saqlash uchun elektr sovitkichlar va muzlatkichlar ishlatiladi. Ma‟lumki, tez
buziladigan mahsulotlar mikroorganizmlar tomonidan iste‟mol qilinadi va ular
chiqargan fermentlar ta‟sirida oziq-ovqatlardagi oqsillar aminlarga, yog„lar yog„
kashf qilingan. Bular ish tarzi bo„yicha uch guruhga bo„linadi: kompression,
absorbsion-diffuzion va termoelektrik sovitkichlar. Elektr sovitkichlar ikki
qismli bo„ladi: javon (shkaf) va sovitkich uskunasi (agregati). Javonlar ikki
qavatlidir. Tashqi qavati (korpusi) titan emali bilan qoplangan, sovuq ho latda
263
yoyish usuli (prokat) asosida olingan po„lat tunukasidan tayyorlanadi. Ichki
qavati (kamerasi) zarbaga bardosh beradigan polistiroldan qilinadi. Qavatlar
orasi penopolistirol yoki penopoliuretan (porolon) bilan to„ldiriladi. Eshigining
qirg„oqlariga magnitlangan bariy ferritli polixlorvinil tasmasi yopishtiriladi.
Kompression sovitkich uskunasi bir-biri bilan germetik ravishda ulangan
motor-kompressor, kondensator, bug„lantiruvchi (isparitel), kapillyar naycha va
filtr-qurituvchi qismlardan iborat. Ichi xladon-12 bilan to„ldiriladi. Alohida
blokni elektr jihozlar (dvigatel, ishga tushirish va muhofaza relesi, lampochka,
haroratni boshqaruvchi hamda qirovni erituvchi moslamalar) tashkil qiladi.
Sovitkich elektr tarmog„iga ulanganda asinxron elektr dvigateli
kompressorni ishga tushiradi. Uning porsheni xladonni so„rib olib, siqib
kondensatorga uzatadi. 80°C gacha isigan xladon kondensatorda tez soviganligi
sababli suyuqlikka aylanadi. Suyuq xladon bug„lantiruvchida bosimning pastligi
uchun bug„lanadi. Mazkur jarayon endotermik (issiqlik yutuvchi) bo„lganligi
sababli bug„lantiruvchida havo harorati 18-24°C gacha pasayadi, Undan keyin
xladon gazi silindrga keladi va shu tarzda takrorlanib turadi.
Diametri 0,8 mm bo„lgan kapillyar naycha uskunani past va yuqori
bosimli qismlarga bo„ladi. Filtr-qurituvchidagi seolit xladonni tozalab quritib
turadi. Ishga tushirish relesi o„zakli g„altakdan iborat bo„lib, asinxron
dvigatelning ishga tushirish cho„lg„amini larmoqqa vaqtincha ulaydi. Dvigatel
qizib ketsa yoki porshen tishlashib qolsa, bimetall tuynukchasidan iborat bo„lgan
issiqlik relesi egilib zanjirni uzadi. Haroratni boshqaruvchi (termoregulyator)
xladon bilan to„ldirilgan burmachak qalay fosforli bronzadan qilingan sifondan
iborat. Elektr sovitkich ichidagi havo soviganda qisqarib, zanjirni uzadi va havo
isiganda kengayib zanjirni ulaydi. Qirovni erituvchi (defrostator) bir kunda bir
marta 10-15 minutga issiq xladonni bug„lantiruvchi orqali o„tkazib turadi.
Absorbsion-diffuzion
sovitkich
uskunasi
absorber,
generator,
kondensator, bug„lantiruvchi va elektr jihozlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: