O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


  O‗quv fanining mutaxassislar tayorlashdagi o‗rni va ta‘lim



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

2.  O‗quv fanining mutaxassislar tayorlashdagi o‗rni va ta‘lim 
yo‗nalishidagi boshqa fanlari bilan bog‗liqligi 
Bo‗lajak  mutaxassislarning  ijtimoiy  va  siyosiy  dunyoqarashlarini,  ma‘naviy 
qiyofasini, hamda mutaxassisligi bo‗yicha muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatish uchun 
zarur  bo‗lgan  nazariy  bilimlarini  va  amaliy  ko‗nikmalarini  shakllantirish  uchun 
bakalavriat  davrida  talabalar  mutaxassis  fan  materiallarini  o‗zlashtirishlari  kerak 
O‗quv  rejalarida  fanlar  gumanitar  va  ijtimoiy-iqtisodiy,  matematika  va  tabiiy 
ilmiy,  umumkasbiy  hamda  maxsus  fanlar  guruhlariga  bo‗linib  ko‗rsatiladi. 
Gumanitar  va  ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar  guruhi bo‗lajak  mutaxassislarning  ijtimoiy-
siyosiy  dunyoqarashlarini  hamda  ma‘naviy  qiyofasini  shakllantirish  uchun  xizmat 
qiladi.  Matematika  va  tabiiy  ilmiy  fanlar  guruhi  yoshlarning  har  tomonlama 
rivojlanishi  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Umumkasbiy  hamda  maxsus  fanlar 


 
13 
guruhlari  yoshlarda  mutaxassisligi  bo‗yicha  zaruriy  nazariy  bilimlar  va  amaliy 
ko‗nikmalar majmuini shakllantiradi. 
Xorijiy  manbalarga  asosan,  kasb  egalari  quyidagilarni  bilishi  lozim 
hisolangan
5

1.
 
Har  qanday  kasb  egasi  qasamyodini  buzmasligi  va  unga  amal  qilishi  va 
kasbiy mohir ustasi o‗lishi zarur. 
2.
 
XVI  asrda:  har  bir  soha  mutaxassisi  o‗z  sohasi  bilan  bir  qatorda  uchta 
kasbga  - diniy, tibbiyot va qonunlarni bilishi lozim bo‗lgan. 
3.
 
XIX  asrda:  yangi  kasblar  paydo  bo‗lgan  va  eski  kasb  mutaxassislariga 
kattaroq hurmat qilishgan. 
Professional etika va etiket fani umumkasbiy fanlar guruhiga kiritilgan. Bu fan 
bo‗lajakda har tomonlama etuk mutaxassislarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega. 
Ushbu  fan  materiallari  bo‗yicha  bo‗lajak  mutaxassislar  muvaffaqiyatli  faoliyat 
ko‗rsatish  uchun  zaruriy  umumiy  va  kasbiy  axloqiy  qoidalarni  va  me‘yorlarni 
o‗rganadilar. Ushbu fanning mutaxassislar tayyorlashdagi o‗rni ana shundan iborat. 
  Tabiatda  bironta  voqea  o‗z-o‗zidan  sodir  va  bironta  narsa  o‗zicha  paydo 
bo‗lmaydi.  Voqealarning  sodir  va  narsalarning  paydo  bo‗lishi  bir-birlari  bilan 
bog‗liq bo‗ladi. Fanlar ham o‗z-o‗zidan vujudga kelmaydi. Bir fan boshqa fandan 
ajralib  chiqishi  yoki  bir  nechta  fanlar  o‗rtasida  paydo  bo‗lishi  mumkin.  SHuning 
uchun  kasbiy  etika  va  etiket  o‗quv  fani    o‗quv  rejasining  boshqa  fanlaridan 
ajratilgan  holda  o‗qitiladi  deyish  xato  bo‗ladi,  chunki  u  dinshunosliq  falsafa, 
ruhshunoslik  (psixologiya),  sotsiologiya,  madaniyatshunosliq  iqtisodiy  geografiya 
va ekologiya, sayyohlarga xizmat ko‗rsatish hamda servis xizmatlarini tashqil etish 
kabi fanlar bilan o‗zaro bog‗liq. Ushbu qo‗llanmada kasbiy etika va etiket fanining 
dinshunosliq  psixologiya,  falsafa,  madaniyatshunosliq  iqtisodiy  geografiya  va 
ekologiya  hamda  sayyohlarga  xizmat  ko‗rsatishni  tashqil  etish  fanlar  bilan  asasiy 
bog‗liqlik joylari ko‗rib chiqiladi. 
  
Etikaning  shakllanishida  va  rivojlanishida  dinning  ahamiyati  juda  ham  katta. 
Masalan, Islom dinida va uning muqaddas kitobi bo‗lgan Qur‘oni Karimda axloqiy 
                                                

http://ethics.iit.edu/teaching/professional-ethics. 


 
14 
qoidalarga alohida e‘tibor berilgan va uning eng muhim tushunchalari ta‘riflangan 
va  insoniyatni  ularga  amal  qilishga  undalgan.  Bu  axloqiy  qoidalar  quyidagilardan 
iborat:  yaxshilik  qilish,  kechirimli  bo‗lish,  sabr-qanoatli  bo‗lish,    aldamasliq 
shirinsuxanliq  ota-onani,  o‗zidan  katta  yoshlilarni  hurmat  qilish,  or-nomusli, 
sadoqatli  bo‗lish  va  boshqalar.  Boshqa  dinlar  ham  jamiyatning  ahloqiy 
qoidalarining  shakllanishida  va  rivojlanishida  katta  rol  o‗ynagan.  Lekin  hamma 
dinlarda  ham  ahloqiy  qoidalar  bir  xil  deb  bo‗lmaydi.  Ayrim  hollarda  ular  bir-
birlariga zid ham bo‗lishlari mumkin.  
  Etika  va  etiket    falsafa  fani  bilan  ham  bevosita  bog‗liq  bo‗lib,  ular  bir  xil 
masala,  ya‘ni  axloq  bilan  shug‗ullanadi.  Agar  falsafa  axloqning  kelib  chiqish 
tarixini  va  uning  rivojlanish  qonuniyatlarini  o‗rgansa,  etika  va  etiket  esa  uning 
amaliy tomonlarini o‗rganadi. SHunday qilib, falsafa axloqning nazariy masalalari 
bilan shug‗ullanadi, etika va etiket esa jamiyatda qo‗llaniladigan axloqiy qoida va 
me‘yorlarni o‗rganadi. 
  Psixologiya  va  etika  va  etiket  fanlari  o‗rtasida  ham  ma‘lum  bog‗liqliq 
mavjud.  Agar  ruhshunoslik  fanining  mehnat  psixologiyasi  bo‗limi  mehnat  turiga 
xos xossalarning odamga ruhiy ta‘sirini o‗rgansa, etika va etiket fani esa turli kasb 
egalarining qanday axloqiy qoidalarga rioya qilish kerakligini o‗rganadi. 
  Etika va etiket iqtisodiy geografiya va ekologiya fanining ekologiya qismiga 
aloqador. Ekologiya va etikaning bir–birlari bilan chambarchas bog‗liqligi, ayniqsa 
oxirgi yillarda, tasdiqlanmoqda. Ma‘lumki, jamiyat a‘zolarining tabiat qonunlariga 
rioya  qilmasligi  va  undan  yovo‗zlarcha  foydalanishlari  natijasida  oxirgi  yillarda 
ekologik  fojiali  holatlar  vujudga  kelmoqda.  Ulardan  biri  dunyoda  o‗rtacha  yillik 
haroratning  oshib borishi  va uning  natijasida  mo‗zliklarning erishi,  yoki ba‘zi bir 
mintaqalarda, masalan Orol dengizi ko‗rfazida kurg‗oqchilikning yuzaga kelishi va 
boshqalar.  Kelib  chiqishi  mumkin  bo‗lgan  fojialarning  oldini  olish  va  tabiatdan 
oqilona  foydalanish    uning  qoida  va  me‘yorlarini  amalga  zudlik  bilan  tadbiq 
etishni  talab  qilinadi.  Ma‘lumki,  amaliy  me‘yor  va  qoidalarni  ishlab  chiqish  etika 
va etiket fanining asosiy masalalaridan hisoblanadi. 


 
15 
  Madaniyatshunoslik  va  etika  fanlarining  o‗rtasida  ham  o‗zviy  bog‗lik 
mavjud,  chunki  etika  fani  odamlarga  va  kasb  guruhlariga  axloqiy  qonun  va 
qoidalarni  o‗rgatish  orqali  ularning  va  jamiyatning  umumiy  madaniyatini 
oshirishga yordam beradi. 
  Etika  fani  maxsus  fanlar,  chunonchi  «Sayyohlarga  xizmat  ko‗rsatishni 
tashqil  etish»  fani  bilan  ham  bevosita  aloqador.  Uning  boisi  shundan  iboratki, 
sayyohlarga  va  aholigi    xazmat  ko‗rsatishda  ovqatlanish  korxonalari  xodimlari 
etika  qoidalariga  qat‘iy  rioya  qilishlari  shart.  SHundagina  mehmonlar  kayfiyati 
bo‗zilmaydi va iste‘mol qilingan taom yaxshi hazm bo‗ladi 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish