O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

Tayanch iboralar: 
  Fan 
guruhlari; 
dinshunoslik; 
ruhshunoslik; 
falsafa; 
sotsiologiya; 
madaniyatshunoslik;  iqtisodiy  geografiya  va  ekologiya;  sayyohlarga  xizmat 
ko‗rsatishni tashqil etish. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
 
Profetika fanini o‗rganishdan maqsad nima? 
2.
 
Profetika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
3.
 
Profetika  fani  boshqa  ijtimoiy  fanlardan  qaysilari  bilan  chambarchas 
bog‗liq? 
 
2-mavzu. Etiket va kasbiy etiketning vujudga kelishi va rivojlanish 
bosqichlari 
 
Etiketning kelib chiqishi, maqsadi va zamonaviy ahamiyati 
 
 
Etiket  axloqiy  madaniyatning  yaqqol  ko‗zga  tashlanadigan  munosabatlar 
ko‗rinishlaridan  biri  sifatida  ko‗proq  insonning  tashqi  madaniyatini,  o‗zaro 
munosabatlardagi o‗zini tutish qonun-qoidalarning bajarilishi boshqaradi.  
Aslida  etiket  tushunchasining  kelib  chiqishi  eramizdan  avvalgi  2,5  -  3  ming 
yillikda Qadimgi Misrda paydo bo‗lgan.   Etiket atamasi esa XVII asrning oxirida 
vujudga kelgan.  Ammo qadimgi manbalar etiket qoidalari ta‘b, rasm-rusm hamda 


 
16 
odatlar  shaklida  azaldan  ibtidoiy  davrdayoq,  qabilalarda  mavjud  bo‗lganligini 
asoslaydi.    Bunday  qoidalarni  to‗liq  bajarmaslik  o‗zi  yashayotgan  jamoat  yoki 
qabilaga  xiyonat  qilish  bilan  barobar  bo‗lgan.    Avvalida  bunday  qoidalar  nafaqat 
axloqiy,  balki  huquqiy,  iqtisodiy,  diniy  hamda  qon-qarindoshlik  munosabatlarni 
ham qamrab olgan edi.  Jamoatning har bir a‘zosi unga so‗zsiz bo‗ysunar edi.  SHu 
tariqa  etiket   bu  davrda  mustaqil  qoidalariga  ega  bo‗lmagan,  asosan  jamoatning 
ijtimoiy  muammollariga  bog‗liq  holda  tatbiq  etilgan.    YA‘ni  bu  qoidalar  tabiiy 
jamoatning  talabi  bilan  vujudga  kelgan.    Bunday  talablarning  bajarilishi  qabila 
yoki jamoatning kattalari tomonidan nazorat qilinar edi.  
Keyinchalik esa bu qoidalar mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina axloqiy 
me‘yorlar  darajasida  ko‗rila  boshlandi.    Qadimgi  SHarqda,  jumladan,  Somir 
alqovlarida  inson  hatti  harakatlarini  tartibga  soluvchi  yozma  yodgorliklarida  – 
giltaxtalarda  o‗z  aksini  topgan.    Kadimgi  Misrda  esa  bu  tartib  qoidalar  qonunlar 
majmui  sifatida  emas,  balki  badiiy  adabiyotlar  orqali  namoyon  bo‗lgan.    Bunday 
qoidalar,  ayniqsa  Somirda  ilohiylik  bilan  yo‗g‗rilgan.    Ularni  bajarmaslik  
Xudoning  qahri  bilan  qaytarilishi  ta‘kidlangan.    Qadimgi  skandinaviya  adabiy 
yodgorligi ―Edda‖ eposida nafaqat dasturxon atrofida o‗tirish qoidalari, balki hatto 
mezbon sharafiga tilak aytish me‘yorlarini o‗zida mujassam etganini asoslaydi.  
Bu  kabi  xatti-harakatlar  me‘yorlari  jamiyat  taraqqiyotining  yo‗nalishini 
belgilab  berar  edi  –  yashash  tarzi,  odamlar  dunyoqarashi,  jamiyatdagi  darajalarni 
farqlardi.    Bu  esa  keyinchalik  turmush    etiketi,  balki  siyosiy  etiketni  vujudga 
kelishiga sabab bo‗ldi.  U butun bir jamiyat bilan birga o‗zaro davlatlarning tashqi 
munosabatlarini ham belgilar edi.  
Profesional etika beshta tamoyilga asoslanadi
6

1.
 
YAxlitliliq  Siz  barcha  sohaning  ishchan  munosabatlarida  sodiqlik  va 
to‗g‗rilik xususiyatiga ega bo‗lishingiz kerak 
2.
 
Ob‘ektivliq Ish jarayonida boshqalarga kasbiy va xizmat yuzasidan ob‘ektiv 
bo‗lish, hamkasblaringizning ishiga tahdidlar bo‗lishi kerak emas.  
3.
 
Kasbiy kompetentlik va ish haqida qayg‗urish. 
                                                
6
 http://www.ethicsboard.org/iesba-code. 


 
17 
4.
 
Konfedetsiallik,  ya‘ni  o‗z  kasbiy  sohangizdagi  ma‘lumotlardan  o‗z 
manfaatlaringiz uchun foydalanish tavsiya etilmaydi. 
5.
 
Kasbiy xul-atvor. Har qanday sohada o‗z kasbingizga sodiq bo‗lish darkor.  
Etiketning  qoidalari  –  odobga,  odob  –  hushxulqqa,  xushhulq  -  axloqiylikka 
olab boradi.  Binobarin, axloq – jamiyat, zamon, ba‘zan umumbashariy ahamiyatga 
ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‗la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‗indisi, 
insoniy  kamolot  darajasini  belgilovchi  ma‘naviy  hodisa  sifatida  nafaqat  shaxsni, 
balki  butun  bir  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.    SHu  bois 
etiketni  bugungi  kunga  kelib  texnika  asri  kishisining  zamon  talablariga  javob 
beradigan 
madaniy 
maishiy 
turmush 
tarzini 
go‗zallashtirishga,  o‗zaro 
munosabatlar tizimini  madaniylashtirishga xizmat qiluvchi fanning yangi tarmog‗i 
deyish mumkin.  
Siyosiy etiketning  vujudga kelishiga 1278  yilda  Kadimgi Misr  fir‘avni  hamda 
xett  qiroli  Xattush  III  bilan  kumushga  bitilgan  yozma  kelishuv  asos  bo‗la  oladi.  
Garchi Misr bunda mag‗lubiyatga uchragan bo‗lsada, qirol uchun Misr kabi davlat 
bilan  hamkorlik  qo‗l  kelar  edi.    SHu  tarzda  kelishuvning  imzolanishi  diplomatik 
etiketning  (siyosiy  etiket)  boshqa  etiket  turlaridan  ancha  avvalroq  paydo  bo‗ldi, 
desaq  adashmagan  bo‗lamiz.    Zotan,  davlatlararo  munosabatlardagi  qabullar 
qadimgi Misr  uchun katta ahamiyat kasb etgan.   Zero, bunday qabullar juda katta 
dabdaba  va  va  haddan  ziyod  qoidalar  va  rusmlar  bilan  amalga  oshirilar  edi.  
Keyinchalik bunday qabullar boshqa davlatlarda ham amalga oshirila boshlandi
7.
  
Qadimgi  YUnonistonda  esa  elchilar  maxsus  ―Germes  nishonlari‖  deb 
nomlangan  vaqillik  nishonlarini  o‗zlari  bilan  olib  yurganlar.    Elchilar  xalqaro 
etiketning  bilimdonlari  sifatida,  ushbu  yurtda  qabul  qilingan  siyosiy  qonun-
qoidalarni qay darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan.  Qadimgi 
Rimda  esa  siyosiy  etiket  yanada  ustunlikka  ega  bo‗lgan.    Misol  uchun,  elchilar 
qabulining  avvali  ziyofatlar  bilan  boshlanib,  tashrifni  tugallanishida  esa 
ikkitomonlama sovg‗a hadya qilish bilan yakunlangan.  
                                                

Викторук Е.Н. Этика: лекции и материалы к семинарским занятиям. Красноярск: Сиб ГТУ, 2001, стр. 123. 


 
18 
SHu  tarzda  oqsuyaklarni  oddiy  fuqaro  va  ulardan  pastroq  darajada  bo‗lgan 
insonlarni  farqlay  bilish  uchun  alohida  odamlarni  o‗zini  a‘lo  jamoatda  tutishning 
tartib qoidalari paydo bo‗ldi.  1207 yilda ispaniyalik Petrous Alfonsi muallifligida 
ilk  bor  ―O‗zini  tutish  qoidalari‖  deb  nomlangan  kitob  paydo  bo‗ldi.    Albatta,  bu 
izlanishlar  qadimgi  Turon  hamda  Eronzaminda  bunday  yodgorliklar  bo‗lmagan, 
degan  fikrni  bildirmaydi.    Zotan,  bunda  pandnomalarning  o‗rni  beqiyos.    Ammo 
shuni aniqlash zarurki, milliy o‗zligimizni anglash bilan bog‗liq bu ilmiy atamalar 
juda  ko‗p  chalkashtirilib  tushunilishi  yoki  targ‗ib  qilinishi  natijasida  ko‗pgina 
noaniqliklarni  vujudga keltiradi.  Aytayliq  axloq bilan  xulq  va odobni, odob bilan 
etiketni bir ma‘noda tushunish xollari uchraydi.  Aslida bu tushunchalar bir-biridan 
ham nazariy, ham amaliy, ham qo‗llanish jihatidan farqlanadi.  
Etiketga  keladigan  bo‗lsaq  odob  qoidalari  etiket  qoidalaridan  ustun 
hisoblangan.    Zero,  odob  rasm-rusmlar  –  asosan  tashqi  ta‘sirga  emas,  balki  ichki 
jihatlarga – insoniylikni, xulq va axloqiylik uchun asos sifatida qaratilgan.  YA‘ni 
etiket ―muhimi qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‗rinishda‖ shiori 
ostida o‗zini yo‗qotib qo‗ymasliq aslzodalikning mavjudligini ko‗rsatishga intilish 
va shu bilan jamoatchilikda ijobiy taassurot qoldirish bilan bog‗liq bo‗lgan.  Odob 
insonlararo  munosabatlarni  axloqiylashtirish  hamda  uni  axloqiy  anglash  orqali 
takomillashadigan  tashqi  va  ichki  go‗zallik  uyg‗unligi  sifatida  namoyon  bo‗ladi
8.
  
SHu ma‘noda, ―Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‗otadigan, lekin jamoa, 
jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega 
bo‗lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‗z ichiga 
oladi‖ Bundan tashqari, odob insonlarni ranjitmasliq Jan Pol Sartr aytganideq erkin 
jamiyatda  erkin  bo‗lish,  ya‘ni  boshqalarni  erkini  ta‘minlashga,  odamlarni 
axloqiylikka,  ular  orasida  munosabatlarni  yaxshilashga  qaratilgan.    Ushbu 
atamalarning  ilmiy  asosiga  murojaat  qilsaq  ularning  mazmun-mohiyati  yanada 
aniqroq  namoyon  bo‗ladi.    SHu  ma‘noda 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish