Molning turi va semizligiga qarab go‘shtning xarakteristikasi.
So„yiladigan mol turiga qarab go„shtlar mol, qo„y, cho„chqa, ot go„shti va
boshqalarga bo„linadi.
Mol go‗shti -
katta yoshdagi buqa, ho„kiz, sigir va buzoq,
go„shtidan iborat. Go„shtning bu turlari sifat jihatdan bir xil emas va ular bir-
biridan go„sht va yog„ining rangi, to„qimalarining tuzilishi, pishirilganda esa
mazasi va xushbo„y hidi bilan farq qiladi.
I kategoriyali mol go„shti - muskullari etarli darajada rivojlangan katta
yoshdagi mol go„shtidir; skelet suyaklari turtib chiqmagan sakkizinchi
qovurg„asidan to kuymichigacha terv osti yog„i bilan qoplangan (ma‟lum
darajada yog„ bo„lmasligi ham mumkin); bo„yin, kurak, old qovurg„alar, son,
orqa qismi ustida, chot atrofida kichik-kichik yog„ qatlamlari bo„ladi. I
144
kategoriyadagi mol go„shtiga siyohrang dumaloq tamg„a qo„yiladi. II
kategoriyali mol go„shti - muskullari birmuncha kamroq taraqqiy etgan katta
yoshdagi mol go„shtidir; skelet suyaklari sezilarli darajada turtib chiqqan
bo„ladi; kuymich, bel va keyingi qovurg„alar atrofida har er-har erda teri osti
yog„ qatlami bo„ladi. II kategoriyali mol go„shtiga siyohrang kvadrat tamg„a
bosiladi.
Yosh mol go„shti ham I va II kategoriyali bo„ladi; bunday go„shtlar ham
katta yoshdagi mollar go„shti singari tamg„alanadi, lekin tamg„aning o„ng
tomoniga “M” (molodnyak) harfli belgi qo„yiladi. II kategoriya talablariga javob
bermaydigan go„shtlar oriq go„sht hisoblanadi, bunday go„shtlar sotishga
chiqarilmaydi, undan sanoatda go„shtni qayta ishlashda foydalaniladi. Oriq mol
go„shtiga siyohrang uchburchak tamg„a qo„yiladi.
Mol go„shti bo„yiga bo„lingan nimta va choraktalik qilib chakana
savdoga chiqariladi. Nimtalar o„n birinchi va o„n ikkinchi qovurg„alar o„rtasida
choraktalikka bo„linadi. Ikkala kategoriyadagi mol go„shti sifat jihatdan 1-, 2-,
3-tovar navlariga bo„linadi:
1-navga - orqa, keyingi qismi (bel, bo„ksa, dumg„aza, og„uzoq son),
ko„krak qismlari kirib, ular butun tananing 63% ini tashkil etadi;
2- navga - kurak, elka va qorin go„shti kirib, ular butun tananing 32% ini
tashkil etadi.
3- navga - bo„yindan pichoq tekkan qism, old va orqa oyoqlarning
boldirlari kirib, ular butun tananing 5% ini tashkil etadi.
Standartda har qaysi mol tanasini nimtalashning aniq anatomik chegarasi
alohida ko„rsatilgan.
Qo‗y
(qo„y va qo„chqor)
go‗shti -
sarg„ish qizil yoki to„q qizil, mayda
donador tuzilishli; o„ziga xos hidli, yog„i zich oq rangda va baland haroratda
eriydi. Qo„y go„shti semizlik darajasiga qarab, I, II kategoriyalarga va oriq
go„shtga bo„linadi. Qo„y go„shtining kategoriyalarga bo„linish tamoyili ham mol
go„shtinikidek bo„ladi.
145
I kategoriyadagi qo„y go„shtining muskullari etarli rivojlangan bo„lishi;
bel va umurtqa o„simtalari birmuncha turtib chiqqan; teri osti yog„i tananing
orqa qismini, bel va qovurg„ani topqa qatlam bilan qoplagan; bel va tos
atroflarining ayrim qismlarida yog„ qatlami bo„lmasligi mumkin. I kategoriyali
qo„y go„shtiga siyohrang dumaloq shakl tamg„a qo„yiladi.
II kategoriyali qo„y go„shtida muskullar yaxshi rivojlanmagan, suyaklar
sezilarli darajada turtib chiqqan teri osti yog„lari bo„ladi, ayrim joylarida yupqa
qatlam, ba‟zan esa bu qatlamlar bo„lmasligi ham mumkin. II kategoriyali qo„y
go„shtiga siyohrang kvadrat tamg„a qo„yiladi. Semizligi jihatidan II kategoriyali
go„sht talablariga javob bermaydigan qo„y go„shti ham oriq hisoblanib, o„nga
gunafsha rang uchburchak tamg„a qo„yiladi.
I kategoriyali qo„y go„shti ham II kategoriyalisi ham sifat jihatdan 1-, 2-,
3-navga bo„linadi. 1-navga - orqa-kurak va biqin-son kiradi, ular butun tana
og„irligining 75% ini tashkil etadi; 2-navga-bo„yin (pichoq tegmagan qismi),
ko„krak va qorin go„shti kiradi, bular butun tana og„irligining 17% ini tashkil
etadi; 3-navga bo„yinning chetki qismi, old va orqa oyoq go„shtlari kiradi, ular
butun tananing 8% ini tashkil etadi.
Cho‗chqa go‗shti
mayda tolali (mayda donador) mayin tuzilishli, och
qizil yoki pushti qizil rangli bo„ladi. Erkak cho„chqaning go„shti dag„al, qattiq,
hidi va ta‟mi yoqimsiz bo„ladi, tanasi turli qalinlikdagi yog„ bilan qoplangan
bo„ladi. yog„ning
rangi odatda oq, lekin ustki qatlam yog„ining rangi och pushti
bo„lishi ham mumkin. Cho„chqa go„shti semiz-oriqligiga qarab:
-yog„li cho„chqa go„shtiga - yog„ning qalinligi 4
sm
va undan ham
ko„proq bo„ladi; bo„nga siyohrangli dumaloq tamg„a qo„yiladi;
-bekonbop qismga - (bekon uchun So„yilgan cho„chqalar), yog„ining
qalinligi 2 - 4
sm;
savdoga terisi shilinmasdan chiqariladi;
-yog„li cho„chqa go„shti singari tamg„a qo„yiladi va o„ng tomoniga yana
“B” harfli tamg„a qo„yiladi.
146
Cho„chqa bolasining go„shti ham I va 11 kategoriyali bo„ladi. I
kategoriyali cho„chqa bolasi go„shtiga semirtirilgan, og„irligi 1,5
kg
dan to 5
kg
gacha bo„lgan emizikli cho„chqa tanasi kiradi; ularga dumaloq tamg„a qo„yiladi.
II kategoriyali cho„chqa bolasi go„shtiga kamroq semirgan, og„irligi 5-12
kg
bo„lgan tanalar kiradi; ularga to„rtburchak tamg„a qo„yiladi.
Go„shtdor cho„chqa go„shtining semizlik kategoriyasi talablariga javob
bermaydigan cho„chqa go„shti va yosh cho„chqa tanalari hamda II kategoriya
talablariga javob bermaydigan cho„chqa bolalari tanasi oriq go„sht hisoblanadi
va bunday go„shtlarga uchburchak tamg„a qo„yiladi. Cho„chqa go„shti sifat
jihatidan ikki navga bo„linadi: 1-navga- kurak va orqa qismi, ko„krak, biqin-
qorin go„shti va son go„shti kiradi - ular butun tana og„irligining 96% ini tashkil
etadi; 2-navga - old elka
va boldir go„shti kiradi. Ular butun tana og„irligining
4% ini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |