  manfaatlarini 
ifodalaydi
15
.  
Aholi  va  sayyohlarga  xizmat  ko‗rsatadigan  ovqatlanish  korxonalarida 
iste‘molchilar  bilan  asosan  ofitsiantlar,  metrdotellar,  shveysarlar,  barmenlar  va 
                                                
15 
https://en.wikipedia.org/wiki/Practice_of_law 


 
27 
garderobchilar  muloqotga  tushishadi.  SHu  boisdan  ham  ularning  o‗zini  tutish, 
yurish-turish va muloqot qilish qoidalariga, ayniqsa razryadli kafe va restoranlarda, 
o‗ta  katta  ahamiyat  beriladi,  chunki  xo‗randalar  restoran  va  kafelarga  nafaqat 
ovqatlanish  zaruriyati  bilan,  har  xil  tantanali  marosimlarni  o‗tkazish  yoki  dam 
olish  uchun  ham  kelishadi.  SHu  sababli  ham  restoran  va  kafelarning  tashqi 
ko‗rinishi,  kirish  va  tashqi  kiyimlarini  echish  xonalari,  ovqatlanish  zallarining 
bezatilishi ham dizayn qoidalariga muvofiq bo‗lishi lozim. 
Ovqatlanish  korxonalarida  juda  ham  katta  talab  ofitsiantlarga  va  barmenlarga 
qo‗yiladi,  chunki  ular  iste‘molchilar  nazorati  tagida  ertadan  kechgacha  tik  turib 
ishlashlaridan  tashqari  katta  jismoniy  ishni  ham  bajarishadi.  Mavjud 
ma‘lumotlarga  qaraganda  ofitsiant  12  soat  ishi  davomida  o‗n  qilometrlab  yo‗l 
bosishidan  tashqari  2  tonnagacha  qo‗lida  ko‗targan  holda  yuk  (taomlar  va 
ichimliklar)  tashiydi.  Bundan  tashqari  iste‘molchilar  mahsulot  sifati  bo‗yicha 
ta‘nalarini ofitsiant va barmenlarga aytishadi. Zaldagi xo‗randalar ovozi va musiqa 
ham, ayniqsa ishning oxirlarida, ofitsiant va barmenlarning kayfiyatiga salbiy ta‘sir 
etib,  nervlarini  tajang  qiladi.  SHunga  qaramasdan  ular  etiket  qoidalariga  qat‘iy 
rioya  qilishlari,  o‗zlarining  yurish  –turishlari,  hatti–harakatlari  va  muomalalari 
bilan iste‘molchilarga ozor etkazmasliklari shart. Ular charchashlariga qaramasdan  
doimo  go‗zal  harakatli,  zeboli,  tashqi  ko‗rinishli,  tabassumli  kabi  fazilatlarini  to 
oxirgi  iste‘molchi  chiqib  ketmaguncha  saqlab  qola  olish  qobiliyatiga  ega  bo‗lish 
kerak SHu sababdan ham ofitsiant  va barmenlar etiket qoidalarini bilishlaridan va 
tashqi go‗zalligidan tashqari kasbiy yaroqlilik talablariga ko‗ra ham tanlanadi. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish