Rezavor mevalar.
Rezavor mevalar madaniy va yovvoyi turlarga
bo„linadi. Madaniy rezavorlarga bog„ va mevazorlarda o„stiriladigan uzum,
krijovnik,
smorodina,
zemlyanika,
qulupnay,
malina
kiradi.
yovvoyi
o„simliklardan klyukva, brusnika, maymunjon va chernikalarning iste‟mol
qiymati eng yuqori hisoblanadi. Bunday mevalarni matlubot kooperatsiyasi
tashkilotlari qayta ishlash sanoati uchun tayyorlab beradi.
Rezavor mevalar to„yimli va yuqori ta‟mlilik xususiyatlariga ega.
Ularning tarkibida oson hazm bo„ladigan qand, organik kislotalar, vitaminlar,
mineral moddalar bor. Uzum, qora smorodina, malina, chernika singari rezavor
mevalar shifobaxsh xususiyatga ega.
Uzum
ishlatilishiga qarab, xo„raki, mayizbop va vinobop xillarga
bo„linadi. Xo„raki navlarning ta‟mi yaxshi, unda 15 dan 20% gacha qand
85
(asosan, glyukoza) va 0,7% kislota bor. Mayizbop navda kamida 20% qand va
xo„raki navdagiga nisbatan xiyla kamroq kislota bo„ladi. Keng tarqalgan xo„raki
navlarga shasla, shabash, Asma chyornaya, Aleksandriya muskati, Xusayni,
Nimrang, Chaush va boshqalar kiradi. Bu nav uzumlarning mevasi yirik yoki
o„rtacha kattalikda, po„sti yupqa, mayin va eti sersuv bo„ladi. Sifatiga ko„ra
uzum 1-va 2-navlarga bo„linadi. Xo„raki uzum boshi bo„liq, yaxshi pishgan,
bandi mahkam, zaxa emagan va kasal tegmagan mevali shingillardan iborat
bo„lishi lozim.
Krijovnikning
mevasi yumaloq yoki cho„ziqroq shaklda bo„ladi, po„sti
yashil yoki kip-qizil, rangli, silliq yoki tukli. Eti sersuv, nordon va xushbo„y,
unda 8-10% qand, 1,5-2,5% kislota, ko„pgina pektin moddalari va S vitamini
bor. Krijovnikdan murabbo, jele qaynatiladi. Undan vino, marinad tayyorlash va
boshqa
maqsadlarda
ham
foydalaniladi.
Bochyonochniy,
Butilochniy,
Avenarius, Zelyoniy, Industriya deb ataladigan krijovniklar eng yaxshi
navlardir. Savdoga chiqariladigan krijovnik mevasi toza, quruq, yirikligi, shakli
va rangi bir xil, hasharot tegmagan va kasallanmagan, dimiqmagan va
chirimagan bo„lishi lozim.
Smorodina
uch turli bo„ladi: qora, qizil va oq, qora smorodina
boshqalarga ko„ra mazali va eyimlikdir. Unda 6-7% qand, 2-3% kislota, 0,7%
gacha pektin modda va ko„p miqdorda S va R vitaminlari bo„ladi. Smorodinadan
qandolat ishlab chiqarishida, sharbat, sirop, nastoyka tayyorlash va boshqa
maqsadlarda keng foydalaniladi. Qora smorodinaning mevasi yumaloq,
ovalsimon va yalpoq shaklda bo„ladi; yirik-maydaligi jihatidan, yirik, o„rta va
mayda, ta‟mi nordon yoki achchiq-chuchuk; pishish vaqtiga ko„ra: chillaki, o„rta
va kechki xillarga bo„linadi. Liya plodorodniy va Boskopskiy velikan qora
smorodinaning eng yaxshi navlaridir.
Qora smorodina bandli va bandsiz holda savdoga chiqariladi. Mevasi
yangi, toza, quruq, yaxshi pishgan, bir tusli, zaxa emagan, hasharot tegmagan,
86
kasallanmagan va mog„orlamagan, chirimagan va dimiqmagan, yot ta‟m va
hiddan holi bo„lishi lozim.
Qulupnay
kam tarqalgan, kam hosil, parvarish talab rezavor mevadir.
Qulupnay mevasi mayda, konussimon shaklda, bir tomoni oq, ikkinchi tomoni
esa to„q qizil; kosachasidan ajralishi qiyin, o„tkir xushbo„y va ta‟mi ham juda
yaxshi bo„ladi. Unda 4-6% qand, 1-1,8% kislota va boshqa moddalar bo„ladi.
Qulupnay tabiiyligicha va qayta ishlagan holda iste‟mol qilinadi. Uzoq
saqlanmaydi, shu sababli tez iste‟molga chiqariladi.
Malina
bog„da o„sadigan va yovvoyi turlarga bo„linadi. Bog„da
o„sadigan malinaning mevasi yirik, o„rta va mayda, xilma-xil (yumaloq,
ovalsimon, konussimon, cho„ziqroq) shaklda, to„q qizil yoki sariq rangli bo„ladi.
Malinada 5-8% qand, 1-2% kislota, xiyla ko„p miqdorda mineral modda va
vitaminlar bo„ladi. U tabiiy holida iste‟mol qilinadi hamda undan murabbo, jem,
jele, sharbat, sirop, nastoyka, nalivka, likyor tayyorlanadi. Voljanka, Usanka va
boshqalar eng yaxshi navlaridir.
Maymunjon
issiqsevar o„simlik bo„lganligi sababli janubiy rayonlar va
Povoljeda o„sadi. Mevasi qora rangli bo„lib, unda 3% dan 4% gacha qand, 2%
dan ortiq organik kislotalar, oshlovchi va pektin moddalar bor. Maymunjon
tabiiyligicha, murabbo, sharbat, likyor-aroq mahsulotlari tayyorlashda ham
ishlatiladi. Maymunjonning madaniy navlaridan I. V. Michurin etishtirgan
Texas navi ma‟lum. Uning mevasi juda yirik, to„q qizil, cho„ziqroq konussimon
shaklli, sersuv, nordon ta‟mli. Qayta ishlab va tabiiyligicha ham iste‟mol
qilaverish mumkin. Rezavor mevalarning (uzumdan tashqari) sifatiga quyidagi
talablar qo„yiladi: yirik-maydaligi, shakli va rangi, bir xil, yangi toza, zaxa
emagan va kasallanmagan bo„lishi shart. Yaxshi pishmagan va o„ta pishib
ketgan, ezilgan, shakli va rangi har xil bo„lgan mevalar standart bo„yicha
tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |