1 6 . 2 . T o ‗qima c hilik to la la rining ta s nifi
va a s s o rtime nti
Kelib chiqishi bo„yicha tolalar ikki sinfga bo„linadi:
tabiiy va kimyoviy.
Ular o„z navbatida bir necha sifat ko„rsatkichlari bo„yicha kichik sinf va
guruhlardan iborat.
Tabiiy tolalar
kimyoviy tarkibi bo„yicha ikki kichik sinfga ajratiladi:
organik va noorganik.
Noorganik tolalarga
asbest tolasi kiradi.
Organik tolalar
o„simlik va hayvonlardan olinadi. O„simlik tolalarining
asosiy moddasi sellulozadan, hayvon tolalarniki esa oqsil moddalar (keratin yoki
febroin)dan iborat. O„simlik tolalari ularning turli qismlari (urug„i, po„stlog„i,
tomiri, tanasi, mevasi)dan, hayvon tolalari esa ularning junlari va tolalari (ipak
qurti)dan olinadi.
O„simlikdan olinadigan tolalarga paxta, zig„ir, kanop, kanoptola, kendr,
jut kabi tolalar kiradi.
Paxta xom ashyosi - bu chigitni paxtasi bilan birgalikdagi ko„rinishi;
paxta tolasi - bu birinchi ishlov berish jarayonida chigitdan ajratilganidir. Paxta
tolasining tarkibi sellulozadan iborat, ishqor eritmalari ta‟siriga chidamli va
kislotalar ta‟siriga chidamsiz. Oksidlovchi moddalar sellulozaga yemiruvchi
sifatida ta‟sir etadi. Tolaning tarkibi sellulozadan tashqari, pektin, yog„ mumi,
azot, mineral va boshqa moddalardan tuzilgan. Hozirgi kunda tolasining
texnologik xususiyatlari bo„yicha bir-biridan farq qiladigan 50 ga yaqin paxta
navlari mavjud. Paxta tolasining uzunligi 1 dan 55 mm. gacha bo„lishi mumkin.
Shulardan uzunligi 20 mm. dan kam bo„lgan tolalar yigirish uchun yaroqsiz
hisoblanadi. Shuning uchun paxta tolasi uzunligi bo„yicha kalta (20-27 mm),
o„rta (28-34 mm) va uzuntolali (35-55 mm) guruhlarga bo„linadi. Tolalar qancha
uzun bo„lsa, ular shuncha ingichkadir. Ingichka tolali paxta eng kichik
qalinlikka ega (20 mkm), o„rta (23mkm), qalinroq va kalta tolali paxta (23mkm.
274
dan ortiq) eng qalin bo„ladi. Paxta tolasining nisbiy uzilish yuki 17-37 sN/teks,
uzilishdagi cho„zilishi 6-9%
va gigroskopligi 8-12% ga teng.
Paxta tolasi quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: uzilishdagi
mustahkamligi, uzilish kuchlanishi, cho„ziluvchanligi. gigroskopikligi, yuqori
haroratga
chidamliligi,
kimyoviy
va
biologik
barqarorligi.
Bu
sifat
ko„rsatkichlari paxtadan tayyorlangan buyumlarning iste‟mol xususiyatlariga har
xil ta‟sir etadi.
Zig‗ir
tabiiy tolalar ichida paxtadan so„ng ikkinchi o„rinda turadi. Tolasi
texnik (kompleks) tola bo„lib, pektin moddasi bilan yelimlangan elementar
tolalar bog„lamidan tuzilgan. Ularning uzunligi 4-70 mm. gacha yetadi, qalinligi
15-17 mkm. ga teng. Kompleks (texnik) tolalar uzunligi zig„ir tanasining
uzunligi blian teng (170-250 mm) bo„lishi mumkin. Tolalarning uzilish yuki
paxta tolasinikiga nisbatan yuqori 33-40 sN/teks, uzilishdagi cho„zilishi 2-3%,
gigroskopligi 12%ga teng. Zig„ir tolalarining gigroskopligi yuqori bo„lganligi
sababli (maksimal 30-35%), ulardan tayyorlangan buyumlar yuqori gigiyenik
uisusiyatlarga ega. Zig„ir tolalari ko„proq ichki kiyimlar uchun, yozgi
kostyumbop va ko„ylakbop gazlamalar olishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |