Subtropik va tropik mevalar
.
Subtropik - tsitrus mevalarga anjir, anor,
xurmo; tropik mevalarga banan, ananas, xurmo kiradi. Subtropik mevalar
87
Zakavkaze respublikalari, O„rta Osiyo, Qrimda etishtiriladi, tropik mevalar esa
bizning mamlakatimizda o„smaydi.
Tsitrus ekinlarga apelsin, mandarin, limon va greyfrutlar kiradi. Ularning
hammasi juda mazali bo„lib, qand moddasi (3 dan 9% gacha), kislota (1 dan 6%
gacha), pektin, shuningdek, mineral moddalar (kaltsiy, fosfor kabi) ko„p, S
vitamini va undan birmuncha kamroq V, R va A vitaminlari bor. Tsitrus mevalar
tabiiy holicha iste‟mol qilinadi. Ulardan sharbat, murabbo, jele, tsukat, konserva
(bankada), limon kislotasi, pektin tayyorlanadi, ular likyor-aroq mahsulotlari
ishlab chiqarishda ham ko„p ishlatiladi; po„stidan qandolat va attorlik sanoati
uchun qimmatbaho, xushbo„y efir moyi olinadi.
Apelsin
mevasining
tuzilishi
tekis
Pupochniy,
Korolyok
nav
apelsinlarning eti yumshoq va po„sti qizg„ish
bo„ladi. Barcha turdagi apelsinlar
tuzilishi va po„stining qalinligiga qarab, qalin va yupqa po„stli, shakliga ko„ra,
yumaloq va ovalsimon; urug„ining bor-yo„qligi jihatidan urug„li va urug„siz;
pishish muddatiga qarab, ertagi va kechki; yirik-maydaligi jihatidan yirik va
o„rtacha xillarga bo„linadi. Mevaning eti sersuv, shirin yoki nordon ta‟mli; 9-13
tilimchadan iborat. Suxumskiy, Pupochniy, Korolyok, Yaffiyskiy, Vashington-
naveli apelsinlari eng yaxshi navlardir.
Savdoga chiqariladigan apelsin yangi va sog„,
qo„ng„ir yoki och qo„ng„ir
rangli, kasallanmagan bo„lishi lozim; yirik-maydaligi jihatidan mevaning
kundalang diametri kamida 50
mm
bo„lishi kerak. Ko„kimtirroq, sal jigar rang
dog„i
bor, tikin kasali tekkan, kulli zamburug„cha
7
izi bo„lgan va boshqa
nuqsonli apelsinlarni ham sotish mumkin, lekin mazkur g„uborlarning darajasi
standart bilan cheklanadi. Apelsin tovar navlariga bo„linmaydi.
Mandarinning
mevasi yassi sharsimon yoki sharsimon shaklda; qo„ng„ir
yoki to„q qo„ng„ir rangli, eti sersuv, 9-12 tilimchadan iborat, shirin yoki nordon
ta‟mli, xushbo„y hidli, urug„lik yoki urug„siz bo„ladi. Sarxil mandarin bo„lik,
o„ziga xos rangli, zaxa emagan va kasallanmagan, kundalang diametri kamida
7
Kulli zamburug‘—
mevada uchraydigan kasallik bo‟lib, mevaning sirtida qora tus paydo bo‟ladi.
88
38
mm
bo„ladi. Bo„shroq, lekin shishmagan, sal ko„kish, jigar rang dog„li
va
ba‟zi boshqa nuqsonli mandarinlarni ham sotish mumkin. Mandarin tovar
navlariga bo„linmaydi.
Limon uch
guruhga bo„linadi: nordon (haqiqiy, tipik), nordonroq va
chuchuk. Nordon limon ko„p etishtiriladi. Limonlar: shakliga ko„ra ovalsimon
va tuxumsimon, ba‟zan yumaloq; urug„i bor-yo„qligiga qarab-urug„li va
urug„siz; po„stining tuzilishiga ko„ra silliq va g„adir-budur bo„ladi. Limonning
eti qumoq-qumoq, och sariq rangli, sersuv, 7-13 ta tilimchadan iborat. Yangi
sara limon sog„,
silliq yoki g„adir-budir sirtli, to„g„ri shaklli, och yashil, och
sariq yoki sariq rangli, zaxasiz va kasallanmagan limonlardir. Bunday
mevalarning kundalang diametri kamida 42
mm
bo„ladi.
Sal zaxali, shuningdek, to„rlagan, kulli zamburug„ tushgan limonlarni
sotish mumkin. Bunday nuqsonlar standart bilan cheklanadi. Limon tovar
navlariga bo„linmaydi. U mevasining eng yo„g„on qismi kundalang diametriga
qarab besh guruhga bo„linadi:
1) 70
mm
va undan ortiq;
2) 70 mm
dan 60
mm
gacha; 3) 60
mm
dan 51
mm
gacha; 4) 51
mm
dan 45
mm.
gacha va 5) 45
mm
dan 32
mm
gacha.
Anjir
seret, yumaloq, yassi yoki noksimon shakllarda bo„ladi.
Mevasining po„sti mayin yoki dag„al, sariq, qizg„ish
yoki to„q binafsha rangli;
anjirning eti sersuv va juda shirin. Yangi anjirda 13% qand, anchagina miqdorda
temir va kaltsiy tuzlari, ko„pgina karotin va S vitamini bor. Tarkibiga ko„ra,
anjir mevasi faqat to„yimligina emas, shifobaxsh xususiyatga ham ega. Uni
me‟da va kamqonlilik kasaliga uchragan kishilar iste‟mol qilishi tavsiya etiladi.
Anjirdan murabbo, povidlo, jem tayyorlanadi, lekin u asosan, qoqi qilinadi.
Qoqisi maydalanib, kofeli ichimliklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Anjir tez
buziladi, uni bir kundan ortiq saqlab bo„lmaydi.
Anor
sharsimon shaklli, qizil yoki sariq rangli, qattiq po„st bilan
qoplangan. Mevaning ichi uyachalarga bo„lingan bo„lib, unga yoqimli achchiq-
chuchuk ta‟mli sersuv et bilan o„ralgan urug„i joylashgan. Anor etining tarkibida
89
o„rtacha 10-15% qand, 3-4% kislotalar. S, A vitaminlari va boshqa moddalar
bor. Anor tabiiyligicha eyiladi, shuningdek, sharbat, sirop, morojniy, spirtsiz
ichimliklar tayyorlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Anor suvi
tashnalikni qondiradi, ovqat hazm bo„lishini yaxshilaydi va ishtaxani ochadi,
shuningdek, shifobaxshlik xususiyatlariga ham ega. Anor mevasi 0-6°C
haroratda 6 oygacha yaxshi saqlanadi.
Xurmo
to„yimli va shirin meva. Pishgan xurmoda 14 dan 24% gacha
qand, asosan, glyukoza va fruktoza bor, u kislotasi kamligi va S vitaminiga
boyligi bilan barcha mevalardan farq qiladi. Bu mevaning tarkibida karotin va
temir birikmasi ham bor. Oshlovchi moddalar ko„p bo„lganligi uchun yaxshi
pishmagan xurmoning ta‟mi nordon va tish qamashtiradigan bo„ladi. Xurmo
mevasining og„irligi 100 dan 500
g
gacha, shakli xilma-xil; po„sti och sariq,
sarg„ish-qizil yoki qizil rangli; sersuv va shirin, eti sariq, to„q qizil yoki qoramtir
rangli, jelesimon konsistentsiyali. Xurmo tabiiyligicha va konserva holida iste‟-
mol qilinadi. U uzoq saqlanmaydi, shu sababli tez iste‟molga chiqariladi, uzoq
saqlashga mo„ljallangan xurmo muzlatiladi.
Banan
tropik iqlimli mamlakatlardan keltiriladi. Bananning mevasi 15-
20
sm
uzunlikda, loviyasimon shaklda, qobirg„asimon sirtli, somon rangli sariq,
unsimon mayda, shirin va xushbo„y eti po„stidan oson ajraladi, mevada 20%
gacha qand bo„ladi. Banan tabiiyligicha eyiladi.
Ananas
ham banan singari tropik iqlimli mamlakatlardan keltiriladi.
Mevasining eti sersuv, sariq qo„ng„ir rangli, nordon ta‟mli, o„ta xushbo„y,
tarkibida qand ko„p (12-15%) hamda 0,6-1,2% kislota bor. A, V, S vitaminlariga
boy. Ananas tabiiyligicha va konserva holida iste‟mol qilinadi.
Xurmo qoqu-
Afrika, Hindiston va Janubiy Amerikada o„sadigan xurmo
palmasining mevasi, cho„ziqroq ovalsimon shaklli, uzunligi 4-5
sm.
Tuzilishiga
ko„ra danakli mevalar qatoriga kiradi. Ezilgan mevasida 60-62% qand
(saxaroza, fruktoza, glyukoza), ozroq oqsil (2% gacha) va S vitamini bo„ladi.
Xurmo qoqi savdoga ezib presslangan holda chiqariladi. U jigar rang-sariq
90
rangli, yaltiroq silliq po„stli; eti danakli xurmoga qaraganda shirin, sersuv, turib
qolgan, ezilgan xurmo qoqining eti suvsizlanib, sirti burishib, shirasi ham
kamayadi. Ezilgan, presslangan xurmo qoqi bir yilgacha saqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |