O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/271
Sana02.01.2022
Hajmi4,73 Mb.
#306804
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   271
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Jon Kommons 
(1862-1945)
 


261 
 
davlat  xizmatlari  qonunlarini  yozishga  yordam  berdi,  keyingi  yillarda 
esa  xalq  daromadini  nazorat  qilish,  sanoat  xavfsizligi  qoidalari, 
ishchilarni  mukofotlash,  bolalar  mehnat  huquqlari,  ayollar  uchun  eng 
kam oylik ish haqi va ishsizlik nafaqalari haqidagi qonunlar yaratilishiga 
ta‘sir  ko‗rsatdi.  Ishsizlik  nafaqasining  qonunlashtirilishi  Kommonsning 
ijtimoiy  qonunchilikdagi  eng  katta  yutug‗idir,  balki.  Uning  1920-yilgi 
depressiyaga  reaksiyasi  va  Yevropadagi  ishsizlik nafaqalari  dasturlarini 
o‗rganishi  uni  Viskonsin  qonunchiligi  uchun  qonunlar  loyihasini 
tuzishiga sabab bo‗ldi. Bu loyihaning ko‗rinishlari qayta va qayta taqdim 
etilib, 1932-yilda Kommonsning sobiq talabasi Garold Groves, – senator 
va  jamoat  mablag‗ida  iqtisodiyotni  ixtisoslashtirish  universiteti 
professori nihoyat uning so‗nggi va tan olingan ko‗rinishini taqdim etdi. 
1934-yilda  Ruzvelt  Kongressni  ishsizlik  nafaqasi  to‗g‗risidagi  qonunni 
qabul  qilishga  chorlaganida  u  qonunlar  tuzishi  kutilgan  iqtisodiy 
xavfsizlik  komitetini  tuzdi.  Bu  komitetda  keyinchalik  Viskonsin 
professori, Kommonsning talabasi E.E.Witte rahbar bo‗ldi.  
 
Kommonsning keyingi xizmatlari ijtimoiy islohotlardagi harakatlari 
bilan bog‗liq. Viskonsin universiteti iqtisodiyot bo‗limi dunyo bo‗yicha 
iqtisodchilar tayyorlashning muhim markazlaridan biri sifatida tanilgan. 
Bir vaqtlar Viskonsin boshqa istalgan universitetlarga nisbatan eng ko‗p 
doktorlik  darajasi  berar  edi.  Bundan  ham  muhimi,  Kommonsning 
iqtisodiyotga  o‗ziga  xos
 
yondoshuvi  ―matoga  ishlangan  guldek‖  edi; 
1980-yillargacha ―Viskonsin maktabi‖ yo‗nalishi saqlanib qoldi. Bu oliy 
ta‘lim  dasturlarida  endi  ta‘siri  qolmagan  Veblen  va  Mitchellga 
qiyoslaganda chuqur farq qilardi.  
 
Austindagi  S.E.Ayres  boshchiligidagi  Texas  universiteti  va  Allan 
Gruchi  boshchiligidagi  Mariland  universiteti  iqtisodiyot  bo‗limlari  ham 
oz muddat ichida o‗ziga xos noortodoksal yondashuvlarni yo‗lga qo‗ydi, 
lekin  taqdim  etilgan  doktorlik  darajalari  va  ularning  ta‘siri  Viskonsin 
bilan  solishtirilganda  kam  edi.  Viskonsin  maktabi  merosini  tushunish 
uchun  yuksak  tarixiy  bilim  yoki  ma‘lum  sohalarda  tugallangan 
noortodoksal ta‘limga ega bo‗lish talab etiladi.  
 
Kommons  qarashlari  boshqa  universitetlarda  targ‗ib  qilinmadi, 
chunki 
Viskonsinda 
iqtisodiyotdan 
ta‘lim  olganlar  iqtisodiyot 
nazariyasidan  ko‗ra  iqtisodiyotning  amaliy  sohalariga  yo‗naldilar.  Ular 
hukumat  ishlariga,  tadqiqot  agentliklariga  va  universitetlarga  xizmat 
qilishdi.  Ular  mehnat,  jamoat  moliyasi,  jamoat  maishiy  xizmatlariga 
qiziqib,  ortodoksal  nazariyaga,  keyinchalik  o‗ziga  xos  mikroiq-
tisodiyotga kam e‘tibor berishdi. Kommons ortodoksal nazariyani tanqid 


262 
 
qildi,  lekin  u  vaqtining  ko‗p  qismini  ijtimoiy  amaliy  sohalar  va 
islohotlarga bag‗ishladi.  
Viskonsin  maktabi  yo‗nalishi  Madisondagi  doktorlik  dasturining 
Qo‗shma  Shtatlardagi  boshqa  universitet  dasturlari  bilan  bir  xil 
bo‗lganidan  so‗ng  tugatildi.  Kommons  davrida  va  hattoki,  II  jahon 
urushidan  keyingi  davrlarda  ham  Viskonsin  universitetida  bugungi 
kungi oddiy dasturlarda beriladigan o‗rtacha ortodoksal ta‘limotlar bilan 
ham  doktorlik  darajasiga  erishish  mumkin  edi.  Bu  endi  haqiqat  emas. 
Shunday  bo‗lsada,  Kommonsning  ta‘siri  natijasida  ellik  yillik  davr 
davomida  Viskonsin  juda  ko‗plab  iqtisodchilarni  yetkazib  berdi.  Ular 
keyinchalik tadqiqot agentliklarida, hukumat  va  boshqa universitetlarda 
amaliy iqtisodiyot va ijtimoiy islohotlarga o‗z hissalarini qo‗shishdi. 
 
Kommonsning uchinchi xizmati amaliy iqtisodiyot sohasida bo‗ldi. 
Uning  ustozi  Richard  T.  Eli  Jon  Hopkinsdan  Viskonsinga  ko‗chganida 
o‗z  shogirdi  Kommonsni  ham  olib  ketdi.  Eli  mehnat  harakatlari  tarixi 
bilan  qiziqardi  va  bu  sohada  hujjatlar  to‗plashni  boshlagan  edi.  U 
Kommonsning  bu  ma‘lumotlardan  foydalanib  Qo‗shma  Shtatlar  aniq 
mehnat tarixini yaratishini xohladi, bu esa Kommonsning Viskonsindagi 
eng  yaxshi  o‗quv  davrlarini  o‗z  ichiga  oldi.  Kommons  universitetni 
bitirgan  talabalari  ko‗magida  1910-yilda  Amerika  sanoat  jamiyatining 
hujjatli  tarixi  to‗g‗risida  muhim  ma‘lumotlar  beruvchi  o‗n  jildli  asarini 
nashr  etdi.  1918-yilda  Qo‗shma  Shtatlar  mehnat  tarixining  ikki  jildi, 
1935-yilda  esa  yana  to‗rt  juldi  chop  etildi.  Kommons  Qo‗shma 
Shtatlarda  tan  olingan  mehnat  mutaxassisi,  Viskonsin  esa  mehnat 
iqtisodisodchilarini  tayyorlovchi  yetakchi  muassasaga  aylandi.  Uning 
eng  yaxshi  bitiruvchisi  Selig  Perlam  bo‗lib,  olimning  Mehnat  harakati 
nazariyasi (1928) hali, hamon klassik asarlar qatorida turadi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish