tarkibi bo„yicha oqsilli tolalarga kiradi. Shuning uchun asosini keratin oqsili
bog„lamlarning mavjudligi jun tolalarini yuqori darajada elastikligi bilan
tavsiflanadi. Peptid bog„lamlarining mavjudligi esa kislotalar ta‟siriga yuqori
Jun tolaning shakli silindrik bo„lib, qipiqli, pardali (qobiqli), o„zakli
(kapsli) qatlamlardan tuzilgan. Tolaning bunday tuzilishi jun qoplami (tivit,
qiltiq va o„lik junlar) ga har xil ta‟sir etadi. Junlar bir xil (asosan, bir xil tolali),
275
aralash (har xil tolali- tivit, qiltiq va o„lik junli) bo„ladi. Tolalar ingichka, yarim
ingichka, yarim dag„al turlarga bo„linadi. Junlar esa - mayin, yarim mayin,
yarim dag„al hamda dag„al guruhlarga ajratiladi.
Mayin
junlar tivitning bir xil,
yarim mayin
junlar biroz yo„g„onroq tivit va
oraliq jun tolalaridan,
yarim dag‗al
junlar esa qo„y zotlariga qarab bir xil va
aralash bo„lib, turli uzunlikdagi qiltiqli va oraliq jun tolalaridan hamda
dag‗al
junlar har xil jun tolalari (qiltiq, oraliq va olik junlar)dan tuzilgan.
Jun tolalarining cho„zilishi 25-50%, gigroskopikligi 17-15%, uzilish yuki
11 -19 sN/teksga teng. Uning tolalari quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
uzunligi va ingichkaligi, mustahkamligi, cho„ziluvchanligi, kigizlanishi,
gigroskopikligi, issiqqa, yorug„lik va atmosferaga chidamliligi, kimyoviy
barqarorligi hamda mikroblar ta‟siriga chidamliligi.
Jun tolalari boshqa tolalarga nisbatan egik-bukikligi va kigizlanish
xususiyatlari bilan ajralib turadi, har xil gazlamalar hamda boshqa buyumlar
olishda ishlatiladi.
Tabiiy ipak.
Ipak qurtlarining pillasidan olinadi. Pillani chuvitib
olinadigan iplarning bir nechasi birgalikda qo„shilib ipak xom ashyosining ipini
tashkil etadi. Ularning uzunligi 600 dan 1500 m.gacha yetadi.
Pilla iplarining tarkibi fibroin (70-80%) va seretsin (20-30%) oqsillaridan
tuzilgan. Undan tashqari, tarkibida kam miqdorda mineral va (1-1,7%), yog„
mumli moddalar (0,5-3,2%) hamda pigmentlar ham mavjud.
Tabiiy ipaklar katta uzunlikka ega bo„lganligi sababli yigirilmaydi.
Ularning uzilishdagi mustahkamligi o„rtacha 8-10 sN/teks, elementar iplarning
mustahkamligi 3-4 sN/teksga, gigroskopligi 11%, uzilishdagi cho„zilishi 20-
22% ga teng va termik barqarorligi 100- 110°C ni tashkil etadi. Ipaklar
ko„ylakbop, bluzkabop gazalamalar, tikish iplari va boshqa buyumlar ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
Kimyoviy tolalar.
Birlamchi materiallari bo„yicha ikki kichik sinfga
bo„linadi: sun‟iy va sintetik.
276
Sun‘iy tolalar
ikki: organik hamda noorganik guruhga bo„linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: